1. Bola sezgisi asosiy turlarining rivojlanishi va idroki Bolalarda diqqatning rivojlanishi


Bog‘cha yoshidagi bolalarda xotiraning rivojlanishi



Yüklə 24,63 Kb.
səhifə4/4
tarix21.04.2023
ölçüsü24,63 Kb.
#101302
1   2   3   4
1. Bola sezgisi asosiy turlarining rivojlanishi va idroki Bolala

Bog‘cha yoshidagi bolalarda xotiraning rivojlanishi
Bog‘cha yoshidagi bolalar (xususan kichik guruh bolalari)
o‘zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan,
ularda kuchli taassurot qoldiigan va ulami qiziqtiigan narsalami
beixtiyor eslarida olib qolaveradilar. Ular biror narsani eslarida olib
qolishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ymaydilar va hali maqsad
qo‘yishni uddasidan ham chiqa olmaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda asosan ixtiyorsiz esda olib qolishning
hukmron bo‘lishi tasodifiy bir hol emas. Buning o‘z sabablari bor.
Har bir tarbiyachi-pedagog bolalar xotirasiga doir xususiyatlami
yaxshi bilishi kerak. Ana shunda bolalar xotirasini to‘g‘ri rivojlantirish
mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalar xotirasining katta odamlar
xotirasidan keskin farqi, awalo, ular oliy nerv faoliyatining o‘ziga
xos xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Bir qator psixologlar tomonidan
o‘tkazilgan ilmiy tekshirish ishlari natijalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha
yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati quyidagi xususiyatlaiga ega.
Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalaming nerv sistemasi xuddi
ilk bolalik davridagi bolalar nerv sistemasi kabi juda plastik xarakteiga
egadir, ya’ni ulaming nerv sistemalari haddan tashqari egiluvchan,
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta’sirotga beriluvchandir. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalarda
vaqtli bog‘lanishlar (assotsiyatsiyalar) juda osonlik bilan hosil bo‘ladi.
Bolalar nerv sistemasining xususiyati ulaming esda olib qolish
qobiliyatlariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Shu sababli bog‘cha
yoshidagi bolalar ashula, ritmli she’r, qiziqarli va chuqur ta’sir
etadigan narsalami beixtiyor hamda juda tez eslarida olib qolaveradilar.
Ikkinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nerv sistemasi eyngil
qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi bilan biiga yuzaga keladigan vaqtli bog‘lanishlar
(assotsiyatsiyalar) juda beqaror bo‘ladi, ya’ni mustahkam bo‘lmaydi.
Shuning uchun bu yoshdagi bolalar tomonidan idrok qilingan turli
narsa va hodisalar ulaming xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qolmaydi.
Ular tez eslab qolishlari bilan birga tez unutib ham yuboradilar.
Ko‘pincha narsa va hodisalaming bog‘cha yoshidagi bolalar xotiralarida
mustahkam saqlanib qolishi shu narsa va hodisalaming bolaga qanchalik
emotsional ta’sir qilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Uchinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nerv sistemasida
qo‘zg‘alish jarayoniga nisbatan tormozlanish jarayoni ancha sust
bo‘lganligi tufayU ular o‘xshash va birdaniga, ya’ni bir vaqtning o‘zida
juda ko‘p idrok qilingan narsalaming farqini yaxshi ajrata olmaydilar.
Shuning uchun ular birdaniga idrok qilgan juda ko‘p narsalami birbiri bilan aralashtirib yuboradUar. Agar bog‘cha yoshidagi boladan
kechagi bayram kuni bo‘lgan, ya’ni idrok qilgan narsalarini bir
boshdan so‘zlab berish Utimos qUinsa, u ma’noli va sistemali qilib
so‘zlab berolmaydi. Bola bunday holda gapni tasodiliy esiga tushib qolgan
narsalardan boshlab ketaveradi. Chunki birdaniga ko‘igan juda ko‘p
narsalarini bola tamoman aralashtirib yuboigan bo‘ladi.
Bola esida oUb qolgan narsalarida hali sistema yo‘q, shuning uchun
bola dastawal chuqur taassurot qoldirgan, ya’ni esida chuqur
o‘mashib qolgan narsalardan boshlab gapiraveradi. Demak, bundan
shunday xulosa chiqarish mumkin: agar bog‘cha yoshidagi bolaga
bir vaqtning o‘zida haddan tashqari ko‘p narsalar ko‘rsatUsa, ular
hamma narsalami bir-biri bUan aralashtirib yuboradUar va birontasini
ham puxtaroq esda oUb qololmaydUar.
0 ‘tkazUgan tajribalaming ko‘rsatishicha, kichik bog‘cha yoshidagi
bolalaiga nisbatan o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz va
mexanik ravishda esda olib qolish hamda esga tushirish qobiliyati biroz
susayadi. Ammo bundan, bolalar ulg‘aygan sari ulaming xotirasi
kuchsizlanadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu yerda gap shundaki,
bolalar o‘sib, turmush tajribasi ortgan va nutqi o‘sgan sari ular narsa
va hodisalar surunkasiga, ya’ni to‘g‘ri kelganicha emas, balki tanlab,
ya’ni o‘zlariga kerakligini esda olib qoladigan bo‘la boshlaydUar.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, keyingi yillar
mobaynida bog‘cha yoshidagi bolalarda mantiqiy, ya’ni ma’nosiga
tushunib esda olib qolishga nisbatan mexanik esda olib qolish ustun
bo‘ladi, degan fikr mavjud bo‘lib, shu bilan birga mexanik esda olib
qolish mantiqiy esda olib qolishga qarama-qarshi qo‘yUar edi. So‘nggi
yillarda o‘tkazilgan ekserimental tekshirishlar natijalarining
ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalarda ham narsa va so‘zlaming
ma’nosiga tushunib eslab qolish katta o’rin tutadi. Lekin bog‘cha
yoshidagi bolalarning mantiqiy esda qoldirishlari ularga to‘la
tushuniladigan material berilganda yaqqol ko‘rinadi.
Bog‘cha yoshidagi kichik bolalarda ko‘proq obrazli xotira
rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ular eshitgan narsalariga nisbatan
ko‘rgan narsalami yaxshi eslarida olib qoladUar. Uning asosiy sababi,
birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalaming idroklari konkret obrazli
xarakterga ega. Ikkinchidan, ularda hali nutq, to‘la-to‘kis
shakllanmagan. Bolalar yuqori guruhlarda nutqni anchagina egallab
olganlaridan keyingina so‘z bilan ifodalab olingan narsalami esda
yaxshi olib qoladigan bo‘ladUar. Bolalar juda ko‘p narsalami asosan
turli o‘yin faoliyatlari davomida eslarida olib qoladUar. Shuning uchun
ulaming esda olib qolishlari ko‘pincha epizodik va tasodifiy xarakterga
ega bo‘ladi, bu esa eslarida olib qolingan narsalami ma’lum bir
sistemaga solishni qiyinlashtiradi. Shu tufayli bolalaming xotiralaridagi
narsalar tartibsiz, bir-biri bUan aralashib ketadi. Natijada biron narsani
esga tushirishlari qiyin bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar xotirasiga
xos bo‘lgan tartibsizlikni yo‘qotish va xotirasini o‘stirish juda ko‘p
jihatdan tarbiyachilarga bog‘liqdir. Tarbiyachi bolalami esda olib
qolishlari lozim bo‘lgan materialni ulaming yosh xususiyatlariga mos
qilib tanlashi kerak. Bolalar xotirasini mashq qildirishda turli
mazmunli o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Umuman,
bolaning materialni esda olib qolishini va qayta esga tushirishini
tarbiyachi doimo boshqarib borishi zarur. Chunki bog‘cha yoshidagi
bola xotirasining barcha tiplari o ‘sa boshlaydi. Biroq shu narsa
xarakterliki, xotiraning asosiy turlari orasida (masalan, obrazli,
mexanik, mantiqiy kabi) harakat xotirasi nisbatan kuchliroq
rivojlanadi. Shuning uchun ham turli harakatlami hamda musiqa
ohangida o‘ynashni bu yoshdagi bolalar osonlik bilan o‘zlashtiradilar.
Mexanik tarzda o‘zlashtiriladigan nutq materialini ham qisman
harakat xotirasiga kiritadi. Shu sababli bog‘cha yoshidagi bolalar tez
aytiladigan turli ritmdagi she’rlami bir-ikki qaytarishdayoq yodlab
oladilar. Masalan, bekinmachoq o‘yinini o‘ynash oldidan aytiladigan
“sanashlar” Bekinmachoq o‘yinining sanashlarida hech qanday
ma’no yo‘q, lekin juda ifodali va jarangli ritmika bor.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda emotsional xotira yaxshi bo‘lsa ham,
lekin xotiraning bu turi bolalarga nisbatan katta odamlarda kuchliroq
bo‘ladi. Katta odamlar kuchli emotsional ta’sir qilgan ba’zi narsa va
hodisalami hech vaqt eslaridan chiqarmaydilar. Bog‘cha yoshidagi
bolalar esa kuchli emotsional ta’sir qilgan narsalami ham ba’zan
eslaridan chiqarib qo‘yishlari mumkin. Bolalar xotirasini o‘stirishda
tarbiyachi va ota-onalaming nutqi ham nihoyatda katta rol o‘ynaydi.
Bola bilan gaplashganda nutq sodda, talaffuz aniq va tushunarli bo‘lishi
kerak. Xotiraning taraqqiyoti bolaning bog‘cha yoshi davrida
tugallanmay, bolaning bundan keyingi taraqqiyotida, ya’ni ta’limtaibiya va turmush tarziga qarab o‘zgarib, o‘sib boradi.
Yüklə 24,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin