1-bosqich 612. 19-guruh talabasi Akbarova Mohigulning fizika fanidan “


Crocodile Technology dasturiy haqida



Yüklə 414,19 Kb.
səhifə4/5
tarix03.02.2023
ölçüsü414,19 Kb.
#82527
1   2   3   4   5
m ish fizika

Crocodile Technology dasturiy haqida
Bu dasturdan o‘rta maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari, litsey, kollej talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o‘qituvchilari «Elektr», “Elektrotexnika”, “Sxemotexnika”, “Elektr zanjirlar nazariyasi“ fanlarida qo‘shimcha pedagogik dastariy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin.

8-rasm.
Dastur elektron konstruktor bo‘lib, u monitor ekranida elektr sxemalarini yig‘ish jarayonini xuddi haqiqiy tajribadagi singari imitatsiya qilish, elektr kattaliklarni multimetrda (3 o‘lchovli), ampermetr va voltmetrlarda o‘lchash imkoniyatini beradi.

9-rasm.
Masalan, dasturda: Mikroprotsessorlarni dasturlash va robototexnikaga oid modellarning 3D ko‘rinishda simulyasiyalashtirish mumkin. Konstruktor detallarining tasviri va o‘lchov asboblarining sxematik va haqiqiy ko‘rinishda berilgan; Qarshilikdan oqib o‘tayotgan tok quvvatining qiymati berilgan nominaldan ortib ketsa, qarshilik (portlab) kuyadi, bu esa ekranda uning rangi o‘zgarib qoraygan detalь ko‘rinishiga o‘tishi bilan ko‘rsatiladi;
Lampochka va elektr isitgich asboblari quvvatning nominal qiymatida yorqinlashadi, agar ulardagi quvvat ishchi qiymatidan ortib ketsa kuyadi va bu asbob ekranda qorayib qoladi. Xuddi shuningdek ekranda boshqa detallardagi fizikaviy kattaliklarning o‘zgarishi imitatsiya qilinadi;
Ko‘pgina jarayonlar va ularning natijalari tovushli effektlar orqali ifodalanadi. Bularning barchasi, talaba o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolarini ko‘rishi, muvaffaqiyatsiz bajarilgan tajribaning sabablarini aniqlashni o‘rganishi va elektr sxemalarini tajribani haqiqiy qurilmalarda bajarishdan oldin tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini beradi.
Bu dastur, kasbi kim bo‘lishidan qat’i nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o‘rgatadi.
Dastur imkoniyatlari juda keng bo‘lib, undan amaliy mashg‘ulotlarda (ya’ni masalalar echishda) ayniqsa, virtual laboratoriya ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin.

Yüklə 414,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin