1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə22/29
tarix13.12.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#175465
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Fonetik tamoyil ― so‘zlar va so‘z tarkibidagi affikslar qanday talaffuz qilinsa, xuddi o‘shanday yoziladigan tamoyil.
Fonetik o‘zgarish ― nutq zanjiridagi tovushlarning turlicha o‘zgarishlari.
Fonografik yozuv ― tilning fonetik tomonlarini ham aks ettirishga imkon yaratdigan yozuv.
Grafika ― fonetik-fonologik, leksik va morfologik birliklarni ifodalash uchun qo‘llanadigan optik-grafik (ingl. optic – qaraydigan, ko‘radigan degani9) belgilar haqidagi bo‘lim.
9 Англо-русский словарь. Составитель В.К.Мюллер. Москва, 1971, стр.528.
Grammatika va imlo metodikasi ― Grammatika va imlo metodikasi ele- mentar to‘g‘ri yozuvga va husnixatga o‘rgatishni, grammatik tushunchalarni, boshlang‘ich imlo malakasini shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
Ideografik yozuv ― rasmlar orqali bevosita narsa, hayvon yoki boshqa- larning o‘zi emas, balki shu rasmlar ta’sirida inson ongida aks etgan tushuncha ifodalanadigan yozuv.
Iyeroglifik yozuv ― ideografik yozuvda qo‘llangan rasmlar shartli belgilarga – iyerogliflarga aylantirilgan yozuv.
24. Maktabgacha tarbiya yoshida nutqning rivojlanishi
Mustaqil mamlakatda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdek sharafli va ma’suliyatli ishda ta’lim tarbiya tizimining boshlang‘ich tarbiya tizimining boshlang‘ich bosqichi bo‘lgan maktabgacha ta’lim tarbiya muhim o‘rin tutadi.
Nutq haqida so‘z borar ekan, nutq bolaning ruxiy hayotida muhim axamiyatga egaligini ta’kidlashimiz lozim.
Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning nutqini faol egallash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati muloqoti bilan uzviy bog‘liq. Bola jumlalarning mazmuni va shaklidagi o‘zgarish uning muloqot shakllari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bolaning so‘z-lug‘at boyligining o‘sishida ikki muhim tomoni miqdor va sifat tomoni mavjud.
Lug‘at boyligining miqdoriy o‘sishi D.B. Elkonining ta’kidlashicha bola tarbiyalanib usayotgan oilaning xayot sharoiti va tarbiyalanishi xususiyatiga bog‘lik.
Bolalarning tili chiqqanidan boshlab, ularning o‘z nutqlarida foydalanayotgan so‘zlar tez ko‘paya boshlaydi. Ayni bir yoshdagi bolalarda so‘z boyligi turlicha bo‘ladi. Ma­salan, ba’zi psixologlarning qilgan hisoblariga qaraganda, ikki yashar bola­larning so‘z boyligi 250—400 so‘zga yetadi, bolalar yetti yoshga yetganla-rida ulardagi so‘z boyligi 3000—3500 ga boradi. Tevarak-atrofdagi odamlar bilan doimiy gaplashib turish sharoitida tarbiyalangan bolalarning nutqidagi so‘z boyligi esa ular ikki yashar chog‘ida 285 taga, uch yashar chog‘ida esa 2050 taga yetadi. Bolalarda so‘z boyligi ko‘paya borgan sari ular nutqining sifat jihati ham rivoj topaveradi, so‘zlarning ma’nosini tushunishlari ham rivoj topaveradi. Bolalar o‘z nutqlarini o‘sib borishining dastlabki bosqichlarida, ko‘pincha, so‘zlarni noto‘g‘ri ma’noda ishlatadilar. Ko‘pincha bola tasodifiy belgilariga qarab, ba’zi so‘zlarga butunlay boshqacha ma’no beradi.
Chunonchi, supurgi bilan polni supurayotgan ikki yashar qizdan «Nima qilayapsan?» deb so‘ralganida, u «changitayapman» deb javob bergan. «Nega changitayapsan?», «Toza bo‘lsin, pol iflos», ya’ni «Polning iflosini tozalamoq uchun changitayapman» deb javob bergan. Bu qizcha changitish so‘zini «supurish» ma’nosida ishlatgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, qizcha onasiga taqlid qilib, supurgi bilan supura boshlaganida onasi hamisha «Changitma, changitma» deb uni koyib, qo‘lidan supurgini olar ekan. Shu sababli, qizchada changitish degan so‘z supurish degan noto‘g‘ri ma’noda o‘rnashib qolgan.
Dastlab bola bir so‘zni faqat bitta narsaning ifodasi deb va bir ma’nodagina tushunadi. Bir so‘z bilan bir-biriga o‘xshash ko‘p narsalar ifodalanaverganligi va shu so‘z qayta-qayta shu ma’noda takrorlanaverganligi ta’sir qilib, shu tufayli, bolada so‘zlarning umumiylashtirilgan ma’nosini tushunish o‘sa boshlaydi. Nutq orqali aloqa bog‘lash tufayli, bola, masalan, bitta stolning o‘zigina emas, balki hamma stolning ham stol deb aytilishini, bilib oladi. Shu tariqa, bolaning nutqi o‘sa borishi, o‘z atrofidagi kishilarning tilini o‘zlashtira borishi bilan unda faqat narsalar to‘g‘risida idrok va tasavvurlar paydo bo‘lib va o‘sibgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, tushunchalar ham hosil bo‘la boshlaydi.
Tilga kira boshlagan bola o‘z nutqida dastlab, bosh kelishikda keladigan bir necha otlarni va buyruq shaklda keladigan ba’zi fe’llarni ishlatadi.
Bolalarning dastlabki gaplari bir so‘zdan iborat bo‘ladi. Shu bilan birga, bolaning aytgan bitta so‘zi — gapi bir necha ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, bola: sut deyar ekan, bundan: «Sut ber», «Sut ichaman», «Ana sut» degan va boshqa shu kabi ma’nolarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, bola: «mushuk» der ekan, bu bilan: «mushuk meni timdaladi», «mushukni menga ber», «mushuk bilan o‘ynayapman» degan gaplarni aytayotgan bo‘lishi mumkin.
Bolalarning tili chiqishining mana shu dastlabki bosqichida ba’zan ularning gapi bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. Lekin bu so‘zlar biriktiruvchi yuklamalar yordami bilan yoki shu so‘zlarning shaklini o‘zgartirish yo‘li bilan bog‘lanmagan bo‘ladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin