1 Boshqaruv strukturasi, boshqaruv bo’g’ini va boshqaruv bosqichi



Yüklə 19,8 Kb.
səhifə1/2
tarix25.03.2023
ölçüsü19,8 Kb.
#90048
  1   2
26 var


1
Boshqaruv strukturasi, boshqaruv bo’g’ini va boshqaruv bosqichi
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq strukturasini vujudga keltirish tadbirkor hal etishi kerak bo’lgan muhim vazifalardan biridir.
Korxonaning boshqaruv strukturasi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalirni bajaruvchi, bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
Boshqaruv strukturasi ishlab chiqarish strukturasi deb ham yuritiladi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi hamda xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo’linmalar yig’indisi, ularninng tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi.
Boshqaruvning maqsadi, funktsiyasi, vazifasi, ob’ekti va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi. Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqaruv organlari boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.
Boshqaruv bo’g’ini – bu boshqaruvning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil bo’limlardir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega bo’ladi.
Boshqaruv bosqichi – bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’g’indir. Masalan:
Vazirlik → birlashma → korxona → tsex → uchastka
Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi bo’g’inning yuqori bo’g’iniga izchillik bilan bo’ysunishini ko’rsatadi. Bu vertikal bo’yicha bo’linishdir.
Barcha bo’g’in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o’zaro bo’ysunish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo’g’inining huquq hamda burchlari, ular o’rtasidagi munosabatlar boshqaruv tizimini tashkil qiladi.
Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo’lish mumkin: butun tarmoqni boshqarish; har bir tarmoq tasarrufidagi korxonalarni boshqarish; korxonalar ichidagi bo’limlarni boshqarish va h.k.
2
Tashkiliy-ma'muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o’rin tutadi.

Bu usullarga:

- boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish;

- har bir boshqaruv bo’g’inining funktsiyalarini belgilash;

- kadrlarni to’g’ri tanlash;

- buyruklar, farmoyishlar va qo’llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini

nazorat qilish;

- topshiriqlar va direktiv ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga

nisbatan majburiy choralarni qo’llash kiradi. Tashkiliy-ma'muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning

bo’ysunishiga asoslanadi. SHuning uchun ularni ko’pincha ma'muriy usullar deb

yuritiladi. Yuqori ma'muriy organlar boshqariluvchi ob'ektning bajarishi majburiy

bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek bo’ysunuvchi organlarga

farmoyishlar beradi.

Tashkiliy usullar shu yo’l bilan boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning

tarkib topishiga yordam beradi. Bu uslublar boshqarish funktsiyalari bajarilishining:
 tashkiliy barqarorligini;
 intizomliligini;
 muvofiqliligini;
 uzluksizligini ta'minlaydi.

Tashkiliy-ma'muriy usullar boshqaruv organlarining o’zaro aloqada

ishlashini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi ob'ektlarga

ma'muriy ta'sir ko’rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi.

Shu bilan birga, ma'muriy yoki to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv usuli xo’jalik

yurituvchi sub'ektning tanlash erkinligini cheklab qo’yadi, muayyan huquqiy

chegaralarini belgilaydi. O’z mohiyatiga ko’ra ma'muriy boshqarish bozorga xos

bo’lgan tartibga solish harakatiga to’sqinlik qiladi.

Biroq, rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma'muriy usullari o’z

ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo’lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, bozor

iktisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ma'muriy usullar vositasida

monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi. Davlat bozorning

monopollashtirilishiga to’sqinlik qiladigan ma'muriy cheklovlar tizimini belgilaydi,

monopol kompaniyalar faoliyatini direktiv yo’sinda boshqaradi.

Ma'muriy usullardan;
 iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish;
 atrof-muhitni muhofaza qilish;
 xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish chiqitlarini

chiqarib tashlashni ta'qiqlash;
 odamlar sog’lig’iga zararli mahsulotni reklama qilishni ta'qiqlash kabi

sohalarda faol foydalaniladi
3
Korxonaning va milliy iqtisodiyotning iqtisodiy samaradorligi ko'rsatkichlarining to'liq mos kelishini talab qilishning iloji yo'q, xuddi shu kabi uning qismlarini umumlashtirib, milliy iqtisodiyotning umumiy darajasini baholash mumkin emas.
Shuning uchun samaradorlikni hisoblashning optimal usulini tanlashda quyidagi muhim jihatlarni hisobga olish kerak:


  • maqsadga yo'naltirish xususiyati boshqaruv qarorlari;


  • hisob-kitoblarda talab qilinadigan spetsifikatsiya darajasi;


  • olingan baholarni iqtisodiy samaradorlikning asosiy normasi bilan taqqoslash;


  • rejalashtirilgan iqtisodiy-iqtisodiy tadbirning mahsulot aylanishining to'liq davrida tutgan o'rni va uni amalga oshirishda ishtirok etadigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy manfaatlari sohasidagi kutilayotgan natijalar, xarajatlarning o'rni.




Iqtisodiy qarorlarning har xil toifalari va turlarining xilma-xilligi bilan amalda faqat ikkita tubdan optimallashtirish usullari nazarda tutilgan:


  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin