1. Bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich sinflarda matematika fani o‘qitilishi orasidagi uzviylik


Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalaninsh



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə6/17
tarix07.01.2024
ölçüsü0,49 Mb.
#204202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1. Bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich sinflarda matematika fani o

7. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalaninsh.
Tashhis, oldindan ko‘ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi. Loyihaning maqsadi oldindan qog‘ozda taqvim-reja, qisqacha yozma bayon sifatida aks ettriladi. Strategik, taktik va operativ vazifalarning samarali hal etilishi loyihalash texnologiyasining sifatiga bog‘liq. O‘quv dasturi yoki o‘quvchi shaxsi ta’lim mazmunini loyihalashning asosi bo‘lib, bu vaziyatda o‘qituvchi pedagogik faoliyat, maqsadi va sharoitlarga muvofiq holda o‘quvchilarga nimani taqdim etish xususida mustaqil qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: 1. O‘quvchilar tavsiya etilayotgan ma’lumotdan nimani va qanday hajmda o‘zlashtirishlari zarurligi; 2. O‘quvchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasi, ularning o‘quv ma’lumotlarini qabul qilish imkoniyatlari; 3. O‘qituvchining kasbiy mahorati, shuningdek, ta’lim muassasasi moddiytexnik bazasi. Bu o‘rinda o‘quv ma’lumotlarini loyihalash texnologiyasi muhim o‘rin tutadi. Unda: - o‘quvchilarga taqdim etiladigan materiallar; - o‘quvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladigan vazifalar; - o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan ma’lumot (bilim) turlari o‘z aksini topadi. Agar pedagog faoliyati o‘quvchilarning talablarini qondirish, ya’ni yakuniy maqsadlarga qaratilsa, u holda pedagog yaxlit pedagogik jarayonni yoki alohida dars va tarbiyaviy tadbirlarni loyihalashda ham qiyinchilikka duch kelmaydi. Muayyan o‘quv mashg‘uloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 1. Ta’lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi o‘quv predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir manbalarni o‘rganish, chunonchi, materiallarni yig‘ish va ularning g‘oyasi bilan ularda ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish, turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat. O‘quv predmetining mavzusi yoki faoliyat mazmuniga doir manbalar mohiyatini o‘rganib chiqish o‘qituvchi uchun o‘quvchilar e’tiboriga taqdim etilayotgan mavzu xususida ularga batafsil, mukammal ma’lumotlarni bera olish, ta’limning umumiy jarayonini tasavvur etish imkonini beradi. 2. Bu bosqich o‘quv predmetining mavzusi yuzasidan yagona, umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad doirasida kichik bo‘limlar bo‘yicha hal etiluvchi xususiy maqsadlarni ham belgilash, ta’lim maqsadiga erishish yo‘lda ijobiy hal etib borilishi lozim bo‘lgasn vazifalarni ishlab chiqishga yo‘naltiriladi. Ta’lim maqsadi va vazifalarining aniq, puxta belgilab olinishi o‘qituvchi, shuningdek, "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 November 2021 / Volume 2 Issue 11 www.openscience.uz 926 o‘quvchilar faoliyatini muayan yo‘nalishga solish, ta’lim maqsadiga erishishda vaqtdan unumli foydalanish, ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan didaktik va tarbiyaviy muammolarning oldini olish, mavjud sart-sharoitlardan oqilona foydalanishga zamin hozirlaydi. Bosqich natijasi o‘quv predmetining mavzusi bo‘yicha yagona, umumiy hamda xususiy maqsadlar, shuningdek, vazifalarni qayd etish bilan tavsiflanadi. 3. Mazkur bosqich ta’lim maqsadi va vazifalariga tayanilgan holda, o‘quv jarayonining mazmunini ishlab chiqishdan iboratdir. Ta’lim jarayoni o‘quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi muayan mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi. Ta’lim mazmunida, shuningdek, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tushuncha, ko‘nikma hamda malakalarning hajmi ham o‘z ifodasini topa olishi lozim. Zero, ta’lim mazmunining g‘oyaviy jihatdan mukammalligi o‘quvchilar tomonidan muayan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish darajasi bilan belgilanadi. Bu bosqich samarasi o‘quvchilar tomonidan ma’lum tushunchalarning o‘zlashtirilishi, ko‘nikma va malakalarning shakllanishini ta’minlovchi shartlarning ishlab chiqilganligida namoyon bo‘ladi. 4. Ta’lim jarayonini loyihalashning eng muhim bosqishi sanalgan bu bosqichda mashg‘ulotning shakli, metodi va vositalarini tanlash kabi harakatlar amalga oshiriladi. Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashg‘ulot shakli, metod va vositalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli ta’minlanishiga olib keladi. Ular yordami bilangina o‘quv predmetining mavzusi borasidagi nazariy bilimlar o‘quvchilarga uzatiladi, o‘quvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar qabul qilinadi. Muayyan mashg‘ulot uchun eng maqbul deb topilgan shakl, metod va vositalarning belgilanishi ta’lim jarayonining qariyb 90 foizlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati aynan mana shu bosqichda ochib beriladi. O‘quvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr yuritishga yo‘naltiruvchi ta’lim shakli, metod va vositalarining to‘g‘ri tanlanishi mashg‘ulotlarning qiziqarli, bahs-munozaralarga boy bo‘lishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki beradi. Mana shu holatdagina o‘quvchilar tashabbusni o‘z qo‘llariga oladilar, o‘qituvchining zimmasida esa ularning faoliyatini ma’lum yo‘nalishga solib yuborish, umumiy faoliyatni nazorat qila olish, murakkab vaziyatlarda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda ular faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin