Bir qismi (urug’, yem, buzoqlar uchun ajratilgan sut, inkubator uchun tuxum va
boshqalar) bevosita qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish maqsadlari uchun iste’mol
qilinadi.
Boshqa qismi esa pirovard mahsulot deyiladi va sotish uchun foydalaniladi.
SHu sababli qishloq xo’jaligida «yalpi oborot» tushunchasi ham ishlatiladi.
Yalpi mahsulotdan farq qilib, yalpi oborot o’z ichiga hamma yalpi mahsulotni
oladi, ya’ni ichki ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadiganini ham,
sotiladiganini ham. Yalpi oborot yalpi mahsulotdan ichki ishlab chiqarish
oborotining miqdoriga ko’pdir. Qishloq xo’jaligida, boshqa tarmoqlardan farq
qilib, yalpi oborot va yalpi mahsulot bir-biriga teng. CHunki, yalpi mahsulot yalpi
oborot usuli bo’yicha hisoblanadi, ya’ni unga ichki xo’jalik oboroti ham kiradi.
SHuning uchun qishloq xo’jaligida yalpi oborot ko’rsatkichi hisoblanilmaydi.
Tarmoqlar bo’yicha qishloq xo’jaligi
yalpi mahsulotining tarkibi
quyidagicha bo’ladi:
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti:
I. Dehqonchilik mahsulotlari:
a) qishloq xo’jalik ekinlari asosiy mahsulotning yalpi hosili;
b) ko’p yillik daraxtlarni o’stirish;
v) tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’idagi o’zgarish (kuzgi ekinlar xarajati);
g) qo’shimcha mahsulot (somon, poxol va boshqalar).
II. CHorvachilik mahsulotlari
a) qoramol va parrandalardan xo’jalikda foydalanishdan olingan,
mahsulotlar (sut, jun, tuxum, pilla, qorako’l tyeri va boshqalar);
b) qoramol va parrandalarning o’sishi (tirik vaznda);
v) buzoqlar, qo’zi, uloq va boshqa olingan bolalar;72
g) qoldiq mahsulotlar ( go’ng va boshqalar ).
Pulda ifodalangan dehqonchilik yalpi mahsuloti ko’rsatkichi (DYaM)
qishloq xo’jaligi ekinlari yalpi hosili qiymati (EYaXK), ko’p yillik daraxtlarni
o’stirish xarajatlari qiymati (KYDO’Q), tugallanmagan ishlab chiqarish
qiymatidagi o’zgarishlar va boshqa mahsulotlar qiymati (T ishlab chiqarish va
BMK)dan tashkil topadi.
DYaM = EYaXK + KYDUQ + T i/ch va BMK
(1)
Yalpi mahsulotning tarkibida shaxsiy iste’mol fondi va jamg’arish fondi
o’rtasidagi ratsional nisbat ahamiyatga ega. Uning tashkil topishi mahsulotning
tannarxi va bahosi, binobarin xarajatlar rentabelligi darajasiga bog’liq.
Qishloq xo’jaligining tovar mahsuloti deganda, yalpi mahsulotning barcha
sotish kanallari orqali, ya’ni davlat, matlubot koopyeratsiyasi, qishloq aholisiga,
dehqon bozorida, oshxona orqali, bolalar muassasalariga va chet davlatlarga
sotiladigan qismiga aytiladi.
CHorvachilik yalpi mahsuloti (CHYaM) esa, mollar va parrandalardan
xo’jalikda foydalanish natijasida olingan mahsulotlar qiymati (MPMQ); mol va
parrandalar tirik vazni o’sishining qiymati (TVO’Q), olingan bola qiymati (OBQ)
va boshqa mahsulot qiymati (BMQ)dan tashkil topadi.
CHYaM = MPMQ +TVO’Q + OBQ +BMQ
(2)
Tovar mahsulotning sotilgan va bu uchun pul olingan qismi sotilgan
mahsulot deyiladi. SHuning uchun «Tovar mahsulot» tushunchasi «Sotilgan
mahsulot» tushunchasidan kengdir. Agar tovar mahsulotning hammasi sotilsa, u
holda ikkalasi teng bo’ladi. Xo’jaliklarning hozirgi hisobotlarida tovar
mahsulotning real miqdori va qiymati aniqlanmaydi.
Sotish paytida sotilgan mahsulot natural formadan pulda ifodalangan qiymat
formasiga o’tadi. Sotilgan mahsulotning bir qismi o’sha zahotiyoq qiymat shaklini
oladi. Bu chetga ko’rsatilgan xizmatlar yoki boshqa korxonalar uchun bajarilgan
ishlarga olingan pul tushumidir. Bir butun qishloq xo’jaligining hamda alohida
qishloq xo’jalik korxonalari va alohida mahsulot turlarining tovarliligi ikki
ko’rsatkichda ifodalanadi:
1. Tovar mahsulotining massasi;
2. Tovarlilik darajasi.
Bu ko’rsatkichlarning har biri o’zi mustaqil ahamiyatga ega, ammo tovar
fondining absolyut miqdori hal qiluvchi ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishida tovarlilik darajasi muhim ahamiyatga ega bo’lib, u sotilgan mahsulotni
yalpi mahsulotga bo’lib topiladi va foizlarda ifodalanadi.
Alohida mahsulot turi bo’yicha tovarlilik darajasini aniqlashda yalpi
mahsulot va tovar mahsulot natural ko’rinishda foydalaniladi. Ma’lum bir
tarmoqning yoki butun qishloq xo’jaligining tovarlilik darajasini aniqlashda yoki
har xil mahsulot chiqaradigan turli tarmoq tovarlilik darajasini solishtirganda yalpi
sotilgan mahsulotning qiymat ko’rinishidan foydalaniladi. Bunda yalpi mahsulot
va sotilgan mahsulot bir xil bahoda baholanishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |