1-mavzu. Berilganlarni intellektual tahlili.
Asosiy savollar
1.
Berilganlarni intellektual tahliliga
kirish
O’tgan asrning 60-yillardan beri, yani elektron hisoblash mashinalarini yuzaga
kelishi va turli sohalarga tadbiqi rivojlanish davridan Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) oddiy fayllarni qayta ishlash tizimlaridan murakkab, kuchli
berilganlar bazasini (BB) boshqarish tizimlariga bosqichma-bosqich rivojlandi. 1970-
yillardan beri berilganlar bazasini o'rganish dastlabki ierarxik va tarmoqli berilganlar
bazalaridan relyatsion berilganlar bazasini boshqarish tizimlariga (BBBT),
berilganlarni
modellashtirish vositalariga, indekslash va berilganlarni tashkil qilish
masalalariga o'tdi. Foydalanuvchilar so'rovlar tillari (masalan, SQL),
foydalanuvchi
interfeyslari
, tranzaktsiyalarni boshqarish va boshqalar yordamida berilganlarga
murojaat qilishning moslashuvchan va qulay interfeysga ega bo'lishdi. Bunday
tizimlarga qo'yiladigan asosiy talablar tranzaksiya va barcha o'zgarishlarning
samaradorligini ta'minlash edi.
1980-yillarning oʻrtalaridan boshlab berilganlar bazasi texnologiyasi ommalashtirish,
keng qoʻllash
va yangi, tobora kuchayib borayotgan BBBTlarda tadqiqot ishlarini
jamlash bilan tavsiflanadi. Ob'ektga yo'naltirilgan, ob'ektli relatsion, deduktiv modellar
kabi
yangi
berilganlar
modellari
paydo
bo'ldi.
Har xil mavzuga yo'naltirilgan berilganlar bazalari va berilganlar bazalari
(fazoviy,
vaqtinchalik
, multimedia, ilmiy va boshqalar) mavjud edi.
Onlayn
tranzaksiyani qayta ishlashning samarali usullari (
on-line transaction processing –
OLTP
) katta hajmdagi tizimli ma'lumotlarni samarali saqlash, qidirish va
boshqarishning asosiy universal vositalaridan biri sifatida relyatsion texnologiyaning
rivojlanishi
va
keng
qo'llanilishiga
katta
hissa
qo'shdi.
Internetning rivojlanishi bilan taqsimlangan berilganlar bazalarini yaratish va
taqsimlangan global axborot tizimlarini yaratish masalalari ham rivojlandi.
Turli
berilganlarni
shakllantirish
va
arxivlash
zarurati
keskin
oshdi
,
natijada
mashtablanuvchi dasturiy-apparat majmualar, qimmatbaho kuchli va arzon
foydalanuvchi kompyuterlari va berilganlarni saqlash qurilmalari rivojlandi.
Bularning barchasi AKT sanoatining jadal rivojlanishiga hissa qo'shdi va sezilarli katta
hajmdagi turli toifadagi ma’lumotlarni saqlash uchun ulkan sondagi berilganlarga
murojaat qilish va ulardagi tranzaktsiyalarni boshqarish imkoniyatini berdi.
Shu
bilan birga, mavjud berilganlarni turli vaqtli aspektda tahlil
qilish zarurati ortib
bordi
, turli registratsiya qilingan BBgan olingan juda katta hajmdagi berilganlarga
ishlob berish sharti bilan yuzaga keluvchi turli so'rovlarni
yaratish zarurati paydo
bo’ldi. Ushbu vazifalar uchun an'anaviy registratsiya qiluvchi tizimlari va BBlaridan
foydalanish
juda
qiyinchiliklarni
yuzaga
keltirdi.
Ushbu ehtiyojga javob BBlarini tashkil qilishning yangi texnologiyasining paydo
bo'lishi bo'ldi – berilganlarni dastlabki ishlov berish va integratsiyalashni, shuningdek,
onlayn tahliliy ishlov berish (English
On-Line Analytical Processing
, OLAP) taqoza
etuvchi berilganlar saqlagichi texnologiyasi (Data Warehouse) yuzaga kelishiga sabab
bo’ldi.
Berilganlarni tahlil qilish vositasining yaqqol foydaliligiga qaramay, u yaxshi
normallashgan jadval berilganlariga mo’ljallangan bo’lib,
unda klassifikatsiyalash,
klasterlash,
regression tahlil
, modellashtirish bir qator berilganlarga ma'lumotlarni
tasniflash, modellashtirish, prognozlash va ko’p o’chamli berilganlarni interpretatsiya
qilish kabi bir qator qo'shimcha analitik vositalardan foydalanish ko’zda tutilmagan.
To'plangan va to'ldiriladigan berilganlar arxivlarining tez o'sib borayotgan hajmi
(avtomatik
ravishda
, ilgari bo'lgani kabi odamlar tomonidan emas), hanuzgacha
insonning amaliy foydali ishlov berish qobiliyatidan sezilarli darajada oshadi.
Shu sababli, so'nggi yillarda mavjud berilganlardan bilimlarni izlash va ajratib olish
usullarini ishlab chiqishga qaratilgan va ular asosida aniq, yuqori darajada asoslangan,
amaliy jihatdan foydali
boshqaruv qarorlarni
qabul qilish imkon beruvchi
Data
Mining
(berilganlarni intellectual tahlili) sohasi yuzaga keldi.