2-sinf “Ona tili va o’qish savodxonligi” darslari
samaradorligini oshirish
Fotima Botir qizi Akramova
Fotimazuxra0@gmail.com
Jizzax davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqola ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida zamonaviy
pedagogik
texnologiyalardan foydalanib, “Samarqand - tarix beshigi” mavzusini
tushuntirish orqali 2-sinf o‘quvchilarining tarix, ajdodlar merosi haqidagi
tasavvurlarini kengaytirish. Matn mazmuni va gʻoyasini aniqlash, narsa nomlarini
ajrata olish, yoʻriqnoma va koʻrsatmalarni
tushunish, So‘z
oxirida kelib, ogʻzaki
nutqda tushib qoladigan undoshlar imlosi bilan ishlash. Mavzu doirasida soʻz boyligini
oʻstirishdan iborat.
Kalit so‘zlar: Samarqand, tarix, talaffuzda tushib qoladigan undoshlar, davlatlar,
shaharlar.
Increasing the efficiency of grade 2 “Uzbek language and
reading literacy” lessons
Fotima Botir qizi Akramova
Fotimazuxra0@gmail.com
Jizzakh State Pedagogical Institute
Abstract: This article expands students' understanding of history and ancestral
heritage by explaining the topic of Samarkand - the cradle of history, using modern
pedagogical technologies in the lessons of mother tongue and reading literacy. Identify
the
content and idea of a text, name things Distinguish, understand instructions and
instructions, work with the spelling of consonants that come at the end of a word and
fall into the oral speech. The aim is to increase vocabulary within the topic.
Keywords: Samarkand, history, consonants, countries, cities.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar
kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida shunday deydi: “Bugun har bir
o‘qituvchi
va tarbiyachi, oliygoh domlasi ta’lim va ilm-fan sohasidagi eng so‘nggi
ijobiy yangiliklarni o‘quv jarayonlariga tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va
dunyoqarash egasi, bir so‘z bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning eng ilg‘or
vakillari bo‘lishlari kerak”.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1131
Ma’lumki, Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda asosiy e’tibor
o‘quvchida tilga doir toʻrt koʻnikma: oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlash
va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi.
1
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash,
analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali
ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash
doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani
ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili va o‘qish
savodxonligi ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi
ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Shu bois ham, darsni tashkil qilishda unga integratsion
va innovatsion yondashish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Zero, boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari zamonaviy pedagogik
texnologiyaning mazmunini, mohiyatini, ularni
darsga qanday tadbiq etish usullarini puxta bilmog‘i darkor. Quyida 2-sinf ona tili va
o‘qish savodxonligi darsligidagi “Samarqand - tarix beshigi” mavzusi asosida ko‘rib
chiqamiz:
Darsning mavzusi: Samarqand - tarix beshigi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Matn mazmuni va gʻoyasini aniqlash, narsa nomlarini ajrata olish,
yoʻriqnoma va koʻrsatmalarni tushunish, so‘z oxirida kelib, ogʻzaki nutqda tushib
qoladigan undoshlar imlosi bilan ishlash;
Og‘zaki nutq 1: suhbat jarayonida ikkinchi
sinf darajasiga mos mavzular yuzasidan adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda
ravon soʻzlay oladi; Tinglab tushunish 4: sinf darajasiga mos badiiy yoki informativ
matnni tinglagach uning asosiy mazmunini, voqealar ketma-ketligi va gʻoyasini aytib
bera oladi;
Oʻqib tushunish
3: sinf darajasiga mos badiiy hamda informativ matnlarni
ravon hamda ifodali oʻqiy oladi; Yozma nutq 1: asosiy husnixat qoidalariga amal
qilgan holda yoza oladi;
L
ingvistik kompetensiya 11: asosiy husnixat, imlo, boʻgʻin
koʻchirish hamda tinish belgilari qoidalariga amal qilgan holda ikkinchi sinf darajasiga
mos, oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan gaplar hamda kichik matnlar tuzib
yoza oladi.
Tarbiyaviy: tarixiy meros va obidalarni asrab-avaylashga undash; O
g‘zaki nutq 2:
kichiklar, tengdoshlari hamda kattalar bilan suhbat
hamda muhokama jarayonida
muloqot odobiga (bir-birini hurmat qilish, soʻzga chiqishni istashini hurmat bilan
soʻrash, mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapirish) rioya qiladi va fikrini
bildira oladi.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish; O
g‘zaki nutq 4:
suhbat yoki muhokama jarayonida ma’lumot yoki mulohazani aniqlashtirish uchun
savollar
bera oladi; Tinglab tushunish 7
: sinf darajasidagi ogʻzaki, media, reklama,
badiiy hamda informativ matn haqida oʻz fikrini bildiradi va asoslab bera oladi.