- Mahmudning bo`yi Zokirdan baland, demak M nuqta Z nuqtadan o`ngda joylashadi;
M . I . Z.
Masmudning bo`yi Ikromdan past bo`lsa, u holda Ikromning bo`yi Mahmuddan baland
bo`ladi, demak,
I nuqta M nuqtadan o`ngda joylashadi. To`g`ri
chiziqda nuqtalarning
joylashishidan bolalarning bo`yi eng balandi- Ikrom ekanligini aniqlaymiz. 6
4-masala. Dilshod, Baxrom, Mo`ydin va Sobir sport zali oldida uchrashishga kelishishdi.
Agar Sobir Dilshoddan oldin kelgan bo`lib, lekin birinchi bo`lib kelmagan bo`lsa, Baxrom
esa eng keyin kelgan bo`lsa, bolalar uchrash ish joyiga qanday ketma-ketlikda kelganligini
aniqlang. Yechish. Masala modelini quramiz. Bu holda to`g`ri chiziq “vaqt chizig`i”
vazifasini o`taydi. Bolalarni to`g`ri chiziqda ularning bosh harflari ko`rsatilgan nuqtalar
bilan, hamda ularning oldin kelganlarini to`g`ri chiziqda chaproqda, keyin kelganlarini esa
o`ngroqda belgilashga kelishib olamiz. So`ngra tartib bilan har bir shartni to`g`ri chiziqda
belgilaymiz. To`g`ri chiziqda nuqtalarning joylashishidan bolalar quyidagi: Laziz,
Mahmud, Zokir, Vali, Salim ketma-ketligida mehmondorchilikka kelishganligini
aniqlaymiz.
6-masala. Yugurish bo`yicha musobaqada 5 ta o`quvchi: Ahmad, Botir, Vali,
Salim va
Davron ishtirok etdi. Musobaqalar natijasi haqida Muhlisa dugonasiga quyidagilarni aytdi:
Vali marraga Ahmaddan keyin, lekin Salimdan oldin keldi.
Botir Ahmaddan oldin keldi,
lekin birinchi bolmadi. Bolalardan har biri qaysi o`rinlarni egallaganligini aniqlang?
Yechish. Masala modelini quramiz. Bu holda to`g`ri chiziq “vaqt chizig`i”ni ifodalaydi.
O`quvchilar bilan bolalarni to`g`ri chiziqda ularning bosh harflari ko`rsatilgan nuqtalar
bilan, hamda ulardan oldin kelganini to`g`ri
chiziqda chaproqda, keyin kelganini esa
o`ngroqda belgilashga kelishib olamiz.
- Vali Salimdan oldin kelgan, demak
V nuqta
S nuqtadan chapda joylashadi.
- Vali Ahmaddan keyin kelgan bo`lsa, u holda Ahmad Validan oldin kelgan bo`ladi, ya’ni
A nuqta
V nuqtadan chapda joylashadi.
- Botir Ahmaddan oldin kelgan, demak
B nuqta
A nuqtadan chapda joylashadi.
- Davronni egallagan o`rnini aniqlaymiz, ya’ni
D nuqtani
to`g`ri chiziqda belgilaymiz. Botir birinchi bo`lib kelmaganligi uchun
D nuqta
BA
, AV, VS kesmalarga tegishli emas. Demak Davron birinchi bo`lib kelgan, ya’ni
D nuqta
B
nuqtadan chapda joylashadi. To`g`ri chiziqda nuqtalani joylashishidan
bolalar quyidagi
tartibda: Davron, Botir, Ahmad, Vali, Salim marraga yetib kelishganligini aniqlaymiz.
To`plamlar o`rtasida o`zaro bir qiymatli moslikni o`rnatishga doir mantiqiy masalalarni
yechish usullari
Ma’lumki
X to`plamning har biri elementiga
U to`plamning yagona elementi mos keltirilsa
va
U to`plamning har biri elementi
X to`plamning faqat bitta elementiga mos kelsa
X va
U
to`plamlar orasidagi moslik o`zaro bir qiymatli moslik deyiladi. Shuning uchun bu turdagi
masalalarni yechish uchun to`plamlar elementlari o`rtasida talab etilgan moslikni to`g`ri
o`rnatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Top’lamlar elementlari o`rtasida o`zaro bir qiymatli moslikni o`rnatishga doir vaziyatlarni
xulosalar zanjirini qurish yo`li bilan, graflar yordamida yoki jadvallar tuzish yo`li
bilan
modellshtirish mumkin. Shuning uchun ham bu turdagi masalalarni:
a) xulosalar zanjirini qurish yo`li bilan yechishda uning shartida berilgan bog`lanishlar
alohida-alohida xulosalar shaklida ifodalanadi va har bir xulosa natijasi (oxirgidan tashqari)
keyingi xulosani keltirib chiqarish uchun asos bo`ladi va h.k.
b)graflar yordamida yechishda berilgan to`plamlar elementlarini nuqtalar bilan belgilanadi,
ular o`rtasidagi moslik
kesmalar bilan tutashtiriladi; agar to`plam
elementlari orasida
qaralayotgan moslik o`rinli bo`lmasa(inkori bo`lsa),
shtrix chiziqlar bilan tutashtiriladi.
v) jadvallar tuzish yo`li bilan yechishning ta’limiy ahamiyati masala shartida berilgan
bo`g`lanishlar va ulardan keltirib chiqariladigan xulosalar zanjirini qurish ko`rgazmali
holda sistemalashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: