Darsning metodi: tushuntirish, suhbat, “Bulutlarni tarqating” didaktik o‘yini,
“Ajratamiz” didaktik o‘yini, Rasmli diktant.
Darsning borishi: O‘quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida “Bulutlarni
tarqating” didaktik o‘yini o‘tkaziladi.
“Bulutlarni tarqating” didaktik o‘yini.
O‘qituvchi doskaga quyosh rasmini iladi va uni
“So‘zni topib ishlating”
bo‘limiga oid savollar yozilgan bulutchalar bilan yopib qo‘yadi. Sinf jamoasi 3
guruhga bo‘linadi.
O‘quvchilarning qo‘llariga Tarbiya faniga oid savollar
yozilgan kartochkalar
tarqatiladi. Ularga javob bera olgan o‘quvchi bulutni olib, unda yozilgan savolga javob
beradi. Agar qo‘lidagi savolga javob bera olmasa, jamoasidan yordam olishi mumkin,
ammo bulutdagi savolga o‘zi javob berishi lozim. O‘yin shu tariqa davom etib, hamma
bulutlardagi savollarga javob berilgandan so‘ng quyosh porlaydi. Qaysi guruh to‘g‘ri
va ko‘p savollarga javob bergan bo‘lsa, shu guruh g‘olib hisoblanadi va
rag‘batlantiriladi.
Yangi mavzu: Yangi mavzuni e’lon qilishdan avval, o‘qituvchi doskaga bittadan
misol yozilgan
uchta varoqlarni iladi, o‘quvchilarga navbat bilan bajartiradi va
birgalikda bajarilgan misollarni tekshiradi, xatosi bo‘lsa, to‘g‘rilaydi. Shundan so‘ng
varoqlarning orqasini o‘giradi va bugungi mavzu nomi (Samarqand - tarix beshigi)
kelib chiqadi.
O‘qituvchi mavzuni tushuntiradi:
Samarqand - dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri. U o‘rta asrlarda “Yer
yuzining sayqali” deya e’tirof etilgan. Samarqandning
qadimgi nomlaridan biri
“Smarakansa” bo‘lib, “ulug‘ shahar” degan ma’noni anglatgan. Turkiy tilda so‘zlovchi
aholi esa uni “Semizkent” deb atagan.
Qadimda Samarqandni baland devor bilan o‘rab chiqishgan. O‘sha devorlar
shaharni dushmanlar hujumidan himoya qilib turgan. Devor bilan o‘ralgan shaharlar
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1133
qal’a deyilgan. Uning 3ta darvozasi bo‘lgan. Samarqand qal’asiga kirish va chiqish ana
shu darvozalar orqali amalga oshirilgan.
Qal’a mustahkam bo‘lsa ham, u juda ko‘p hujumlarga uchragan, urushlarga guvoh
bo‘lgan. Bir necha bor vayronaga aylantirilgan. Ana o‘sha vayronalar ba’zi manbalarda
Afrosiyob deb ham ataladi.
Bundan 650 yil oldin Amir Temur bobomiz Samarqand shahrini o‘z davlatining
poytaxti deb e’lon qilgan. Shahar yana devorlar bilan o‘rab olingan. O‘shanda shaharga
kirib-chiqish uchun 6ta darvoza qurilgan. Temuriylar davrida Samarqand shahri juda
go‘zallashib ketdi. Registon maydoni ham ayni shu davrlarda qurilgan. Bu maydonda
hozir “Sharq taronalari” xalqaro festivali o‘tkaziladi.
1925-yildan 1930-yilgacha Samarqand davlatimiz poytaxti edi.
Olimlarning
aniqlashicha, Samarqandning yoshi 2700dan oshgan ekan. Samarqand albatta borish
kerak bo‘lgan 50 shaharning biri hisoblanadi.
2
O’qituvchi Samarqand haqida ma’lunotlarni o’quvchilarga chiroyli nutqi orqali
yetkazgandan so‘ng
suhbat metodidan foydalanib, o‘quvchilarning bilimlarini
mustahkamlaydi.
1. Samarqand shahri haqida nimalarni bilasiz?
2.
“Qadimgi” deganda nimani tushunasiz? “Qadimgi shahar” deganda-chi?
3. Samarqand haqida nimalarni bilib oldingiz?
“Ajratamiz” didaktik o‘yini
3
Darslikning 56-betida berilgan koʻrsatmalar asosida “Ajratamiz” oʻyini
tashkillashtiriladi. Oʻquvchilar oʻyin shartlarini oʻqib chiqadilar hamda oʻqituvchi
qayta tushuntirib oʻtadi. Shundan keyin oʻyinni oʻynash boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: