1. Bosma va ommaviy axborot vositalari. Aholining axborotga bo`lgan ehtiyoji


Media va axborotni yaratish hamda undan foydalanish



Yüklə 38,06 Kb.
səhifə4/4
tarix25.12.2023
ölçüsü38,06 Kb.
#194762
1   2   3   4
2-mavzu jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja B-fayllar.org

Media va axborotni yaratish hamda undan foydalanish 
MAS yosh jurnalistlarni media va axborot platformalari bilan o’zaro
munosabatga kirishish, kasbiy muloqot hamda kontentni tayyorlash bo’yicha zarur
kompetensiyalar bilan ta’minlaydi. Ushbu ko’nikma va qobiliyatlar sirasiga
xalqaro standartlar va madaniyatlararo bag’rikenglikni e’tiborga olgan holda media
va axborot axloq-odobi tamoyillarini o’zlashtirish kiradi.


MAS materiallari va vositalarini saralash, moslashtirish va/yoki yaratish


qobiliyati jurnalist uchun zarur bo’lgan ko’nikmadir. OAVning bo’lajak
mutaxassisida mustaqil ravishda mediaresurslar yaratish ko’nikmasi shakllanishi
ham juda muhim, chunki bu narsa uni mediatadqiqotlar olib borishga undaydi va
kasbi doirasida tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi.
Foydalanuvchi kontenti ham yangi, ham an’anaviy medialarga diqqatni jalb
etishning asosiy omili bo’lib bormoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarning boshqa foydalanuvchilari bilan o’zaro munosabatga
kirishish yoshlarning Internetni turli platformalarda qo’llashga undovchi asosiy
sabablardan biriga aylanmoqda. SHu ma’noda O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar va
boshqa mobil media imkoniyatlarini fuqarolarning jamiyat hayotida hamda millat
taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy va siyosiy masalalar yuzasidan
ijtimoiy muloqot-munozaralarda faol ishtirok etishini ta’minlash nuqtai nazaridan
yanada faollashtirish zarur.
MAS bo’lg’usi jurnalistlarga izchillik bilan jamiyatda media va axborot
savodxonligini keng targ’ib qiluvchi kuchga aylanish imkoniyatini yaratadi.
Amerika Qo’shma SHtatlari dunyodagi eng erkin matbuotga ega
mamlakatlardan biridir. Matbuot boshqa rivojlangan davlatlarga qaraganda,
qonuniy yoki hukumat tomonidan o’tkaziladigan turli ta’sirlar va cheklashlardan
nisbatan holi. Eng muhim kafolat esa AQSH



Konstitutsiyasiga kiritligan birinchi qo’shimcha hisoblanadi. “Birinchi


qo’shimcha”da shunday deyiladi: ”Kongress... so’z va matbuot erkinligini
cheklovchi qonunlar qabul qila olmaydi...”. Bunga qo’shimcha tarzda SHtatlar
hukumatlariga «biror-bir odamga zaruriy qonun ijro etilishida rad qilishni» man
etadigan AQSH Konstitutsiyasiga 14 – o’zgartirish qo’llaniladi.
“Fuqorolik va siyosiy institutlarimizning umrboqiyligi so’z erkinligi bilan
bog’liqdir...”. AQSH inson huquqlari to’g’risida xalqaro kelishuvlarning
ayrimlarigagina a’zo bo’lgan.
SHulardan biri “Fuqarolik va siyosiy huquqlar xalqaro Pakti”ga 1992 yilda AQSH
hukumati qo’l qo’yar ekan, Pakt mamlakat hududida to’g’ridan-to’g’ri ta’sir
kuchiga ega emsaligini va 20 – moddaga (urush va nafratni targ’ib qilish
to’g’risida) nisbatan AQSH qonunchiligida qabul qilingan va juda katta so’z
erkinligini ta’minlaydigan me’yorlar asosida ish ko’rish to’g’risidagi istesnoni
kiritib ketgan.
Buyuk Britaniyada hujjat sifatida qabul qilingan Konstitutsiyaning yo’qligi
sababli, so’z erkinligini qonuniy ta’minlaydigan kafolatlar ham mavjud emas. 1688
yilda huquq to’g’risida qabul qilingan Bill” so’z erkinligi va parlamanet ishining
borishi to’g’risidagi debatlar sudlarni hech qanday shubhaga qo’ymasligi, hamda
parlament devoridan boshqa har qanday joyda bo’linishini” tantalanali ta’kidlagan.
Bu o’sha paytda matbuot uchun imtiyozli huquq vazifasini o’tagan.
Mamlakat to’rtta mustaqil davlatlar birligidan, ya’ni Angliya, Uels, SHimoliy
Irlandiya va SHotlandiyadan tashkil topgan. Buyuk Britaniyada Konstitutsiya qabul
qilinmagan, yuqorida zikr etilgan mustaqil davlatlar Buyuk Britaniya parlamentiga
bo’ysunsalar-da, o’z boshqarish tizimlarga ega. Mamlakat qonunchiligida Doktrina
muhim ahamiyatga ega. Doktrina - mamlakat qiroli va qirolichasining amr va
farmonlariga asoslangan qonuniy hujjatdir.
Buyuk Britaniyada axborot erkinligi to’g’risida qonun yo’q. Hukumat tomonidan
qabul qilingan qarorlar maxfiy parda bilan yashiriladi. 1989 yilda qabul qilingan
“Davlat sirlari to’g’risida”gi qonunga muvofiq davlat sirlarini oshkor etishga
nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan. Unda matbuot uchun nima mumkinligi va
nima mumkin emasligini bilib olish mumkin. Qonun 1911 yilda ishlab chiqilgan
bo’lib 1989 yilda o’zgartirishlar kiritilgan holda qabul qilindi. Qonunga muvofiq



quydagilar davlat sirlariga kiritiladi:


1.
Xavfsizlik xizmatlari ma’lumotlari va ilm-fanga oid kashfiyotlar;
2.
Mudofaa ma’lumotlari;
3.
Xalqaro aloqalarga oid ma’lumotlar;
4.
Milliy xavfsizlikka daxldor jinoyat va tergov ishlari;
5.
Davlatlar o’rtasida o’zaro ishonch asosida almashilgan ma’lumotlar;
6.
Boshqa bir davlat yoki tashkilotga bildirilmagan, ishonch asosida
olingan yoki ularga berilgan ma’lumotlar.
GFRda 1949 yilda Konstitutsiya qabul qilingan qonuni mavjud bo’lib, uning 5-
moddasida so’z va nashr erkinligi, shuningdek barcha axborot manbaalaridan
ma’lumot olish kafolatlanadi. senzuraga yo’l qo’yilmaydi.
Germaniya aholisida o’zaro raqobatchi OAVlar orasida istaganini tanlash
imkoniyati bor. 1995 yilning oxirlariga kelib germaniyada faqatgina kundalik
matbuotning sotuv hajmi kuniga 25 mil. atrofidagi nusxani tashkil etdi. Hozirgi
kunda kelib esa 32 mil. nushani tashkil etadi.
Xulosa Mazkur majmuada Internet makonida uchraydigan xavf-xatar, tahdidlar
va tahlikalar haqida so‘z yuritilgani oqibatida, o‘quvchida Internetning zararli va
buzg‘unchi vosita ekanligi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘onishi ehtimoli ham
mavjud. Aslida esa, unday emas. Internetda juda ko‘p foydali, ma’rifiy va qiziqarli
axborotlar mavjud bo‘lib, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalangan shaxsda turli
sohalar bo‘yicha bilimi oshib boradi. Ota-onalarning vazifasi «virtual olamning»
barcha ijobiy jihatlari bilan farzandlarini tanishtirish va o‘rgatib borish hisoblanadi.
Buning uchun barcha axborotlarni ota-onalar, avvalo, chuqur tekshirishi va buni
farzandlariga ham o‘rgatishi, ularni chinakam ulkan ilm va yuksak san’at
namunalari bilan tanishtirib, ularda dunyo qiyofasiga mos bo‘lgan qadriyatlar
tizimini shakllantirishi lozim bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, yosh
foydalanuvchilarda Internet-madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish o‘ta
muhim ahamiyat kasb etadi.



Insonda moddiy va ma’naviy ehtiyojlar muttasil yuksalib boradi. Bir


ehtiyojning qondirilishi bilan undanda yuksakroq yangi ehtiyoj tug’iladi.
Avvalgidan yaxshiroq, qulayroq, go’zalroq buyumni va san’at asarini yaratishga
intilish, oldingisidan teranroq, aniqroq bilimni egallashga, mukammalroq
texnikaviy asbob-uskunalarni ixtiro qilishga urinish, turmush darajasini yanada
yaxshilash va farovonlashtirishga intilish – insonga xos xususiyatdir. Bu tabiiy
ravishda tug’iladigan ijtimoiy ehtiyoj tufayli kishilar rivojlanadilar.

http://fayllar.org



Yüklə 38,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin