1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi



Yüklə 46,27 Kb.
səhifə6/7
tarix20.09.2023
ölçüsü46,27 Kb.
#145529
1   2   3   4   5   6   7
BOZOR IQTISODIYOTINING IJTIMOIY YO\'NALTIRILGANLIGI VA UNING O\'ZBEKISTONGA XOS XUSUSIYATLARI

Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’inlaridir. U ish yuritish uchun o’z ka’italini yoki qarz olingan ka’italni ishga solishni taqozo etadi, bu ka’italdan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi. 

Davlat — foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.
Shuningdek, ba’zi darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar ajratib ko’rsatiladi.30


Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan ‘ul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Shunday qilib, yuqorida keltirib o’tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o’zaro ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (1-chizma).

Bank 


Davlat 





Uy xo’jaligi 

Korxona (firma) 




1-chizma. Bozor xo’jaligi sub’ektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli. 
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat.
Narxlar nisbati o’zgarib turadi, shuning uchun narx, ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi zarurligini aniqlashda yo’l ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o’zgarishlar, o’z navbatida, narxlardagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashning mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning hamma bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida ga’ borganda bu iqtisodiyotning tarixda tarkib to’gan ikki turini bir-biridan farq qila bilish zarurdir. Uning birinchi ko’rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g’arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; b) ka’ital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning shaxsiy erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko’rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
a) mulkchilikning turli shakllariga ya’ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi;
b) ka’ital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik mono’oliyalar va davlat qo’lida to’’lanib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urta fondlarining vujudga kelishi.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va ‘ulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon bozor xo’jaligi iqtisodiyot xususiy va davlat sektorlarining o’zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (2-chizma).
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, ba’zi bir o’quv adabiyotlarida bozor iqtisodiyotini bosqichlarga ajratishda ma’lum noaniqlik, chalkashliklarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, D.Tojiboeva uning dastlabki («kurtak»), erkin, tartibga solinuvchi va deformastiyalashgan bosqichlarini ajratib ko’rsatadi31.

Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari 



Mezonlar 

Korporativ iqtisodiyot 

Aralash iqtisodiyot 

Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti 



Davlat dasturlarining maqsadga yo’naltirilganligi 

Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish 

Tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha shart-sharoitlar yaratish 

Yirik ishlab chiqarish man-faatlarini himoya єilish 





Iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillari


Uzoq muddatli dasturlarning ishlab chiqilishi 

Taktik usullar-dan ustun ravish-da foydalanish 

Asosiy ustuvor-liklarni belgilab olish 





Davlat sektorining iqtisodiyotdagi ulushi


30% 
10% atrofida


Ahamiyatsiz darajada


Ko’rsatilgan mezonlarga muvofiq keluvchi davlatlar
Germaniya 

AQSh
Yaponiya, Shvesiya




2-chizma. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari. 
Bozor iqtisodiyotni bunday bosqichlarga ajratilishi, fikrimizcha, quyidagi mulohazalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi:
Birinchidan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi turli mamlakatlarda turli tarixiy davr va sharoitlarda turlicha kechgan. Natijada, alohida bosqich sifatidagi dastlabki, «kurtak» bozor iqtisodiyotning umumiy iqtisodiy manzarasi uning amal qilishining nazariy qoida va xususiyatlarini aniq tarzda ajratish va ifodalash mushkul. Shunga ko’ra, mazkur bosqich o’zining mohiyatini klassik bozor iqtisodiyoti bosqichida to’liq ifodalaydi, degan xulosa o’rinlidir.Ikkinchidan, deformastiyalashgan bozor iqtisodiyoti bosqichining ajratib ko’rsatilishi mantiqqa zid hisoblanadi. Chunki, muallifning o’zi tomonidan keltirilgan yorqin misol – ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiradigan tizim – o’z nomiga ko’ra hech qanday bozor iqtisodiyoti emas, balki ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi. 


Iqtisodiy nazariyada ko`pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uch ko`rinishi ko`rsatiladi: an`anaviy iqtisodiyot, ma`muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti.
Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko`plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko`pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Aynan bozor munosabatlarining amal qilish darajasiga qarab kapitalizm, sotsalizm kabi tuzumlarni ajratishgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishi uchun umumiy sharoiti bo`lib hisoblanadi.Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor munosabati mulkchilikning xilma-xilligini taqazo etadi. Chunki har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi.
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning ikki turini bir-biridan farqlash kerak .Bular : erkin (klassik yoki sof) bozor iqtisodiyoti va hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Xususan, O`zbekiston ham mustaqilligining ilk yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o`tishni o`z oldidagi muhim vazifalardan biri deb hisobladi. Bunda O`zbekiston o`zining o`ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo`ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to`ntarishlarsiz, ijtimoiy to`qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat`iyatlilik bilan bosqichma -bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o`tishdan iborat yo`lni tanladi.
Bu yo`ldagi ishlarni amalga oshirish uchun o`z iqtisodiy, siyosiy, madaniy ahvolimizni inobatga olgan holda tuzilgan modelimiz bo`lishi lozim edi .Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yurtimiz iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda, jahon standartlariga to`liq javob beradigan «o`zbek modeli» yaratildi.
Bu yo`l haqida birinchi prezidentimiz Islom Karimov o`zining «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» nomli kitobida shunday fikr bildirgan: «O`zbekistonda qabul qilingan, «o`zbek modeli» ijtimoiy yo`naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta`minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustivorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o`ziga xos yo`li»[1].
Yurtimizda mazkur tartib asosida o`tkazilayotgan islohotlar o`z natijasini bermoqda. Xususan, 2016-yilda yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish- pudrat ishlari 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi 14,4 foizga, xizmatlar 12,5 foizga, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,6 foizga, jumladan, meva-sabzavot yetishtirish 11,2 foizga, kartoshka yetishtirish 9,7 foizga, sabzavot mahsulotlari yetishtirish 10,4 foizga oshdi.
O`zbekistonda erkin bozor iqtisodoyotining tashkil etilishi yurtimizning iqtisodiy darajasini oshirishga va aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotining eng muhim sifatlaridan biri xususiy mulkchilikning ustuvorligini ta`minlab, yurtimizdakichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e`tibor berilmoqda, bu esa o`z navbatida aholini ish bilan ta`minlash, ularning tadbirkorlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishmiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida biz ham o`z mahsulotlarimizni jahon bozoriga chiqarishimiz lozim.

Adabiyotlar:



  1. Shodmonov Sh., Alimov R., Jo`raev T. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent – Moliya –2002.

  2. Abdullayev Y. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Toshkent – Mehnat. – 1997.

  3. Ishmuhamedov A.E., Sitdikova L.A., Ishmuhamedov L., Sunnatov M.N. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari. Toshkent. – 2004.

  4. www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 46,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin