Mavzuga oid savollar
1Qishloq xo’jaligining yalpi va tovar mahsuloti va ularning taqsimlanishi nima?
2. Qishloq xo’jalik korxonalarining daromadi, foydasi va samaradorligi.
3. Qishloq xo’jalik korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish
yo’llari.
Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti
O’simlikchilik tarmoqlari iktisodiyoti
MAVZU. QISHLOQ XO’JALIK ISHLAB CHIQARISH
CHEGIRMALARI VA MAXSULOT TANNARXI
Reja:
1.
Ishlab chщarish xarajatlari tushunchasi va maxsulot tannarxi.
2.
Qishloq xo’jaligi maxsuloti tannarxini rejalashtirish va xisoblash
yo’llari.
3.
Maxsulot tannarxini pasaytirishning imkoniyatlari va omillari.
Qishlok xo’jalik maxsulotini ishlab chiqarish tarmoqda ishlab
chiqarish resurslarini (Mehnat, yyer, suv va moddiy va boshqa)ni ishlatish
bilan chambarchas bog’langan, kaysiki ishlab chiqarish jarayonida kisman
yoki butunlay iste’mol kilinadi, ularning kiymati esa tayyor maxsulotga
utadi. Iste’mol kilingan va maxsulotga utkazilgan ishlab chiqarish
resurslarining jami yigindisi maxsulotni ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari ikki xil bo’ladi: ijtimoiy xarajatlar va korxona
xarajatlari. Ijtimoiy xarajatlar bu jamiyatning u yoki bu maxsulot ishlab
chiqarish uchun kilingan xarajatlarining jamidir. Ular maxsulot kiymatidan
tashqil topadi va uz ichiga
quyidagilarni oladi:
1.
Bevosita va bilvosita Mehnat xaki xarajatlari (ajratmalari bilan)
2.
Yagona yyer soligi;
3.
Iste’mol kilinigan moddiy resurslar kiymati;
4.
Qo’shimcha maxsulot kiymati.
Tannarx korxonada maxsulot ishlab chiqarish va sotish uchun
sarflangan joriy, ya’ni yillik pulda ifodalangan xarajatlarning jami
yigindisidir.
Korxonaning maxsulot olish uchun sarflangan xamma ishlab chiqarish
xarajatlari yigindisi yalpi maxsulot tannarxini ifodalaydi va quyidagicha
xisoblanadi:
YaMT = I\CH.X yoki MT = MX^e'ЩAKMat.Xar
(81)
Asosiy va qo’shimcha maxsulot biriligining tannarxi jami ishlab
chiqarish xarajatlarini yalpi maxsulot mikdoriga nisbati bilan topiladi:
I/chX
MX^et^A^Mat Xar
T= ------ yoki T =----------------------
(8.2)
YaM
YaM
Maxsulot birligi tannarxidan tashkari ayrim ishlarning (traktor,
avtotransport, ishchi xayvon va boshqalar), shuningdek qishloq xo’jaligiga
yarokli bo’lgan yyerga ishlov byerish, bir bosh xayvondan maxsulot olish
xarajatlari xam aniklanadi.
Xarajatlarning shakllanish bosqichlariga karab, tannarxning quyidagi
turlari mavjud bo’ladi:
1.
Texnologik.
2.
Ishlab chiqarish.
3.
Tijorat yoki tula tannarx.
1.
Texnologik tannarxga, maxsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi
bilan bog’lik bo’lgan, shuningdek, bo’limlarda brigada, fyerma va sexlarda
ishlab chiqarishni boshqarish va tashqil kilish bilan bog’lik xarajatlar kiradi.
2.
Ishlab chiqarish tannarxi texnologik tannarxlarning yigindisini,
korxonani va ishlab chiqarishni butunlay boshqarish bilan bog’lik
xarajatlarning (umumxo’jalik xarajatlari) yigindisini ifodalaydi.
3.
Tijorat yoki tula tannarx ishlab chiqarish xarajatlarining jamisi va
maxsulotni sotish bilan bog’lik bo’lgan, muomala xarajatlarining yigindisini
ifodalaydi. U fakat tovar maxsulot uchun xisoblanadi.
Bundan tashkari, xisoblash xaraktyeriga karab quyidagicha tannarx
turlari aniklanadi:
1.
Reja tannarxi.
2.
Dastlabki, vaktinchalik va taxminiy tannarx
3.
Xakikiy tannarx
1.
Reja tannarxi, bu korxona rejalashtirayotgan davrdagi maxsulot
birligiga sarflanishi lozim bo’lgan xarajatlar yigindisini ifodalaydi.
2.
Vaktinchalik yoki taxminiy tannarx esa, masalan 9 oylik xakikiy
xarajatlarni va 4-kvartaldagi reja xarajatlarini uz ichiga oladi.
3.
Xakikiy tannarx esa yil oxirida korxona xo’jalik faoliyatini yakun
kilishda yillik xisobotlar asosida xisoblanadi. U olingan yalpi maxsulot
uchun sarflangan xakikiy xarajatlar asosida xisoblanadi. Maxsulot tannarxi
shakllanish joyiga karab, individual (konkret korxonada, uyushma va
boshqa), zona (ma’lum bir zonaning urtachasi) va tarmoq tannarxlariga
bo’linadi (mamlakat buyicha urtacha).
Qishlok
xo’jaligida maxsulot tannarxini xisoblash tarmoq
xususiyatlaridan kelib chikadigan bir kancha xususiyatlarga ega:
1.
Dexkonchilikda maxsulot ishlab chiqarishning yillik sikli,
shuningdek ish vakti va ishlab chiqarish vaktining mos kelmasligi maxsulot
tannarxini xisoblashni fakat xo’jalik yili to’g’agandan keyin amaliga oshirish
kyerakligini ko’rsatadi.
2.
Ko’pgina dexkonchilik ekinlari va turli-tuman chorvachilik
maxsulotlarini olish
bir-biri bilan bog’lik.
3.
To’g’allanmagan ishlab chiqarish summasini aniklash fakat yil
oxirida 1 yanvar xolatida aniklanadi. Bu xarajatlarga kelgusi yil xosili uchun
kilingan xarajatlar kiradi.
4.
Xakikiy tannarxi fakat yil oxirida aniklanadi, yil davomida esa reja
xarajatlari bilan xisoblanadi, bu xakikiy xarajatlarni yil oxirigacha aniklash
imkonini byermaydi.
5.
Turli xil maxsulotlarni joylarga yetkazish xarajatlarining turli
tumanligi.
Qishlok xo’jaligida dexkonchilik va chorvachilik maxsulotlarining
barcha asosiy
turlari buyicha, shuningdek ishlab chiqarishga xizmat kiluvchilar buyicha
xam tannarx xisoblanadi.
Maxsulot tannarxi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iktisodiy
samaradorligining muhim omili va bir vaktning uzida ko’rsatkichi bo’lib
xisoblanadi. Xar kanday maxsulot birligining tannarxi ikki mikdor nisbatiga:
ishlab chiqarish xarajatlari va maxsulot sifatiga bog’lik bo’ladi. Tannarx
quyidagi xollarda pasayishi mumkin:
-
agar maxsulot uzgarmagani xolda, xarajat mikdori kamaysa.
-
agar yalpi maxsulot mikdori ko’payib, xarajatlar uzgarmasa.
-
agar yalpi maxsulotining usish sur’ati xarajatlar usish sur’atidan ilgari
ketsa.
Qishlok xo’jaligida maxsulot ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi moddalarga
bo’lib xisoblanadi.
DEXQONCHILIKDA
CHORVACHILIKDA
To’g’ri Mehnat xaki ajratmalari bilan
To’g’ri Mehnat xaki ajratmalari bilan
Ugit va kuchatlar
Em-xashak
Uruglik.
Amortizatsiya
Amortizatsiya
Ishlar va xizmatlar
Ishlar va xizmatlar
YoMM
YoMM
Sugurta tulovlari
Sugurta tulovlari
Umum ishlab chiqarish xarajatlari
Umum ishlab chiqarish
Boshqa xarajatlar
Boshqa xarajatlar
Dostları ilə paylaş: |