Menejment tizimida menejerlar faoliyatini tashkil etish
Reja:
1. Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi
2. Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirish
3. Mehnat unumdorligi
Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi har bir ijrochining ishi cheklangan va nisbatan bir turda bo'lishiga erishish talab qilinadi. Bu mehnat unumdorligi ortishi, ish sifati vaxshilanishi va har bir ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi. lxtisoslashuv majburiyatlar doirasini shunday belgilashi lozim-ki, bunda har bir ishlovchi masalasi imkoni boricha to'liq ishga solinsin.
Mehnatni kooperatsiya qilish boshqaruv tashkilotlari bilan boshqaruv apparati turli bo'linmalari xodimlari o'rtasida aloqa o'rnatilishini ko'zda tutadi. Menejment jarayonida ham, shu korxonada ham undan tashqaridagi alohida xodimlar, xizmat va bo'linmalar faoliyati birlashtiriladi.
Menejerlar mehnatini taqsimlash va kooperatsiya qilish yo'llari tarkibiy bo'linmalar haqida qoidalar va boshqaruv apparati xodimlari lavozim yo'riqnomasi bilan belgilangan bo'ladi. «Korxonalar to'g'risida»gi Qonun asosida korxona va uning bo'linmalarida har bir rahbar, mutaxassis va texnikaviy ijrochi uchun lavozim yo'riqnomalari ishlanadi. Lavozim yo'riqnomalari, huquq va majburiyatlari yakka boshchilik tamoyili asosida mansabdor shaxslarning bo'ysunishi, topshirilgan vaziÎa uchun javobgarligi belgilanadi.
Lavozim yo'riqnomalari va qoidalar davriy ravishda qayta qurilib, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruv jarayonlari takomillashib borganligini hisobga Olgan holda tuzatilib, to'ldirilib borilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |