1. Boshlangich sinflarda matematika ukitish vazifalari. Boshlangich matematika kursining tuzilishi, mazmuni



Yüklə 36,5 Kb.
səhifə2/2
tarix13.05.2023
ölçüsü36,5 Kb.
#112982
1   2
1452435216 63385

O‘quvchilarni matematika kursini o‘rganishga tayyorlash.
I–IV sinflarda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo‘yicha qanday darajada tayyorgarligi borligiga bog‘liq.
Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o‘quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o‘quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O‘qituvchi quyidagi tartibda o‘quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi:
1. Nechagacha sanashni biladi?
2. Nechagacha sonlarni qo‘shishni biladi?
3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?.
4. >, <, = belgilarini ishlata oladimi?
5. Noma’lumlar bilan berilgan qo‘shish va ayirishda bu noma’lumlarni topa oladimi?
6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi?
7. Nechagacha sonlarni yoza oladi?
8. O‘ngga, chapga, kam, ko‘p, og‘ir, engil, teng kabilarni farqlay oladimi?
9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og‘irlik o‘lchov birliklari bilan muomala qila oladimi?
Bolalarni o‘qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday ishlar o‘quvchilarnig og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.
Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin