1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari


Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari



Yüklə 46,4 Kb.
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü46,4 Kb.
#182124
1   2   3   4   5
Boshqaruv hisobining nazariy asoslari

2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari

Хo’jalik yurituvchi subyekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil qilayotganda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarni umumiy schyotlar rejasidan ajratishni taqozo qiladi. Demak, boshqaruv hisobini yuritish uchun ayrim schyotlarning rejasini tuzish yoki umumiy rejadan tegishli schyotlarni ajratib olish lozim. O’zbekistonda ikkinchi usul, ya’ni tegishli schyotlarni schyotlar rejasidan ajratib olish orqali boshqaruv hisobi yuritilyapti. Boshqaruv hisobi schyotlarini ajratib olgan holda yuritish natijasida:


a) boshqaruv tarkiblarini axborotlar bilan ta’minlashni yaxshilashga olib kelmoqda;
b) ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi to’g’risidagi tijorat sirini saqlashga yordam bermoqda;
v) ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning rentabellik darajasini sir saqlashga yordam bermoqda.
Boshqaruv hisobini tashkil qilishning turlari va uning moliyaviy hisob bilan o’zaro aloqasi, ya’ni mustaqil (avtonom), integratsiyalashgan buxgalteriya hisobi usullari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur o’rganilmoqda va amaliyotda qo’llashga taklif qilinmoqda.
Buxgalteriya hisobining mustaqil (avtonom) variantida moliyaviy va boshqaruv hisob tizimi yopiq hisoblanadi. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlari bo’yicha guruhlashtirilsa, boshqaruv hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo’yicha turkumlashtiriladi. Ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun mustaqil schyotlarning kodi tanlab olinadi. Ular ekran-schyotlar, tranzit yoki oyna schyotlar deb ham yuritiladi. Chunki sarflangan xarajatlar ushbu schyotlarda o’zlarining aksini ko’radilar. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriya esa ushbu xarajatlarning sodir bo’lgan joylarini aks ettirmaydi va tayyor mahsulotlar bo’yicha sarflangan umumiy xarajatlarnigina aks ettirgan axborotlarni beradi. Shuning uchun ham moliyaviy hisobda faqatgina sarflarning umumiy miqdorini olish mumkin.
Boshqaruv hisobi esa ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini bo’laklarga ajratadi, ya’ni sarflangan tovar-moddiy zaxiralari, mehnat sarflari, asosiy vositalarning eskirishi, ijara to’lovlari, yonilg’i, suv, energiya sarflari qayerlarga sarflanganiga qarab ayrim olingan holda ko’rsatiladi.
Shu bilan bir qatorda mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan daromadlar turlari bo’yicha moliyaviy hisobda ham, boshqaruv hisobida ham ko’rsatiladi.



Yüklə 46,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin