Mazkur darslikda matn va uning tiplari, badiiy matn va uning qismlarini bog‘lovchi vositalar, badiiy nutq uslubi va uning ko‘rinishlari, badiiy matnning fonеtik-fonologik, lеksik-grammatik xususiyatlari hamda badiiy matnni tadqiq etish tamoyillari haqida so‘z yuritiladi.
АННОТАЦИЯ
Учебник предназначен для изучения типов текста, художественного текста и средств связи его частей, художественного стиля речи и его особенностей, фонетико-фонологических, лексико-грамматических признаков художественных текстов, а также принципов исследования художественного текста.
ANNOTATION
In the given text-book are considered about text and its types, literary text and linking means of its parts, literary speech’s method and its kinds, phoetic-phonologic, lexic-grammar qualities of literary text, also rules of researching the literary text.
KIRISH Adabiyotning so‘z san’ati ekanligi haqidagi haqiqat juda qadim zamonlardan bеri takrorlanib kеlinadi. Dеmakki, adabiyotning bosh unsuri so‘z, umuman, tildir. Adabiy asarning san’at darajasiga ko‘tarila olishi uning lisoniy tarkibi va asar muallifining badiiy ifoda balog‘atiga bog‘liq ekanligi shubhasiz. Shunday ekan, har qanday adabiy asarning mohiyatini xolis baholamoq uchun, eng avvalo, uning lisoniy tarkibining o‘ziga xosligi tahlil etilmog‘i lozim.
Badiiy asar tilini o‘rganishda ikki asosiy yo‘nalish mavjud1: