I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix24.01.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#80502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mahzuna



Reja: 
Kirish
I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni mantiqiy 
fikrlashini rivojlantirish 
1.1 Boshlang`ich sinflar matematika kursida mantiqiy masalalarni yechishda 
o`quvchilarning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’siri. 
1.2 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika o‘qitish jarayonida mantiqiy 
fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish 
II bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida mantiq elementlarini 
o’rgatishda ta’lim texnologiyalaridan foydalaninsh. 
2.1 Boshlang’ich sinflarda matematika mantiq elementlarini o’rgatish 
2.2 
4-sinflarda 
matematik 
mantiq 
elementlarini 
o’rgatishda 
ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish. 
III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
 
 
 


 
Kirish 
Hozirgi paytda maktablarda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning 
asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib 
tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo‘yicha bilimlar berish bilan 
birga ularga o‘rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo‘lishini ta‘minlash, ularni 
qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. 
Masalalar yechish matematika o‘qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar 
yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Masalalar 
yechishning boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni 
o‘zlashtirish jarayonida muhim rolni va o‘quvchilarni fikrlash qobilyatlarini 
o‘stiradi muhim ro‘l o‘ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu 
degan so‘z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha 
ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qo‘llanishini talab qiladigan u 
yoki bu masalani echish bilan amalga oshadi. Arifmetik amallarning mazmunini 
amallar orasidagi bog‘lanishlarni amal komponentlari bilan natijalar orasidagi ochib 
berishda, har xil miqdorlar orasidagi bog‘lanishlar bilan tanishishda mos sodda 
masalalardan foydalaniladi. Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni 
yechish uchun zarur, bo‘ladigan bilimlar malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirish 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini 
rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib odatda o‘z ichiga ayrim bilimlarni oladi. Bu 
bilimlarni qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish 
faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. 
O`quvchilarning to`liq o`zlashtirishlarini ta`minlash uchun ularning mustaqil 
ijodiy, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, har bir berilayotgan tushunchaning mohiyatini 
aniq tasavvur qila bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda olgan bilimlarini 
amaliyotda qo`llay olishlariga e`tibor berish lozim. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin