22. Maktabgacha tarbiya yoshidagi inqiroz Tabiatda inson bolasigina ojiz va kattalarning gʻamxoʻrligiga muhtoj boʻlib tugʻiladi. Lekin inson farzandiga berilgan eng katta imkoniyat bu uning oʻrganishga boʻlgan ehtiyojidir [1-4]. Aytish mumkinki, odam bolasi oʻrganishga “dasturlangan” holda tugʻiladi. Shu tufayli qisqa vaqt ichida u juda koʻp bilimlarni oʻzlashtiradi. Hozirgi kunga kelib aksariyat tugilgan bolalarda quyidagi kabi xususiyatlar ko’plab kuzatilmoqda; an`anaviy tarbiya vositalarini qabul qilmaslik; intuitsiyaning, xavf hissining rivojlanganligi; raqamli texnologiyalarni tez oʻzlashtirishga boʻlgan qobiliyat.2 Chaqaloqlik davrida kattalar bilan muloqot bevosita bolani qoʻlga olish orqali amalga oshiriladi. Bola qoʻlga olinganda aloqa bogʻlanadi, qayta qoʻyilganda esa aloqa uziladi, u yigʻlay boshlaydi [5]. Olimlarning ta’kidlashlaricha bola psixologik jihatdan me’yorida rivojlanishi uchun ona uni kun davomida kamida 30-35 marotaba qoʻlga olishi kerak ekan. Shuni aytish joizki, aynan onaning bolaga qoʻl tekkizib turishiga boʻlgan ehtiyoj butun umr davomida saqlanib qoladi va tarbiya vositalaridan biri sifatida ehtirof etiladi. Mutaxassislar vaqti – vaqti bilan bolaning boshini silash yoki yelkasidan qoqib qoʻyish u bilan boʻladigan ishonchli muloqotni ta’minlab turuvchi vosita ekanligini ehtirof etishadi. Millatimizda bu tajriba azaldan ma’lum boʻlgan, keksa avlod vakillari boʻlgan otaxonlarimiz, ayniqsa buvijonlarimiz farzand bilan muloqotda albatta bu qoidaga amal qilishgan [6-10]. Bola predmetlarga boʻlgan qiziqishini avvalo kattalarga murojaati orqali bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qoʻllash orqali oladi. Bu yerda kattalar bolaga qanday talablar qoʻyishlari muhim oʻrin tutadi. Kattalar agar bola bilan kam muloqotda boʻlsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Muloqotga boʻlgan ehtiyoj bolada oʻz-oʻzidan rivojlanmaydi, balki predmet faoliyati boʻyicha kattalarning muloqoti orqali oʻsadi.Kattalar tomonidan boʻladigan toʻgʻri muloqot chaqaloqda muloqotga boʻlgan ehtiyojni shakllantiradi. Bolaning muloqoti reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda boʻladi [11]. Bolaning kattalar bilan qiladigan muloqoti dastlab kattalarning yuziga va koʻzlariga qarashdan boshlanadi. Bir yarim-ikki oylikda bola kattalarning jilmayishiga oʻzining kulgusi bilan javob qaytaradi. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yoʻl orqali amalga oshiriladi: kattalar nutqini tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali. Bola bilan onaning muloqoti faqatgina soʻzlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora, pantomimika, ohang va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular harakatga signal boʻlib xizmat qiladi. Bola 3 yoshgacha atrofidagi narsalarni ushlab koʻrib, ogʻziga solib, ochib oʻrgansa, unda nutq paydo boʻlgandan keyin bilimlarni egallash jarayoni yanada tezroq, samaraliroq kecha boshlaydi. Dunyoda qoʻl bilan ushlab boʻlmaydigan, koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan soʻz va iboralar borki uni faqat “ikkinchi signallar tizimi” hisoblangan nutq orqaligina tushunish mumkin. (Rus psixolog olimi A. Pavlovning “ikkinchi signallar tizimi” boʻyicha tadqiqotlarining asosiy mohiyati shundaki, predmetdan kelayotgan signal “birinchi signal” boʻlsa, soʻz orqali oʻsha predmetning obrazini tasavvur qilish orqali “ikkinchi signal” yaratiladi. Masalan, olmani koʻrganda u haqidagi tasavvur ongimizda namoyon boʻlgani kabi, “qipqizil olma” degan soʻzlar ham ongimizda xuddi shu tasavvurni paydo qiladi).Olimlar bu davrni “savollar davri” deb atashadi. Har tomonlama sogʻlom rivojlanayotgan bola albatta savol berishi lozim. Xoʻsh, savol tugʻiladi: moboda bola savol bermasa-chi? Mutaxassislar fikricha, agar bola savol bermasa, tarbiyachilarning oʻzi savol bera boshlashi zarur ekan. Bola qachon savol beradi? Agar u muammoga, jumboqqa duch kelsa. Faylasuflardan biri: “bolaning aqliy rivojlanishi savol berish va hayratlanishdan boshlanadi”, – degan ekan [12- 15].Lekin aynan shu joyda tarbiyadagi ikkinchi muammo boshlanadi, y a’ni savolga javob beruvchi tarbiyachilarning bilim darajasi, sav iyasi.