O„ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
ОLIY TA‟LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI MAKTABGACHA
TA‟LIM YO
„
NALISHI
206 -GURUH TALABASI
Rajabova Muxlisaning
“Ona tili
” fanidan
MUSTAQIL ISHI
Urganch 2023
O„zbek tilining asosiy imlo qoidalari.
Reja:
1.
Imlo qoidalarining qisqacha mazmuni.
2.
Unlilar imlosi.
3.
Yonma-yon keladigan unlilar imlosi.
4.
Undoshlar imlosi.
5.
Yonma-yon keladigan undoshlar imlosi.
6.
Tutuq belgisining ishlatilish o`rinlari.
Yozuv har bir xalqning ma‘naviy boyligi, yuksak madaniyatga
erishganligining o‗ziga xos ko‗rinishi sanaladi. So‗zlarning
yozilishidagi
barqarorlik
, qat‘iylik millatni yakdillikka, ma‘naviy jipslikka yetaklaydi. Shu
ma‘noda har bir xalq o‗z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga
tatbiq etadi.
Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi.
Davr o‗tishi
bilan u eskirdi
, amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois,
80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi. O‗zbek tiliga
davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo‗lga kiritilishi yangi imlo
qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga
asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib
yubordi. Shu maqsadda O‗zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995-
yilning 24- avgustida 339-sonli «O‗zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash
haqida» qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo‗lib, quyidagi bo‗limlarni o‗z
ichiga oladi:
Harflar imlosi:
unlilar imlosi (1—7-bandlar);
undoshlar imlosi (8—32-bandlar).
Asos va qo‗shimchalar imlosi (33—37-bandlar).
Qo‗shib yozish (38–50-bandlar).
Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar).
Ajratib yozish (57—56-bandlar).
Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar).
Ko‗chirish qoidalari (75—82-bandlar).
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi 12-
chaqiriq 13-sessiyasida lotin yozuviga asoslangan yangi o‗zbek alifbosiga o‗tish
to‗g‗risida qonun qabul qilindi.
Tabiiyki, alifbo yangilangach unga mos yozuv qoidalarini ishlab chiqishga
ham ehtiyoj tug‗iladi. ―O‗zbek tilining (lotin yozuviga asoslangan yangi alifbo
asosidagi) asosiy imlo qoidalari‖ loyihasi 1994-yil 16-aprelda ilk bor Toshkentda
o‗tkazilgan ziyolilar yig‗inida ko‗rib chiqildi. O‗sha davrda ―O‗zbek tilining asosiy
imlo qoidalari‖ loyihasi matbuotda e‘lon qilindi, turli ma‘naviy-ma‘rifiy
yig‗inlarda yurt ziyolilari tomonidan qizg‗in muhokama etildi va bildirilgan jo‗yali
fikr-mulohazalar inobatga olinib, loyiha bir necha bor tahrir qilindi.
1995-yil 24-avgustda Vazirlar Mahkamasining 339-qarori bilan lotin
yozuviga asoslangan ―O‗zbek tilining asosiy imlo qoidalari‖ 7 bo‗lim, 82
moddadan iborat holatda rasmiy tasdiqlandi va keng amaliyot uchun joriy etildi.
Ta‘kidlash joizki, bu o‗zbek xalqining ma‘naviy-ma‘rifiy hayotida o‗ziga
xos hodisa bo‗ldi. Chunki o‗zbek xalqi tarixida bor-yo‗g‗i ikki marta orfografiya
qoidalari qabul qilingan, xolos. Jumladan, 1940-yilning 4-iyulida kirill alifbosi
hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va shu yilning o‗zida ―Birlashgan
o‗zbek alfaviti va orfografiyasi‖ to‗plamida e‘lon qilinadi. Ma‘lumotlarga ko‗ra,
kirill imlo qoidalari bir necha marta qayta ishlangan, 1952-, 1953-, 1955-yillarda
loyiha tarzida besh marta qayta nashr qilingan, nihoyat 1956-yilning 4-aprelida
o‗sha davr hukumati tomonidan kirill alifbosiga asoslangan ―O‗zbek
orfografiyasining asosiy qoidalari‖ tasdiqlangan. Bu qoidalar 72 moddadan iborat
edi. Ta‘kidlash joizki, hozir ham agarda kirill yozuvidan foydalanish zarurati
paydo bo‗lsa, albatta, yozuvimiz shu 72 modda talablariga bo‗ysundirilishi kerak.
Ikkinchi marta esa 1995-yil 24-avgustda Vazirlar Mahkamasining 339-qarori bilan
―Lotin yozuviga asoslangan imlo qoidalari‖ qabul qilindi.
Imlo qoidalari – savodxonligimiz asosidir. Darhaqiqat imlo qoidalarini
yaxshi o`zlashtirmasdan turib savodxonlikka erishib bo`lmaydi. So`z va
morfemalarni to`g`ri yozish uchun ma`lum bir qonun-qoidalarga tayaniladi. Shu
maqsadda imlo qoidalari yaratiladi. Davr talablari asosida imlo qoidalari
takomillashib, o`zgarib boradi. 1930 yilda lotin yozuvi, 1940 yilda kirill yozuvi
uchun imlo qoidalari ishlab chiqilgan. 1956 yil 4 aprelda ―O`zbek
orfografiyasining asosiy qoidalari‖ tasdiqlanib, amalda qo`llanishga joriy qilingan.
Shundan beri o`tgan vaqt davomida ushbu imlo qoidalariga rioya qilib kelindi.
Harflarning imlo qoidalarini tuzishda tovushning fonetik tavsifi hamda
uning ayrim imloviy xususiyatlari e`tiborga olinadi. Masalan, a,o,i,u unlilarining
imlo qoidalarida yuqoridagi har ikki xususiyat o`z ifodasini topgan bo`lsa, o` va e
unlilarining imlo qoidalarida faqat tovushlarning fonetik tavsifi tamoyiliga
asoslanilagan.
Harflar imlosi 1-qoidadan 32-qoidagacha davom etadi. Bunda 1-6-qoidalar
unlilar imlosi, 7-qoida yonma-yon kelgan unlilar imlosi, 8-30-qoidalar undoshlar
imlosi, 31-qoida yonma-yon kelgan undoshlar imlosi va 32-qoida tutuq belgisining
qo`llanishi qoidalaridan iborat.
Dostları ilə paylaş: |