MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNALOGIYALAR YO‘NALISHI
1. Schyotlar tizimi haqida tushuncha. 2. Schyotlar tizimi va balans o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik. 3. Tahliliy schyotlarga misollar Mavzu: Schyotlar tizimi va balans o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik.
Reja: Korxonalar faoliyati hisobini yuritish zaruriyatida korxonaning xo‘jalik jarayonlari natijasida doimo tarkibiy va miqdoriy jihatdan o‘zgarib boradigan xo‘jalik mablag‘lari haqida har doimo ma’lumotga ega bo‘lib turish talab etiladi. Bu talabni bajarish uchun esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarni hisobda guruhlab borish va tezkor nazorat o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Buning uchun buxgalteriya hisobi elementlaridan biri schyotlar tizimidan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining harakati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish uchun har bir mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari alohida-alohida raqamlar bilan belgilanadi. Mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari uchun belgi- langan raqamlar buxgalteriya schyotlari deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki tomoni bo‘lib, bir tomoni «Debet», ikkinchi tomoni tomoni «Kredit» deb yuritiladi.
Qadimiy savdo kitoblarida schyotning «Debet» tomonida kirim, «Kredit» tomonida chiqim ko‘rsatilgan. Hozirda ham bu ma’no qisman saqlanib qolgan.
Bu schyotlar xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manba- larining harakatini hisobga olish ishlarini osonlashtirish va ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishda ham qo‘l keladi. Masalan, buxgalteriya hisobi tizimida «Xomashyo va materiallar» so‘zi o‘rnida — 1010, «Kassa» so‘zi o‘rnida — 5010, «Asosiy ishlab chiqarish» so‘zi o‘rnida — 2010, «Tayyor mahsulot» so‘zi o‘rnida — 2810 kabi raqamlardan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi schyotlari raqami bir davlatda bir xil qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xilligini ta’minlash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining 21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli standart qabul qilingan. Ushbu standartdagi schyotlar yig‘indisiga «Buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi» deyiladi.
Debet Kretid Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini va ularning tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o‘zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.
Korxona faoliyatida yoppasiga, uzluksiz hisob qilib borilar ekan, korxona barcha mulkini o‘rganib, ularning xususiyatlarini yaxshilab anglab yetmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi to‘liq yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlashtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schyotlar rejasi ishlab chiqilgan. Shuni nazarda tutmoq kerakki, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi zaruriy hol bo‘lganidek, schyotlarning yangi rejasini ishlab chiqish ham zarur bo‘lib qoldi va schyotlarning yangi rejasi korxonalar moliya xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobida qo‘llanilib kelmoqda.
Schyotlar rejasi 6 qism va 9 bo‘limdan iborat. Schyotlar rejasining qismlari quyidagilardir:
Schyotlar rejasidagi bo‘limlar quyidagicha nomlangan:
Schyotlar rejasini bilish nafaqat buxgalterlar, balki auditorlar, soliqchilar qisman tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, ta’sischilar) uchun ham kerakdir.
Schyotlarning tuzilishi. Schyotlar ikkiga ajratiladi: Aktiv schyotlar — xo‘jalik mablag‘larini aks ettiruvchi schyotlar. Passiv schyotlar — xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini aks ettiruvchi schyotlar.
Aktiv va passiv schyotlarning tuzilishi quyidagi sxema orqali aks ettirilgan:
D" + Aktiv K - D - Passiv K + Yuqorida ko‘rinib turganidek, har ikkala turdagi schyotlarning ham debet va kredit tomonlari mavjud. Farq shundaki, aktiv schyotlarning debetida ko‘payish, kredit tomonida esa kamayish aks ettiriladi.
Aktiv schyotlarda debet oborot oy davomida mablag‘larning kiri- mini, kredit oboroti esa mablag‘lar oy davomida kamayishini bildiradi.
Passiv schyotlardagi debet oborot oy davomida mablag‘ tashkil topish manbasi kamayishini, kredit oborot esa oy davomidagi manba ko‘payishini bildiradi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari doimo bosh qoldiq bilan boshlanib, oxirgi qoldiq bilan yakunlanadi. Ba’zi bir yig‘ib taqsimlovchi yoki tranzit schyotlarda bosh qoldiq ham, oxirgi qoldiq ham bo‘lmaydi. Chunki ular oy boshiga ochilib, oy oxirida yopiladi. Aktiv schyotlardagi oy oxiriga qoldiqni aniqlash uchun, oy boshiga qoldiq summaga debet oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish orqali topiladi:
DT oq. = DT bq. + DT ob. - K ob
bunda, DT oq. — debet oxirgi qoldiq; DT bq. — debet boshlang‘ich qoldiq; DT ob. — debet oborot; K ob. — kredit oborot.
Buni chizma ko‘rinishida quyidagicha aks ettirish mumkin:
Korxona kassasidagi naqd pul oy boshida 400 so‘m bo‘lgan, oy davomida esa 500.000 kirim bo‘ldi, oy davomida sarflangan naqd pullar 500200 sumni tashkil etdi. Demak, oy oxiriga 200 so‘m naqd pul kassada qoldi.
Xuddi shunday tuzilish passiv schyotlarda ham ko‘zga tashlanadi.
Korxonaning xodimlar oldida mehnat haqi yuzasidan 40.000 so‘m qarzi mavjud edi, oy davomida esa 600.000 so‘mlik mehnat haqi yuzasidan majburiyat ko‘paydi. Xodimlar oyligidan ushlangan summalar va to‘langan summalar oy davomida 640.000 so‘mni tashkil etdi.
Demak, oy oxiriga korxonaning xodimlar oldida qarzi qolmadi, ya’ni
KJ oq. = K bq. + K ob. - DT ob.
0 = 40000+600000-640000
Materi tahliliy schyotlari