1. Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning mohiyati


Bozor iqtisodiyotida sug‘urtaning roli



Yüklə 269,8 Kb.
səhifə6/7
tarix03.05.2023
ölçüsü269,8 Kb.
#106629
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi vanihoyat

4. Bozor iqtisodiyotida sug‘urtaning roli
Bozor iqtisodiyotiga xos bo'lgan unsurlardan biri sug'urta bo'lib, u ishlab chiqarishning uzluksizligini ta'minlash va aholini ko'ngilsiz hodisalardan himoya qilishda muhim rol o'ynaydi. Sug‘urtaning asl maqsadi tabiiy ofatlar hamda tasodifiy hodisalar natijasida xo'jalik subyektlari va aholining ko'radigan zararini to‘la yoki qisman qoplashdir. Inson yashashi uchun moddiy ne'matlar yaratishi lozim. Jamiyat iste'mol qilishni to'xtata olmaganidek, ishlab chiqarishni ham inkor qilolmaydi. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda jamiyat hayotining moddiy asosi ishlab chiqarish bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Lekin ishlab chiqarishning uzluksizligiga tabiiy ofatlar, favqulodda hodisalar salbiy ta'sir ko'rsatadi, uning hajmini kamaytirib, mahsulotning son va sifat darajasini pasaytirib yuboradi. Ishlab chiqarishning uzluksizligini ta'minlash uchun esa yetkazilgan talafot o'rnini to'ldirish, fuqarolarga esa zarar oqibatlarini tugatishda yordam berish zarur. Buning uchun tashqaridan, birinchi navbatda, pulli yordam tashkil qilish kerak bo'ladi. Mana shunday pulli yordamning moliyaviy manbayi sifatida sug‘urta jamg'armalari tashkil etiladi. Ular, asosan, sug'urtalanuvchilarning badallari asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi va moliya bozorida ham davlat monopoliyasining tugatilishi oqibatida mamlakatimizda turli mulkchilik shakllariga asoslangan sug'urta kompaniyalari vujudga keldi. Mamlakat Oliy Majlisi tomonidan sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun qabul qilindi. Bozor munosabatlarini to‘laqonli amal qilishiga ko‘maklashuvchi sug‘urta infratuzilmasini shakllantirish va tako- miilashtirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda 0‘zbekiston Respublikasi Davlat sug'urta boshqarmasi bilan bir qatorda, „Madad“ sug'urta agentligi va 60 ga yaqin tijorat asosida faoliyat yurituvchi sug‘urta tashkilotlari amaliy faoliyat ko'rsatmoqdalar.5
6
(2-rasm)
Sug'urtaga 0‘zbekiston Respublikasining „Sug‘urta to‘g‘risida“gi Qonunida quyidagicha ta'rif beriladi: Sug‘urta — inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo‘ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talafotlami jismoniy va yuridik shaxslar to'Iagan sug'urta badallari sug'urta pulidan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to‘liq va qisman qoplash yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug'urtalanishini ta'minlashga doir munosabatlar demakdir. Bu ta'rifdan ko'rinib turibdiki, tabiiy ofatlar va ko'ngilsiz hodisalardan keltirilgan zararlarni qoplash uchun pul jamg'armalarini tashkil qilish sug'urta tizimining amal qilishi uchun muhim ahamiyatga egadir. Jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan shakllanadigan bu jamg'armalarni hosil qilishda sug‘urta tashkilotlari bilan sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida munosabat yuzaga keladi. O‘zbekiston sharoitida bu munosabat yuzlab sug‘urta tashkilotlari bilan minglab korxona va tashkilotlar, fuqarolar o'rtasida shakllanadi. Ko‘rsatilgan shaxslar to'Iagan badallaridan yuzaga keladigan pul jamg'armalari ulkan miqdorlarni tashkil qiladi. Jamg‘arma hosil bo‘lganidan keyin uning hisobidan ko'rilgan zararlar qoplanadi. Sug‘urta tashkiloti zarar miqdoriga qarab mablag’ ajratadi. Sug‘urtalanuvchi bu mablag'lar hisobidan zararlarni va ularning oqibatlarini tugatishga harakat qiladi, sug'urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar o'rtasidagi bu munosabatlar, asosan, kredit muassasalari orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta munosabatlarini shakllantirish va ularni takomillashtira borish har qanday davlatning ham muhim vazifalari qatoriga kiradi. Chunki, odamlarning ishlab chiqarish faoliyati rivojlana borgani sari turli tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, qurg'oqchilik va boshqalar) bilan bir qatorda inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatarlar (yong‘in, portlash, Orol dengizining qurib qolishi kabi holatlar) ko'paysa ko'payadiki, ammo kamaymaydi. Bulardan zarar ko'ruvchi korxonalar, firmalar va aholini iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quwatlash uchun, albatta, sug'urta agentliklari va tashkilotlarining yordami zarur bo‘ladi. Sug’urtaning yana bir xususiyati uning vaqt tushunchasi bilan bog’liqligidir. Majburiy sug'urta bir necha o‘n yilga mo’ljallab, shuningdek, ma’lum yoshga yetgunga qadar tuziladi. Shu bilan birga, bir yillik, hatto, choraklik sug‘urta xillari ham mavjud. Sug’irta muddati qancha ko‘p bo’lsa, shunga qarab sug’urta to’lovlari ham ko'payib boradi. Sug'urta badallari zararni qoplashga sarflanadi va bu orqali sug’urtalanuvchi ixtiyoriga qaytariladi. Ayrim sug’urta badalning bir qismi sug'urta hodisasi sodir bo’lmaganda ham belgilangan miqdorda qaytariladi.
Respublikamiz viloyatlari jug’rofiy jihatdan har xil tabiiy sharoitga ega bo’lganligi sababli turli joylarda o‘ziga xos sug'urta hodisalari uchrab turadi, ular o'z ko'lami jihatidan xo‘jalikka favqulodda va keskin zarar yetkazishi tufayli bir-biridan farq qiladi. Sug’irta jamg'armasi faqat zarar oqibatini tugatish emas, balki ularning oldini olish, aniqrog'i, ogohlantirish tadbirlariga ham sarflanadi. Buning uchun sug'urta badallari tushumlaridan ma'lum foizi ogohlantirish fondini tashkil qilishga ajratiladi va bu fond hisobidan har yili qator tadbirlar amalga oshiriladi.
Sug’urtaning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni uning bajaradigan funksiyalarida o‘z ifodasini topadi. Sug’urta tushunchasi moliya va kredit tushunchalari bilan o‘zaro bog’lanib ketganligi sababli, ularni taqsimlash va nazorat funksiyalarini amalga oshirishda sug'urta ham ishtirok etadi. Shu bilan birgalikda sug’urtaning faqat o'ziga xos bo'lgan funksiyalari ham mavjuddir, bular xavf-xatar, ogohlantirish, investitsiya, omonat va axborot funksiyalaridir. Malumki, insoniyat qadim zamonlardan buyon juda ko‘p tabiiy ofatlarni boshidan kechirgan. Shu sababli u mahsulot, urug’lik, yoqilg'i va boshqa moddiy-moliyaviy zaxiralar hosil qilib, ular hisobidan ko'rilgan zararlarni qoplagan.7
Sug'urtaning ogohlantirish funksiyasi uning xavf-xatar funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur funksiya sug'urta to‘lovlarining umumiy tuzulishidan ma'lum qismini xavf-xatarning oldini olish uchun quyidagi maqsadlarda foydalanishda namoyon bo‘ladi:
1. Yong‘indan ogohlantirish va yong'inga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish.
2. Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining kamayishiga qarshi tadbirlar.
3. Chorva mollarida uchraydigan kasalliklarning oldini olish tadbirlarini bajarish.
Sug'urtaning investitsiya funksiyasi bo‘sh turgan mablag'lardan samarali foydalanib, sug'urta tashkilotining moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam beradi. Sug‘urta badallarining yig‘ilishi va ular hisobidan zaraming qoplanishi bir vaqtda emas, balki turli muddatlarda sodir bo'ladi. Ishlatilmay bo‘sh turgan mablag‘lar hisobidan zaxira fondlari tashkil qilinadi va ularning bo‘sh turgan qismidan tijorat maqsadlari uchun foydalaniladi.


8
(3-rasm)
Sug'urtaning omonat funksiyasi shundan iboratki, shaxsiy va mulk sug'urtasida sug‘urta badallari ma'lum muddatda sug‘urta tashkiloti ixtiyorida bo‘Iadi. Agar sug'urta davrida biror sug‘urta hodisasi ro‘y bcrsa, sug‘urta tashkiloti yetkazilgan zararni o‘z hisobidan to'laydi, omonat kassalarida esa bunday xususiyat mavjud emas. Omonat kassalarida omonatlarga ma’Ium muddatlarga saqlangan davrga nisbatan foiz olish huquqi beriladi, xolos.
Sug'urtaning axborot funksiyasi bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan funksiyadir. Ilgari, ya’ni 0‘zbekistonda sug‘urta monopoliyasi mavjud bo‘Igan sharoitda, sug'urta bunday funksiyani bajarmagan. Endilikda respublika hududida o‘nlab yangi sug'urta kompaniyalari va tashkilotlari paydo bo'lib, ularning har biri o'ziga xos sug'urta obyektlari va shartlari mavjudligi munosabati bilan sug'urta axborot funksiyasini ham bajara boshladi. Sug'urta tashkilotlarining ko'pchiligi mol-mulkni sug‘urta qilish bilan shug'ullanadi, tibbiyot, transport va boshqa sug‘urta kompaniyalari mavjud bo'lib, ular xorijiy mamlakatlar bilan ham hamkorlikda ish olib boradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda,hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Bozor iqtisodiyoti, bir mamlakat yoki boshqa mamlakatlarda savdo, xizmatlar, korxonalar va mijozlarga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq iqtisodiy tizimdir. Bu tizimda iste'molchilar va sotuvchilar o'rtasida maxsus qoidalar va talablar mavjud bo'ladi. Bozor iqtisodiyotining asosiy maqsadi, maxsulotlarni sotish va sotishdan ko'proq foydalanishni ta'minlashdir. Bozor iqtisodiyoti odatda iste'molchilar, sotuvchilar va tovar ishlab chiqaruvchilarni bir-biridan ajratadi.
Bozor iqtisodiyoti boshqa iqtisodiy tizimlardan farqli ravishda xavfsizdir, chunki iste'molchilar va sotuvchilar o'rtasida raqobat mavjud bo'ladi. Raqobat o'ssa, narxlar kamayib ketadi va mahsulotlar sifatli yoki zaxiralik bo'ladi. Raqobat kamayib ketsa, narxlar oshib boradi.
Bozor iqtisodiyoti haqida yana bir jihat shundaki, bu tizimda foydalanuvchilar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan xususiyatlarning mavjudligidir. Mijozlar xohlagan narsani tanlab olish, ko'proq xarid qilish yoki kamroq xarid qilish o'zlarining xohishiga bog'liqdir. Bu esa bozor iqtisodiyotini dinamik va o'zgargan tizim qiladi.



Yüklə 269,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin