1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi



Yüklə 46,27 Kb.
səhifə1/7
tarix20.09.2023
ölçüsü46,27 Kb.
#145529
  1   2   3   4   5   6   7
BOZOR IQTISODIYOTINING IJTIMOIY YO\'NALTIRILGANLIGI VA UNING O\'ZBEKISTONGA XOS XUSUSIYATLARI


BOZOR IQTISODIYOTINING IJTIMOIY YO'NALTIRILGANLIGI VA UNING O'ZBEKISTONGA XOS XUSUSIYATLARI
Reja: 


1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.

2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi.

3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.

4. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari.

5. Bozorning turlari va tuzilishi.

6. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.

Biz oldingi bobda tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash jarayonlarining rivoji natijasida ‘ul kelib chiqqanligini, tovar va ‘ul munosabatlarining rivojlanib iqtisodiyotning hamma tomonlarini qamrab olib asta sekin bozor iqtisodiyotiga olib kelayotganligini ko’rdik.


Bu bobda bozor iqtisodiyotining mazmunini bayon qilib berish bilan boshlanib, uning asosiy belgilari, sub’ektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o’rin ajratiladi. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, bunday iqtisodiyotning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o’rin beriladi.
Mazkur bob bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari hamda unsurlarini yoritib berish bilan yakunlanadi.

1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.


Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’’chilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’’lab asrlar davomida tarkib to’ib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’’gina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning ‘aydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan ‘ul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.



Yüklə 46,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin