Mavzu: Boshlang’ich sinfda matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish. Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to‘garak, matematika kechasi va boshqa turlari); Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarini tashkil qilish maqsadi va vazifasi.
Har bir sinf bo`yicha sinfdan tashqari ishlarni o`tkazishni asosiy formasi.
Tayanch so`z va iboralar: mustaqil ishlar, ularning turlari,sinfdan ishlar, qo`llanma, maqola, didaktik vositalar, mustaqil ta`lim, dars jarayonida mustaqil ishlar.
Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda o‘quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg‘ulotlatlarni tushunamiz.
Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Quyidagi ana shunday mashg‘ulot turlari haqida to‘xtalamiz. [21]
1.1.Matematik o’n minutlik Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o‘n minutliklardirr.
O‘n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o‘quvchilari ishtirokida xaftada bir marta uyushtiriladi.
O‘quvchi o‘n minutlik uchun shunday masala misol, mashq va o‘yinlar tanlashi kerakki, ular hajm jihatdan kichik bo‘lsin, lekin o‘quvchilarning aktivligini oshirsin, o‘quvchilarning kelajakda umumiy bilish faolyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo‘naltiruvchi vosita bo‘lib qoolsin. O‘n minutlikni faqat sinfda o‘tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va hatto maktabdan tashqarida o‘tkazish mumkin. Bunda o‘quvchilar bilan tevarak – atrof va tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin –asta mushohada qilish asosida o‘tkaziladi. [21]
1.2. Qiziqarli matematika soatlari Mashg‘ulotlarning bu turi nisbatan ko‘proq vaqtga (taxminan 45 minut) mo‘ljalangan bo‘lib, qiziqarli o‘yin, qiziqarli o‘yin, sonli topishmoqlar, she‘riy masala, hazil masala va sahnalashtirilgan masalardan tarkib topadi. Bunday mashg‘ulotlatlar 1 – sinf o‘quv yilining II yarmidan boshlab avval bir oyda bir marta, keyinchalik 2 martadan utkazilishi mumkin. Unda o‘quvchilarning o‘zlari tashabbus ko‘rsatishlariga erishmoq kerak. [21]