4. Metod tushunchasi. Uning turlari va tasnifi. O‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog‘liqlik. O`qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biri.
Didaktika va metodikaga oid adabiyotlarning ko`pchiligida o`qitish metodlari o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari bo`lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko`nikmalarga erishiladi, o`quvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, qobiliyatlari rivojlanadi deb tavsiflanadi.
Dyemak, o`qitish metodlari o`zlashtirish, tarbiyalash va rivojlantirish funktsiyalarini bajaradi. Myetod aniqlab olingandan keyin odatda konkret o`qitish metodlari ro`yxati beriladi. Ammo, hozirgi paytda yangi metodlar soni adabiyotlarda 100 dan ortiq nomda keltiriladi. Ma'lum o`qitish metodlaridan ta'limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos keladiganlarini ongli tanlab olish uchun o`qitish metodlari klassifikatsiyasini o`rganib chiqish zarur.
O`qitish metodlari 3 ta katta guruhga bo`linadi.
1. O`quv – bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari;
2. O`quv – bilish faoliyatini rag`barlantirish metodlari;
3. O`quv – bilish faoliyatining samaradorini nazorat qilish metodlari;
Endi bu metodlar guruhini alohida qaraymiz.
I. O`quv – bilish faoliyatlarini tashkil qilish metodlarini bir necha kichik guruhlarga bo`lib klassifikatsiyalash mumkin.
1. O`quvchilar bilim oladigan manba bo`yicha:
a) og`zaki, b) ko`rsatmali, v) amaliy metodlar
2. O`quvchilar fikrining yo`nalishi bo`yicha:
a) induktsiya, b) deduktsiya, v) analogiya.
3. Pyedagogik ta'sir, boshqarish darajasi, mustaqillik darajasi bo`yicha:
a) o`qituvchi boshchiligidagi o`quv ishlari.
b) o`quvchilarning mustaqil ishlari.
4. O`quvchilarning mustaqil aktivliklari darajasi bo`yicha:
a) izohli – illyustrativ metod; reprbouktik metod;
b) bilimlarni problemali bayon qilish;
v) qisman izlanish va tadqiq qilish;
1. Og`zaki metodlar - qisqa muddat ichida hajmi bo`yicha eng ko`p informatsiya berish, o`quvchilar oldida problemallar qo`yish, ularni hal qilish yo`llarini ko`rsatish imkonini beradi.
a) Tushuntirish metodi - bunda o`qituvchi materialni bayon qiladi, o`quvchilar esa bilimlarni tayyor holda qabul qiladilar. Materialni aniq tushunarli va qisqa bayon qilish kerak.
M: 1 yoki 0 ga ko`paytirish hollarini tushunib olishga ko`paytirish haqidagi tarkib topgan bilimlari yyetarli bo`lmaydi. O`qituvchi bu bilimlarni tayyor holda berishi kerak. Tushuntirish metodida nazariy ma'lumotlar bilan tanishtirishda, o`quv qurollaridan foydalanish yo`l – yo`riqlar berishda foydalaniladi.
b) Suhbat - eng ko`p tarqalgan, yyetakchi o`qitish metodlaridan biri bo`lib, darsning turli bosqichlarida, har xil o`quv maqsadlarida qo`llanilishi mumkin. Suhbat – bu o`qitishning savol – javob metodidir, bunda o`qituvchi, maxsus tanlangan savollar sistemasi va ularga beriladigan javoblar yo`li bilan o`quvchilarni qo`yilgan ta'lim – tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga olib keladi.
Suhbat metodidan ko`pincha matematik tushunchalar bilan tanishtirilayotganda qonuniyatlar tipidagi bilimlar (arifmetik amal xossalari, amal komponentalari va natijalari bog`liqligi) bilan tanishtirishda foydalanish tavsiya etiladi.
Katexizik suhbat shunday savollar sistemasi asosida tuziladiki, bu savollar ilgari o`zlashtirilgan bilimlarni oddiygina qayta eslashni talab qiladi. Undan bilimlarni tekshirish va baholashda, yangi materialni mustahkamlash va takrorlashda foydalaniladi.
Evristik suhbat (grekcha – topaman, ochaman) da tayyor bilimlar berilmaydi, balki qo`yilgan savollar orqali, o`quvchilarning oldingi o`zlashtirgan bilimlari asosida, kuzatishlari, tajribalari asosida yangi tushunchalarga, xulosa va qoidalarga kelishga olib keladi. M: «34-20 va 34-2» hollarni o`rganishda dastlab (50k8)-30, (40k5)-4 so`ngra 28k20k8…. Nimani yozdim? Shunday yozish mumkinmi?
Savollar o`quvchilarning fikrlashini faollashtirishga, ularni voqyea – hodisalar va faktlarni taqqoslashga, solishtirishga, ularni ajratish yoki guruppalashga, ular orasidagi bog`lanishlarni izlashga majbur qilish kerak.
M: Nega? Buni qanda tushunish kerak?
v) H i k o ya bilimlarni tushuntirish hikoya tarzida amalga oshirilishi mumkin. Bundan asosan matematika tarixining rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarni berishda foydalaniladi.
g) O`quvchilarning kitob bilan ishlashlari. O`qish malakalarini egallashlariga qarab o`quvchilarni kitobda berilgan matnni mustaqil o`qishga jalb qilish zarur, ammo matematik matnni o`qish o`quvchilar uchun yangi va qiyin ishdir. O`quvchi darslikdan nimani o`qimasin, u tushungan yoki tushunmaganini tekshirish kerak.
Darsliklarda har xil mashqlardan oldin berilgan ko`rsatmalarni o`qishga e'tibor berish zarur. Rasmlar, chizmalar, sxyemalarni o`qish malakasi ham katta ahamiyatga ega.
Bunday ishning yakuni rasm, chizma, og`zaki ifodalar, matematik yozuvlar yordamida yangi bilimlarni mustaqil egallash uchun darslik ochib beradigan imkoniyatlarning hammasidan foydalanishdan iborat bo`lishi kerak.
1. Ko`rsatmali metodlar.
O`qitishning ko`rsatmali metodlari – o`quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkurning faol formasidir, bundan o`qitishda keng foydalaniladi. Atrof – borliqdagi predmet va hodisalar, ularning turli – tuman modellari, (har xil tipdagi ko`rsatma - qo`llanmalar) kuzatish ob'yektlari hisoblanadi.
O`qitishning ko`rsatmali va og`zaki metodlari o`zaro chambarchas bog`liqdir. Ko`rsatma - qo`llanmalarni namoyish qilishni har doim o`quvchilar va o`qituvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi va uning tadqiqotlarda aniqlanishicha 4 ta asosiy shakl mavjud.
1. O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;
2. Og`zaki tushuntirish uning yordamida ob'yektning bevosita ko`rinmaydigan tomonlari haqida ma'lumotlar beriladi.
3. Ko`rsatma - qo`llanmalar – og`zaki tushuntirishlarni tasdiqlaydi va aniqlashtiruvchi illyustratsiya bo`ladi.
4. O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.