1. Tanqidiy fikrlashga to’gri berilgan ta’rifni toping
A) Tanqidiy fikrlash aniq va oqilona fikrlashdir.
B) Tanqidiy fikrlash aniq fikrlashdir.
C) Tanqidiy fikrlash oqilona fikrlashdir.
D) Tanqidiy fikrlash bu vaziyatga nisbatan fikrlashdir.
2. Ijodiy fikrlashga to’gri berilgan ta’rifni toping
A) Ijodiy fikrlash bu -yangi g’oyalarni taklif qilish, muqobil imkoniyatlarni yaratishdir.
B) Ijodiy fikrlash bu - foydali g’oyalarni taklif qilish.
C) Ijodiy fikrlash bu-yangi va foydali g’oyalarni taklif qilish, muqobil imkoniyatlarni yaratishdir.
D) Ijodiy fikrlash bu - muqobil imkoniyatlarni yaratishdir.
3. Tanqidiy fikrlash uchun zarur bo’lgan nazariy bilimlardan biri ilmiy usullarga qaysi usullar Kiradi? A) Ichki va tashqi kuzatuv
B) Savol-javob? anketa C) Sabablari va oqibatlarini aniqlash; ehtimolliklar nazariyasi va statistika
D) Kontent analiz.
4. Kreativ fikrlash nima?
A) Kreativ fikrlash - yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo g’oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir.
B) Kreativ fikrlash - bu innovatsion samarali,amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g’oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish
qobiliyatidir.
C) Kreativ fikrlash - bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo...) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g’oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir. D) Kreativ fikrlash - bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo...) va samarali yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga
qaratilgan g’oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir.