Mavzu Boshlang’ich sinfda matematikadan darsdan tashqari mashg‘
1.9. Matematikadan ekskursiyalar o’tkazish Matematikadan sinfdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlardan biri ekskursiyadir. Puxta o‘ylab, oldindan rejalashtirilgan ekskursiya natijasida o‘quvchilar atrof – muhitni idrok qiladilar. Tabiatvoqeligini va mehnat jarayonlarini ko‘radilar. Kuzatishlar natijasidagi o‘zlaridagi bilimlarini hayot bilan bog‘lashga intiladilar. Ularda turli narsa, voqea va jarayonlarga qiziquvchanlik odati tarkib topadi. Ekskursiyalarni tashkil etish va o‘tkazish asosan, darsdan tashqari vaqtda amalgam oshirilsa ham uning tayyorgarlik va yakunlash bosqichi dars mashg‘lotlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Ekskursiyani samarali o‘tishi o‘qituvchining puxta tayyorgarligiga bog‘liq. U oldindan ekskursiyaga boriladigan ob‘ekt bilan tanishgan bo‘lishi va hatto, uchrashish mo‘ljallangan odamlar bilan suhbatlashgan bo‘lishi lozim. Shunda tashkiliy jihatdan ovogarchilik ham bo‘lmaydi.
Ekskursiyaga tayyorgarlikning asosiy komponentlaridan biri uning maqsadini belgilash va reja tuzishdan iborat. Rejada ekskuisiyaning boshidan oxirigacha bajariladigan hamma ishlar o‘z ifodasini topishi kerak: nimalar ko‘riladi, nimalar yozib olinadi, nimalarning rasm (sxemasi) chizib olinadi. Nihoyat, ekskursiyaning muvoffaqiyati yana o‘quvchilar bilan bo‘ladigan tayyorgarlik suhbatiga ham bog‘liq. Bu suhbatda o‘quvchilarning ekskursiya maqsadi bilan tanishtiriladi va birgalikda ekskursiya rejasi tuzib olinadi. Albatta ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotlarda ekskursiyaga yakun yasaladi. Ko‘riladigan narsalar matematik nuqtai nazardan analiz qilinadi yoki to‘plangan materiallar asosida misol - masalalar tuzib yechiladi va x.k. [21]