1. Bolalar folklorida allaning o'ziga xos o'rni Allaning tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 0,85 Mb.
tarix08.05.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#109456
Qhhorova Durdona


Farg'ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti 21.38-guruh talabasi Qahhorova Durdonaning Maktabgacha ta'limda bolalar folklori fanidan tayyorlagan slaydi
Mavzu: Bolalar folklorida allaning o'ziga xos o'rni va tarbiyaviy vazifasi
Reja:
1. Bolalar folklorida allaning o'ziga xos o'rni
2. Allaning tarbiyaviy ahamiyati
3. Allaning bolaga ta'siri
Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. Oʻzbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932-yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar
onalar mehrmuhabbati bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va ovutishlarda "Toytoy", "Bordibordi" va boshqa ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz boʻldi", "Qurbaqa", "Qaldirgʻoch" kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi.
Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. "Bu bogʻchada olicha", "Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi.
Oʻyinlar Bolalar folklori ning murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar "Choriy chambar", "Hakkalakam" kabi sanama oʻyinidan, katta bolalar "Qushim boshi" degan topishmoqdan boshlaydi.
Bolalar bogʻchalari, maktablarda oʻyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qatʼiyatli, qiyinchiliklarni yengishga, oʻrtoqlariga yordam berishga tayyor boʻlish singari yaxshi sifatlarga ega boʻlib oʻsishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va oʻqish kitoblariga kiritilgan
Alla — 1) bolani uxlatish jarayo-nida yakkaxonlik uslubida aytiladigan qo‘shiq. O‘zbek, uyg‘ur va tojik xalqlari orasida A. nomi bilan yuritiladi. Odatda oddiy kuylar bilan, baʼzida rechitativ tarzda, beshik yoki belanchakni tebratish surʼatiga mos ravishda ijro etiladi. Matni, asosan, to‘rtlik; ijro uslubi erkin, badihago‘y. A. onaning bolaga bo‘lgan mehr-muhabbati, umid va orzulari, yaxshi niyat va tilaklarini anglatish bilan birga ruhiy kechinmalarini ham ifo-dalaydi. Shu bois baʼzi A. namunalari yig‘i ohanglariga yaqin bo‘ladi; 2) beshik to‘yi jarayonida beshikni olib kirayotgan ayollar tomonidan aytiladigan qo‘shiq.
Ijro xususiyatlari bayramona maro-sim kayfiyatiga mos; tantanavor doira usuli jo‘rligida kuylanishi mumkin; 3) O‘zbekistonning baʼzi hududlarida A. nomi bilan aytiladigan marosim qo‘shiqlari. Masalan, Buxoro viloyati Olot va Qorako‘l tumanlari hamda Xorazmda dafn marosimi jarayonida navbat bilan ayollar (yoki maxsus chaqirilgan allachi-go‘yanda, xalfa) tomonidan badiha uslu-bida aytiladigan qo‘shiq va b. Ayrim tax-minlarga ko‘ra, A. nomi "Alloh" so‘zidan kelib chiqib, Yaratgandan chaqaloqni o‘z panohida asrashni iltijo qilishga nis-bat bilan bog‘liq.
Anʼanaviy A. xususiyat-laridan o‘zbek bastakorlari (T. Jalilov, Yu. Rajabiy, F. Sodiqov) va kompozi-torlari (A. Muhamedov, Ik. Akbarov, S. Yudakov) ijodiy foydalanishgan.Ad: Alaviya M., O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari, T., 1974; Romanovskaya Ye., Stati i dokladi. Zapisi muzikalnogo folklora, T., 1959; Tursunov N., Buxoro udumlari, T., 1994.R. Choriyev
Allaning ahamiyatini dunyodagi koʻplab olimlar oʻrgangan. Onalikka tayyorlash borasida olib borilgan tibbiy tadqiqotlarda alla goʻdak salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi, turli yuqumli kasalliklar (masalan pnevmoniya, diareya)ga chalinish xavfini kamaytirishi aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, alla inson immunitetini butun umrga mustahkam boʻlishida ham katta oʻrin tutar ekan. Bu ovoz terapiyasidan kuniga 2-3 mahal, ovqatlanishdan soʻng 10 daqiqadan oshirmay foydalanish mumkin.
Alla bolani uxlatishga qaratilgani bois bir maromdagi ovoz va ohang tanlanadi. Eng qizigʻi, bunda onaning musiqiy isteʼdodga va shirali ovozga ega boʻlishining ahamiyati yoʻq. Tibbiyot olimlarining aniqlashicha, alla bola miyasining oʻng yarim sharini harakatga keltirib, aqliy faollikka turtki beradi va diqqatni oshiradi.
Mutaxassislar umumiy ruhiy siqilish sindromi, nafas olish ritmi buzilishi, yurak qisqarishi chastotasining kamayishi (bradikardiya), ichaklar
motorikasidagi muammolar, muddatidan erta tugʻilish va kichik vaznga ega boʻlish bilan kechadigan perinatal ensifalopatiya (bosh miya funksiyasi yoki tuzilmasi buzilishi)ga chalingan bolalarga alla aytishni tavsiya etishadi. Alladagi oʻziga xos ohang, ritm, harakat va nutq buzilishlari (aʼzolar uchishi, duduqlanish, harakatlarning oʻzaro nomuvofiqligi) oldini olishga yordam berishi tajribalarda aniqlangan.
Alla aytish ona salomatligi uchun ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi va tugʻruqdan soʻng tez tiklanishga yordam beradi. Tibbiy kuzatuvlarga koʻra, goʻdagiga alla xirgoyi qilib turadigan ayollarning koʻkragiga sut kelishi koʻpayarkan. Shifokorlarning onalarga bolani emizgandan soʻng kuniga 2-3 marta alla aytib turishni tavsiya qilishlariga aynan mana shu omil sabab boʻlgan.
Alla boladagi turli hissiyotlarga va ongiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Tadqiqotlar alla aytilayotgan paytda bola miyasining turli sohalardagi biologik potensiallariga sinxron ravishda taʼsirlanishini koʻrsatgan. Allani bemalol sogʻlomlashtiruvchi ijobiy psixoterapevtik taʼsirga ega, deyish mumkin. Agar alla chaqaloqqa dastlabki kunlaridanoq aytilsa, uni turli kasalliklardan himoya qilib, vujudining kuchga toʻlib borishiga xizmat qiladi.
Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin