Xo'jalik yurituvchi subyektlar avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo'llanilishi. Buxgalteriya o'tkazmalari jarayoni.
O’zbekiston Resublikasida Buxgalteriya xisobini registirlari ikki yoqlama yozuv qoidalariga muofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, tastiqlangan blankalardir.9 Buxgalteriya xisobinig registirlari deb, boshlang’ich xujjatlarda aks ettirilgan xo’jalik mablag’lari va xo’jalik jarayonining tarkibi va xarakati va ularning tashkil topish manbalarini ixtisodiy mazmuniga qarab guruhlarga bo’lib ro’yxatga olish uchun mo’ljallangan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi. Amaliyotda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda qo‘llanilayotgan axborot tashuvchilarni nomi, shakli, maqsadi, yuritilish tartibi va boshqa jihatlariga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Bosh kitob shakli
2. Jurnal-orderlar
3. Memorial-orderlar
4. Elektron-avtomatlashtirilgan shakl
Bu shakllar bir biri bilan bazi bir xususiyatiga ko’ra farqlanadi:
-Shakldagi registirlar soni, vazifasiga ko’ra.
-Registirlarning tashqi ko’rinishiga ko’ra
-Registirlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko’ra.
-Sintetik va analitik xisob malumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko’ra.
-Yozuvlarning yozish tartibi va texnika vositalarini qo’llash tatibiga ko’ra
Quyidagi buxgalteriya shakllarini alohida, alohida ko’rib chiqich orqali ular xususiyatiga to’xtalib o’tamiz.
Bosh kitob shakli. Buxgalteriya xisobi shakllari vujudga kelishi,qo’llanishi,xisob ishlarini xajmidan,xisob xodimlarini
malakasidan kelib chiqiladi.
Buxgalteriya xisobining bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga to’g’ri keldi va xozirga vaqtida xam kichik firma va korxonalarda foydalanib kelinmoqda. Buxgalteriya xisobining ushbu shakli sintetik scho’tlar xam qo’llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir.
Tabiiyki,kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo’lmaganligi sababli,qo’llaniladigan sintetik scho’tlar miqdori xam kam bo’ladi.
Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, xamda xodimlar soni va faoliyatdan kelib chiqib,tegishli organlar tastiqlagan buxgalteriya xisobi shakllaridan birini tanlaydilar.
Buxgalteriya xisobini bosh daftar shaklini bir oyda xo’jalik jarayonlari 100 tadan oshmagan korxonalar qo’llashi maqsadga muofiqdir. Buxgalteriya xisobining ushbu shaklida dastlabki xisob malumotlari ,,Bosh daftar” deb ataladigan sintetik regisirlarda yuritiladi. Bosh daftarda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda olib boriladi,shuning uchun xam kombinatsalashgan registr xisoblanadi.
Buxgalteriya xisobining bosh daftar shaklida xisob ishlarida qulaylik yaratish maqsadida oy davomida xo’jalik jarayonlari reestrini xam yuritish mumkin. Xo’jalik jarayonlari reestri asosida esa bosh daftar to’ldiriladi.
Daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qulayliklari quyidagiladan iborat:
-yozuvlar aniqligi xisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi;
-xisob ishlari kamayadi;
-qo’llaniladigan registrlar miqdori kamayadi
-sintetik scho’tlar bo’yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat yo’qoladi
-buxgalteriya xodimlarini ortiqcha mehnati kamayadi
-xisob xodimlarinig ortiqcha mehnarini qisqartiradi.
Yuqorida keltirib o’tilgan kamchiliklar bilan bir qatorda buxgalteriya xisobining bosh daftar shaklining kamchiliklari ham mavjud. Bular quyidagilar:
-korxona katta bo’lsa,xisob ishlarini tashkil etish mumkin bo’lmay qoladi
-qo’llaniladigan scho’tlar miqdori ko’payadi,xato yozuvlar aks ettirilishi ehtimolini oshiradi.
-buxgalteriy a xodimlari o’rtasida mehnat taqsimodi oqilona tashkil etilishini taminlaydi
Ammo, yuqorida takidlanganidek, buxgalteriya xisobining Bosh daftar shaklidan kichik korxonalar foydalanishi u yerdagi xisob ishlarini yaxshi olib borilishiga xizmat qiladi.
Bosh daftarda yil boshiga xar bir mablag’ va ular bo’yicha qoldiqlar aks ettirib chiqiladi. Keyin, jarayon mazmuni qatorida oy davomida xronalagik tartibda xar bir dastlabki xujjat asosida xo’jalik jarrayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo’lgan jarayonga taluqli summa ,ikki yoqlama yozuv usuliga ko’ra,korrespondensiyalanuvchi scho’ylar debiti va kreditda yoziladi. Oy oxirida xar bir scho’t bo’yicha debit va kredit oborotlari aniqlandi va jami debit va kredit oborotlari jamlanib,ular tengligini taqqoslash orqali tekshiriladi. Debit va kredit oborotlari yig’indisi tengligi xisob ishlari to’g’ri aks ettirilganligini bildiradi debit va kredit oborotlarida aniqlangan summa o’zaro teng bo’lishi bilan birga ,,Tekshiruv summasi’’ qatoridagi jami summaga xam teng bo’lishi kerak. Shundan so’ng xar bir schot bo’yicha oy oxiriga qoldiq xisoblanib chiqiladi. Oyning oxiriga xisoblangan qoldiq summalari aktiv scho’tlarda debit tomonida, passiv scho’tlarning kredit tomonida aks ettirilib, ularning o’zaro teng bo’lishi shartdir. Shundan so’ng, xar bir schеt bo’yicha oy oxiriga qoldiq xisoblab chiqiladi. Oy oxiriga aniqlangan qoldiq summalar aktiv schеtlarda dеbеt tomonida, passiv schеtlarda krеdit tomonida aks ettirilib, ularning o’zaro tеng bo’lishi shartdir.
So’ngra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona xisoboti tuziladi.
Yuqorida kеltirib o’tilgan, Bosh daftar scho’tini jadval ko’rinishini, kompyutеr sabog’ini yaxshi egallagan xisobchi jadvalli protsеssor «EXCEL»da samarali qo’llashi mumkin.
Buxgaltеriya xisobining jurnal-ordеr shakli. Buxgaltеriya xisobini mеmorial-ordеr shaklida mavjud bo’lgan kamchiliklar, xisob shaklini takomillashtirishni talab etardi. 1940 yillarda buxgaltеriya xisobi shaklini talab darajasiga ko’tarish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida takomillashgan jurnal-ordеr shakli vujudga kеldi. 1949 yilda esa, sobiq SSSR Moliya Vazirligi ilg’or korxonalar buxgaltеriya xisobida tajribadan o’tgan buxgaltеriya xisobi jurnal-ordеr shaklining mе'yoriy xisob rеgistrlarini ishlab chiqdi. Shu xisob rеgistrini jurnal-ordеr dеb atalishi, ular asosida yuritiladigan xisob shaklining xam jurnal-ordеr shakli dеb atalishiga asos bo’ldi.
1960 yil 1 yanvardan qo’llanilayotgan buxgaltеriya xisobining yagona schеtlar rеjasiga muvofiq ravishda buxgaltеriya xisobining jurnal-ordеr shakli namunali ravishda ishlab chiqildi. Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub'еktlar buxgaltеriya xisobi printsiplariga o’zgarishlar kiritildi. Jurnal-ordеr shakliga qadar buxgaltеriya xisobining mеmorial-ordеr shakli qo’llanilib kеlardi.
Buxgaltеriya xisobining Jurnal – ordеr shakli boshlang’ich xo’jalik ma'lumotlarini guruxlab jamlash printsipiga asoslangan. Bu jamlashda buxgaltеriya xisobi xamma bo’limlari bo’yicha xo’jalik mulklari va jarayonlarini sintеtik va analitik xisobi ta'minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |