Imlo qoidalari



Yüklə 253,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.06.2023
ölçüsü253,75 Kb.
#132702
  1   2   3   4   5
O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari.



O„ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI 
ОLIY TA‟LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI 
 
PEDAGOGIKA FAKULTETI MAKTABGACHA 
TA‟LIM YO

NALISHI 
206 -GURUH TALABASI 
Rajabova Muxlisaning 
“Ona tili
” fanidan 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
 
 
 
Urganch 2023


O„zbek tilining asosiy imlo qoidalari. 
 
 
Reja: 
 
1. Imlo qoidalarining qisqacha mazmuni. 
2. Unlilar imlosi. 
3. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi. 
4. Undoshlar imlosi. 
5. Yonma-yon keladigan undoshlar imlosi. 
6. Tutuq belgisining ishlatilish o`rinlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Yozuv har bir xalqning ma‘naviy boyligi, yuksak madaniyatga 
erishganligining o‗ziga xos ko‗rinishi sanaladi. So‗zlarning 
yozilishidagi 
barqarorlik
, qat‘iylik millatni yakdillikka, ma‘naviy jipslikka yetaklaydi. Shu 
ma‘noda har bir xalq o‗z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga 
tatbiq etadi.
Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi. 
Davr o‗tishi 
bilan u eskirdi
, amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, 
80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi. O‗zbek tiliga 
davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo‗lga kiritilishi yangi imlo 
qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga 
asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib 
yubordi. Shu maqsadda O‗zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995- 
yilning 24- avgustida 339-sonli «O‗zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash 
haqida» qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo‗lib, quyidagi bo‗limlarni o‗z 
ichiga oladi:
Harflar imlosi: 
unlilar imlosi (1—7-bandlar); 
undoshlar imlosi (8—32-bandlar). 
Asos va qo‗shimchalar imlosi (33—37-bandlar). 
Qo‗shib yozish (38–50-bandlar). 
Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar). 
Ajratib yozish (57—56-bandlar). 
Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar). 
Ko‗chirish qoidalari (75—82-bandlar). 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi 12-
chaqiriq 13-sessiyasida lotin yozuviga asoslangan yangi o‗zbek alifbosiga o‗tish 
to‗g‗risida qonun qabul qilindi. 
Tabiiyki, alifbo yangilangach unga mos yozuv qoidalarini ishlab chiqishga 
ham ehtiyoj tug‗iladi. ―O‗zbek tilining (lotin yozuviga asoslangan yangi alifbo 
asosidagi) asosiy imlo qoidalari‖ loyihasi 1994-yil 16-aprelda ilk bor Toshkentda 


o‗tkazilgan ziyolilar yig‗inida ko‗rib chiqildi. O‗sha davrda ―O‗zbek tilining asosiy 
imlo qoidalari‖ loyihasi matbuotda e‘lon qilindi, turli ma‘naviy-ma‘rifiy 
yig‗inlarda yurt ziyolilari tomonidan qizg‗in muhokama etildi va bildirilgan jo‗yali 
fikr-mulohazalar inobatga olinib, loyiha bir necha bor tahrir qilindi. 
1995-yil 24-avgustda Vazirlar Mahkamasining 339-qarori bilan lotin 
yozuviga asoslangan ―O‗zbek tilining asosiy imlo qoidalari‖ 7 bo‗lim, 82 
moddadan iborat holatda rasmiy tasdiqlandi va keng amaliyot uchun joriy etildi. 
Ta‘kidlash joizki, bu o‗zbek xalqining ma‘naviy-ma‘rifiy hayotida o‗ziga 
xos hodisa bo‗ldi. Chunki o‗zbek xalqi tarixida bor-yo‗g‗i ikki marta orfografiya 
qoidalari qabul qilingan, xolos. Jumladan, 1940-yilning 4-iyulida kirill alifbosi 
hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va shu yilning o‗zida ―Birlashgan 
o‗zbek alfaviti va orfografiyasi‖ to‗plamida e‘lon qilinadi. Ma‘lumotlarga ko‗ra, 
kirill imlo qoidalari bir necha marta qayta ishlangan, 1952-, 1953-, 1955-yillarda 
loyiha tarzida besh marta qayta nashr qilingan, nihoyat 1956-yilning 4-aprelida 
o‗sha davr hukumati tomonidan kirill alifbosiga asoslangan ―O‗zbek 
orfografiyasining asosiy qoidalari‖ tasdiqlangan. Bu qoidalar 72 moddadan iborat 
edi. Ta‘kidlash joizki, hozir ham agarda kirill yozuvidan foydalanish zarurati 
paydo bo‗lsa, albatta, yozuvimiz shu 72 modda talablariga bo‗ysundirilishi kerak. 
Ikkinchi marta esa 1995-yil 24-avgustda Vazirlar Mahkamasining 339-qarori bilan 
―Lotin yozuviga asoslangan imlo qoidalari‖ qabul qilindi.
Imlo qoidalari – savodxonligimiz asosidir. Darhaqiqat imlo qoidalarini 
yaxshi o`zlashtirmasdan turib savodxonlikka erishib bo`lmaydi. So`z va 
morfemalarni to`g`ri yozish uchun ma`lum bir qonun-qoidalarga tayaniladi. Shu 
maqsadda imlo qoidalari yaratiladi. Davr talablari asosida imlo qoidalari 
takomillashib, o`zgarib boradi. 1930 yilda lotin yozuvi, 1940 yilda kirill yozuvi 
uchun imlo qoidalari ishlab chiqilgan. 1956 yil 4 aprelda ―O`zbek
orfografiyasining asosiy qoidalari‖ tasdiqlanib, amalda qo`llanishga joriy qilingan. 
Shundan beri o`tgan vaqt davomida ushbu imlo qoidalariga rioya qilib kelindi.


Harflarning imlo qoidalarini tuzishda tovushning fonetik tavsifi hamda 
uning ayrim imloviy xususiyatlari e`tiborga olinadi. Masalan, a,o,i,u unlilarining 
imlo qoidalarida yuqoridagi har ikki xususiyat o`z ifodasini topgan bo`lsa, o` va e 
unlilarining imlo qoidalarida faqat tovushlarning fonetik tavsifi tamoyiliga 
asoslanilagan.
Harflar imlosi 1-qoidadan 32-qoidagacha davom etadi. Bunda 1-6-qoidalar 
unlilar imlosi, 7-qoida yonma-yon kelgan unlilar imlosi, 8-30-qoidalar undoshlar 
imlosi, 31-qoida yonma-yon kelgan undoshlar imlosi va 32-qoida tutuq belgisining 
qo`llanishi qoidalaridan iborat. 

Yüklə 253,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin