1. Bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich sinflarda matematika fani o‘qitilishi orasidagi uzviylik


O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish. O‘quvchilar bilimini o‘zlashtirish samaradorligini aniqlash metodlari



Yüklə 87,57 Kb.
səhifə4/17
tarix09.08.2023
ölçüsü87,57 Kb.
#139022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
25 talik mavzu

5. O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish. O‘quvchilar bilimini o‘zlashtirish samaradorligini aniqlash metodlari.
Bolalarning hayotida maktab davri juda katta o’rin tutadi. Chunki bolalar bog’cha ta’limidan so’ng aynan savodining chiqishi shu davrga to’g’ri keladi. Bu davrda bolalarga har taraflama tushunarli bo’lgan mashg’ulotlardan, qiziqarli zamonaviy usullardan foydalanish lozim. Maktab davrida bolaning savodi chiqishi bilan birgalikda uning dunyoqarashi shakllanib, fikrlash doirasi kengayib boradi. Bolalarning bilimini rivojantirishda turli xil o’yinlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bolalar o’yinlar orqali o’z bilimlarini mustahkamlab oladilar. ularni o’rganib oladilar. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan didaktik o’yinlar ta’lim sifatini yanada oshirish, bilish jarayonining muvafaqqiyatli boshqarilishiga turtki bo’ladi. Didaktik o’yinlar boshlang’ich ta’limning keyingi bosqichlarida ham bolalarning bilimini rivojiga turtki bo’lishi mumkin. Dars jarayonida o’zlashtirishi past o’quvchilarning bilimini oshirishga bu o’yinlar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkillashtirishga e’tibor kuchaymoqda. Pedagogik texnologiyalardan foydalailmoqda. Pedagogik texnologiyalar - ta’limning shakllari, metodlari hamda yangi usullari tarbiyaviy vositalar yig’indisi hisoblanadi.Pedagogik texnologiyalar o’quvchilar imkoniyati va qobiliyatini yuzaga chiqarishda eng mahoratli vositalardan biri hisoblanadi, ular orqali ta’lim jarayonining tezlashishi oshadi. Oʻquvchilardaning mustaqil fikrlash doirasi shakllanadi. Bolalarda mexr muhabbat qiziqish hissi ortib boradi. Ta’lim tizimiga texnologik vositalar orqali yondashish tufayli -ta’lim jarayonining maqsadi belgilanadi; -o’qitish tizimining uzviy bog’liqligi rivojlanadi; -ta’limning harakatlanish tezligi yuqorilab boradi; Texnologiyalardan foydalanishda ular ta’limning sifatini belgilashi lozim, undan ko’zlangan maqsadga yetishish nazarda tutilishi kerak. Bunda o’qituvchilar o’z o’quv fanini maqsadini belgilab chiqishi kerak. Belgilangan maqsad asosida albatta samara bo’lmog’i lozim. Bola har bir o’yinga qiziqishi undan o’ziga biror narsa olmog’i kerak. Boshlang’ich sinf bolalariga dars jarayonida foydalanadigan o’yinlar orqali bolaning bilimi oshishi dars jarayonini o’zlashishi bilan birgalikda uning maktabga ustozlariga bo’lgan mexr-muhabbati oshib boradi. Aynan boshlang’ich sinflarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bolani darsga jalb etishga yordam beradi. O’yinlar orqali erkin fikr yuritish tafakkurining shakllanishini ortganini ko’rish mumkin. Aynan boshlang’ich sinflarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bolani darsga jalb etishga yordam beradi. Ularda oʻquvchilardaning diqqati bir joyga to’planadi tafakkuri o’sib boradi. O’zlarida erkin fikr yuritish jarayoni shaklanadi. Dars jarayonida qo’llanadigan didaktik o’yinlardan Zanjir o’yini: Bu o’yinda o’qituvchi bir so’z aytadi. Shu so’zning tugagan harfidan boshab bolalar so’zni davom ettiradi. O’yin orqali bolalar hammasi darsga jalb etiladi. «Tez ayt» o’yini: bu o’yinda o’qituvchi sinf bo’ylab yuradi bir bolani turg’izib uga bir tur nomini aytadi. Bola shu turga kiruvchi so’z topib aytishi kerak. Bu orqali bolaning fikri atrof muhitga bo’lgan munosabati sinchikovlik qobiliyati oshib boradi. O’yinda toki javob berolmagan o’quvchilar tugatadi. O’yin bir ishtirokchi qolguncha davom etadi. Bu o’yinni o’tilgan darsga moslab ham tashkillashtirsa bo’ladi. O’qituvchi: «Hayvon» O’quvchi: mushuk O’qituvchi : «Mevalar» O’quvchi: olma O’qituvchi sinf jihozlari: O’quvchi: doska Dars jarayonida shunday o’yinlardan foydalanish orqali o’quvchilarda dars jarayoniga bo’lgan qiziqish ortib boradi. Bolada topqirlik, chaaqqonlik, tez harakat qilish jarayonari shakllanib boradi.


Yüklə 87,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin