O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODIYOTINING SHAKLLANISH VA
TARAQQIYOT YO‘LI
Zulxumor Mamarasulzoda JDPI Musiqa madaniyati fakulteti o‘qituvchisi
Annotatsiya: O‘zbekiston xalqining mahalliy uslublari xalq og‘zaki ko‘rinishida
3000 ming yillik an’analarini saqlab, avaylab bugungi kun madaniyati
peshqadamining timsoli asnosida jahon musiqa olamini hayratga solib, mo‘jizali ta’surot qoldirmoqda. Mutaxassis tayyorlashning maqsadi, vazifalari ushbu fanning xususiyatlarini o‘rganish, talabalarni o‘qitish hamda tarbiyalashning mazmuni, tamoyillari va usullarini to‘g‘ri belgilash eng muhim shartlardan biridir. Maqolada shu masalalar haqida fikrlar yuritiladi.
Kalit so‘zlar: O‘rta va Yaqin Sharq, xalq og‘zaki ijodi, an’ana, “Zafarnoma”, “Shashmaqom”, “Navro‘z”, folklor, afsona va latifalar.
O‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki an’ana va shakllari bizning tushunchamizdagi xalq og‘zaki ijodining o‘zidir. Xalq og‘zaki ijodida til muhim rol o‘ynaydi. Chunki til ushbu merosni ifodalashda va kelgusi avlodga yetkazishda eng asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Undagi ijodining tur va janrlari juda keng. Uning tarkibiga mif, afsona, rivoyat, ertak, maqol, matal, doston, masal, hikmatli so‘zlar, tez aytish va boshqa janrlar, muxtasar qilib aytganda xalq merosining og‘zaki ravishda ifodalanadigan barcha tur va janrlari kiradi1.[2.28.89-91]
O‘rta va Yaqin Sharq xalqlarining tarixiy madaniy aloqalari, jozibador Sharq ohanglarining tarovati va ta’sir kuchi hamda o‘zbek musiqasining xorijiy Sharq xalqlari musiqa an’analari bilan mushtarakligini nazarda tutgan holda O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan quyidagilar ta’kidlangan: “Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu, yuksak va
1 Ў.Тошматов, Н.Исакулова. Номоддий маданий меросни муҳофаза қилишнинг ҳуқуқий асослари (монография). Тошкент, 2015 й.
1
nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi. Mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy
o‘zining “Zafarnoma” kitobida Amir Temur davrida o‘tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to‘xtalib, “Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g‘azalu naqsh aytur erdilar. Va turku mo‘g‘ul, xitoyu arab va ajamdir har kim o‘z rasmi bilan nag‘ma aytur erdi”, degan ma’lumotlarni keltiradi. Mustaqillik yillarida ulug‘ bobolarimizning ana shunday an’analarini davom ettirgan holda, mamlakatimizda musiqa san’atini keng rivojlantirishga qaratilgan dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan mumtoz musiqiy merosimizni asrab-avaylash va o‘rganish, uni yosh avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida ko‘plab ko‘rik-tanlovlar, nufuzli xalqaro anjumanlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda”2.[3.97-99] Binobarin, I.Karimov o‘rinli ta’kidlaganidek, “Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning o‘rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog‘liqdir”,- deb ta’kidlangani bejiz emas albatta.!
Eng qadimgi fol’klor namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha oldin paydo bo‘lgan va yozma adabiyotning tashkil topishiga muhim hissa qo‘shgan. Ular asl holida bizgacha yetib kelmagan yoki yetib kelganlari ham og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga o‘tish jarayonida ijodiy ishlangan. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo xalqlari musiqiy merosini o‘rganish borasida musiqashunos-manbashunos olimlar I.Rajabov, F.Karomatli, O.Matyoqubov, A.Nazarov, R.Abdullaev, O.Ibrohimov, S.Saidiy, R.Yunusovlarning ajdodlarimiz musiqa merosini o‘rganishga doir olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
Buyuk Qo‘shoniylar imperiyasi davrida mavjud bo‘lgan: 1.Buxoro ajdodiy san’ati bugungi “Shashmaqom” 2. Musiqiy cholg‘uchilar va hofizlar; 3. Raqqoslar; 4. Aktyorlar va masqarabozlar; 5.Yig‘ichilar; 6. Qo‘riqchi mehtarlar,3dan iborat bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniy keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra,
2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Т.; 2008, 140 b,
3 Hakimov N. Istoriya ispolnitelstva na narodnix instrumentov Sredney Azii.- D.: Irfon, 1989.- 160 s
2
shu davrda Markaziy Osiyoda mahalliy aholi yil davomida 7 turdagi bayramni
keng nishonlagan bayramlardan «Navro‘z» go‘yo podshohning tug‘ilishi kuni sifatida tantana qilingan. Ayniqsa, xuddi shu bayram hamda shu tusdagi o‘zga urf-odatlar, marosimlar o‘z navbatida yangi an’analarning shakllanishiga olib kelgan. Bu davrda qifara, fleyta (nay), arfa (chang) eng qadimgi cholg‘ulardan do‘l-nog‘ora, yirik rez nog‘ora, harbiy nog‘ora, kichik nog‘ora, doyra (daff), tablaq, hind tablagi, qo‘s, tabira kabi urma cholg‘ularning o‘sha davr turlari yetakchilik qilgan.Buxoro musiqa madaniyatining o‘ziga xosligi darboriy (saroy) musiqa, ya’ni Buxoro mumtoz san’ati (keyinchalik Shashmaqom turkumi), diniy-marosimiy musiqa an’analari, harbiy musiqa turlari, pahlavonlar musiqasi, shahar hunarmandchilik musiqa yo‘nalishi, Rustoy va Dehat, ya’ni fol’klor ijodiyoti namunalaridan tashkil topgan. Markaziy Osiyo va yaqin Sharq mamlakatlari zaminida musiqiy madaniyat va tasviriy san’at Yevropa va ayrim Sharq davlatlariga qaraganda juda erta rivojlangan.[2.30.43-46], [2.26-19-23]
Zardushtiylar davrida saroy marosimiy musiqa ijrochilik amaliyoti yuqori darajaga ko‘tarilgan. Musiqa san’ati namunalarining arxeologik topilmalari, umum ijrochilik madaniyati bilan ham bog‘liqdir. Chunonchi, sahnaviy holatdagi Riton [budda haykali] minbari miloddan oldingi IV-V asrlarga tegishlidir. N.Hakimov tadqiqotlarida asosiy ta’sir doirasidagi musiqaviy san’at turlarining uslublari quyidagicha tasnif etiladi: 1. Saroy marosimiy uslublari, ya’ni haram va saroy uslublari; 2.Saroy harbiylari uslublari -a] ogohlantiruvchi tartib [salyutlar, uchrashuv marshlari]; b] harbiy orkestr uslublari; 3. Madaniy tarzdagi uslublar - a] vokal madaniyati. b] sozandalik madaniyati. 4. Qo‘shon musiqachilari madaniyati -a] shahar uslubi, b] qishloq uslubi, v] vokal va cholg‘uchilik uslubi, g] harbiylar uslubi [shahar ko‘rikchilari], d] marosimiy uslublar4. [2.26-21-27]
Markaziy Osiyo xalqlari musiqiy an’analarining o‘xshashligi ularning yanada takomillashib borishiga asos bo‘lgan. Bunda, ayniqsa, o‘sha davr saroy musiqa san’ati ta’siri yetakchilik qilgan. Ijrochilik amaliyotida ayniqsa, "Dabiriston" maktabi an’analarga boy bo‘lgan. Shahar musiqiy madaniyatida quyidagi
4 Saidiy S.B. Zardushtiy va buddaviylar davri musiqa san’ati //J. Moziydan sado.- T.- 2003.- №№ 3-4. 28-29 b.
3
yo‘nalishlar; Darboriy musiqasi o‘sha davrda mohir va mashhur ijrochilarni
saroyda jamlab, muayyan kasbiy ijrochilik oliy professional maktabini rivojlantiradi. Diniy-marosimiy musiqa esa, har bir insondan Avestoning 21-kitobi, ya’ni «Gatho»larni maxsus an’analarda qayta bilishni talab qiladi.5 Harbiy musiqa ustoz sozanda - mehtar rahbarligida ijro qilingan va ustoz-shogird tizimida o‘rganilgan. Pahlavoniylarning alohida musiqa maktablari bo‘lmagan, ular asosan diniy va darboriy maktablarda ta’lim olganlar. Buxoroda shahar ustozona kasbiy musiqasi ancha taraqqiy etgan bo‘lib, undan boshqa viloyatlar va davlatlarning sozanda, xonandalari ham ustoz va shogird tarzida ta’lim olganlar.[2.30.89-90]
Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi fol’klor namunalari ba’zi tarixiy yodgorliklar, yodnomalar, ilmiy asarlardagina saqlanib qolgan. Ular miflar, jangnoma ko‘rinishdagi afsonalar, qahramonlik va pahlavonlik eposlari, qo‘shiqlardan va maqollardan tashkil topgan.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixda juda ko‘p istilochilarni, bosqinchilik harakatlarini o‘z boshidan kechirgan. Masalan: Axmoniylar, Sosoniylar, Makidoniyalik Iskandar (334), Chin hoqonlari (IV asr), Arab halifaligi (VII asr. 665), Mo‘g‘ul iste’lochilari (XII asr. 1219), Totalitariat davri XVIII asr oxirlari XX- asr 90-yillarigacha. Bu davrlarda Buxoro, Xorazm, Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona vodiysining ko‘p joylari harobaga aylangan. Hozirgi kunda O‘zbekiston hududidagi Xorazm, Afrosiyob, Xolchayon, Termiz, Varaxsha, Bolaliktepa, Dalivarzintepa hududlarida olib borilayotgan arxeologik qazilmalar natijasida topilgan juda ko‘p yodgorliklarda adabiyot, san’at va madaniyat sohasiga tegishli hamda juda ko‘p musiqa cholg‘ularining qoldiqlari, xonanda va sozandalar aks ettirilgan suratlarning nusxalari topilmoqda.[2.8.67-69]
Faqat Amir Temur zamonida Turkiston mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod qilindi. Movarounnahr qo‘lga olinib, Samarqand uning poytaxti deb e’lon qilindi. Undan tashqari Oltin O‘rdaga yurib Shimoliy Kavkazni, Astraxan, Qora dengiz bo‘ylari 1399 yil, Eron, Shimoliy Hindiston, Turkiya 1402 yil, keyin Iroq, Suriya
5 Hakimov N. Istoriya ispolnitelstva na narodnix instrumentov Sredney Azii.- D.: Irfon, 1989.- 160 s
4
va boshqa juda ko‘p mamlakatlarni egalladi.[2.4.89-93] Shu davrda
Movarounnahrda madaniyat, adabiyot, san’at turlari rivojlandi.
Markaziy Osiyoda VI-asrdan XX-asrgacha bo‘lgan davr ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan murakkab tarzda kechgan davr bo‘ldi. Bu davr o‘zbek xalqining o‘troq dehqonchilik bilan ko‘chmanchilik hayoti tartiblarini uzoq vaqt yonma-yon yashab kelgan davr hisoblanadi. O‘zbek xalqining bu davrdagi boy va rang barang og‘zaki ijodi namunalariga nazar tashlar ekanmiz, ularda ijimoiy-siyosiy jarayonlar, qadimiy tasavvurlarni va qarashlarni izlari o‘z ifodasini topganligini ko‘ramiz. Chunki ijtimoiy taraqqiyotga uzviy bog‘liq bo‘lgan fol’klor asarlari o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra, xalqning hayotidagi tarixiy o‘zgarishlar bilan o‘zgara bo‘lgan, ularda bir necha davrlar o‘z izini qoldirgan.
Fol’klor asarlariga xos bunday o‘zgaruvchanlik va ko‘p qatlamlilik ularning ko‘pgina namunalarini ayrim olingan davrlar bilan bog‘lab tekshirishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham u yoki bu janrlarning muayyan davrdagi holati va taraqqiyoti haqidagi mulohazalar ko‘pgina hollarda taxminiy bo‘ladi, albatta. Hozircha mavjud tekshirishlarga suyanib turib, shuni aytish mumkinki, eng qadimgi davrlarda ko‘pchilik xalqlarda miflar, urug‘, qabilalar haqidagi rivoyatlar, aytimlar, urf-odat, mavsum va marosim, mehnat qo‘shiqlari keng tarqalgan. Ilk davlatlarning shakllanish davrida qahramonlik dostonlari yaratilgan, keyinrok epik, lirik va tarixiy qo‘shiqlar, og‘zaki drama paydo bo‘lgan.
Keyingi vaqtlarda yozib olingan fol’klorning an’anaviy namunalari, asosan VI-XX-asrlarda yaratilgan asarlardir. Fol’klor asarlarning ayrim namunalarini, ayrim janrlarning keyingi taraqqiyoti va holatini muayyan davrlar bilan bog‘lab o‘rganish mumkin. Masalan, o‘zbek dostonchiligining qadimiy ko‘rinishlari, uni avloddan-avlodga o‘tkazib kelgan bir necha avlod xalq baxshilari va ular ijro etgan dostonlari haqida yozma ma’lumotlar deyarli saqlanib qolmagan.
Masalan, Amir Temur o‘z safarlarini baxshilarga doston qilib kuylashni topshirgan, To‘xtamish saroyida Kamolzoda va Jahon Mirzo kabi jirovlar bo‘lgan xalq dostonlariga yaqin shaklda yozilgan «Abo‘ Muslim» kitobi XII-asrda yaratilgan.
5
Og‘zaki ma’lumotlar bizni XVIII-asrga yetaklaydi. Ergash Jumanbulbul
o‘g‘lining avlodlaridan biri Yodgor baxshi XVII-asrning ikkinchi yarmi va XVIII-asrning boshlarida yashagan. Ergash shoirning yettita ota-bobosi dostonchi o‘tganligini hisobga olsak, aytaylik, XVI-asr oxirlarida yashagan dostonchi shoirlar haqidagi ma’lumotlar ham XVII-asr ning boshlarigacha yetib kelgan.[2.12.23-25] O‘zbek xalqining juda murakkab etnogenizi va etnogenitik taraqqiyoti, VI-VIII asrlardan XV-asrgacha davom etgan migratsiya, ya’ni turkiy qabila va urug‘larning oldinma-keyin Markaziy Osiyo hududlariga ko‘chib kelishi, joylashishi hamda yerli, turkiy bo‘lmagan o‘troq elatlar bilan aralashib ketish jarayonlari ham O‘zbek dostonchiligining bu davrida yangilanish davrini boshlagan, taraqqiy qilgan degan xulosaga kelishimiz mumkin.
XVII-XVIII-asrlar davomida dostonchilik taraqqiyotida juda jiddiy ko‘tarilishlar bo‘ldi. XIX-asr uning eng gullagan davri bo‘lib xalq orasida keng yoyildi.
Xalq dostonlarida markazlashgan, mustaqil, farovon vatan va chet el bosqinchilariga qarshi kurash g‘oyasi muhim o‘rin tutadi. «Chambil qamali», «Rayhon arab», «Bektosh arab» kabi dostonlarda arab bosqinchilariga qarshi kurash tasvirlangan va bu dostonlar arablar Markaziy Osiyoga hujum qilgan davrda yaratilgan. Markazlashgan davlat g‘oyasi, vatan, el-yurt osoyishtaligi va mustaqilligi uchun kurash uzoq davom etgan bu davrda turli urug‘ va elatlarning yagona xalq bo‘lib shakllanish davrida g‘oyat muhim ijobiy hodisa ediki, bu g‘oyalar o‘zbek eposining qon-qoniga singib ketgan deyishimiz mumkin.
Xuddi shuningdek, mug‘ul bosqinchilarining xurujlarini, ularga qarshi mahalliy aholining kurashlarini aks ettirgan asarlar ham anchagina. «Guldursun» afsonasi ham shu nomli doston ham o‘sha davr voqealari haqida hikoya qiladi. Mug‘ul istilochilariga nisbatan xalq munosabati esa ramziy ifodalarda, umuman, chet el bosqinchilariga nisbatan xalq nafrati bayonida, afsonaviy va mifologik salbiy timsollar tasvirida saqlanib qolgan.
Bu davr o‘zbek fol’klorida ayrim tarixiy voqealar va shaxslar nomi bilan bog‘langan dostonlar, afsona va latifalar ko‘p uchraydi. Masalan: «Tulumbiy» 6
(XV-asr), «Shayboniyxon», «Oychinor» (XVI-asr), «Tulg‘anoy» (XIX asr) kabi
bir qancha dostonlar borki, ular yaratilgan davrlaridan ancha keyin yozib olingan, demak bir qancha o‘zgarishlarga uchragan bo‘lishlariga qaramay, ma’lum darajada o‘z davri voqealarini aks ettiradi. Shuningdek, mashhur tarixiy siymolar Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Mashrab, nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab afsona va rivoyatlar yaratildi. XIX-asr boshlarida xalq orasida yozma adabiyot namunalari keng tarqala boshladi.[2.11.71-74] Ayrim shaxslar tomonidan o‘zbek fol’klori asarlarini yozma adabiyotga yaqin ruhda qayta ishlash yoki yozma namunalarini «fol’klorlashtirish» jarayoni kuchaydi. Buning natijasida turli xarakter va mazmundagi qissalar («xalq kitoblari») yuzaga keldi. Hatto ayrim baxshilar ijodiy faoliyatida, masalan, Qo‘g‘on dostonchilari repertuarida yozma adabiyot namunalari ko‘rina boshladi
Bu davrda xalq ijodchilaring muayyan janrlarda professionlashuvi kuchayib dostonchi, ertakchi, qo‘shiqchi, askiyaboz, masharabozlar ajralib chiqa boshladi. Bu esa fol’klorning estetik jihatdan mustaqillashuvida, uning mifologiya va ibtidoiy irim-sirim hamda marosimlardan ajralib chiqishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bu davr o‘zbek fol’klorida xalq ijodi taraqqiyotining ilgarigi bosqichlarida maydonga kelgan ayrim janrlar, xususan, mavsum-marosim qo‘shiqlari ba’zi o‘zgarishlari bilan uzoq vaqt saqlanib qoldi. Ertaklar bilan topishmoqlarda esa bir muncha o‘zgarishlar ro‘y berdi: ularning totemistik qarashlar bilan bog‘lanishi ancha susayib, ko‘proq allegorik harakter kasb eta boshladi. Bir qator yangi janrlar (lirik va tarixiy qo‘shiqlar, latifa va loflar, askiya va og‘zaki dramma) paydo bo‘ldi. Shunday qilib, bu davrda o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotining deyarli hamma janrlarida ko‘plab asarlar yaratildi. Bu asarlar xalqimiz madaniy hayotidagi ulkan ko‘tarilishlar, muhim tarixiy voqealar bilan mahkam bog‘liq. Xalqimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘l, uning boshidan kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar fol’klorining sermahsul bo‘lishiga muhim zamin bo‘ldi.
O‘zbek xalqi etnik turmush tarzida to‘y, ma’raka marosimlari, ularning yuzaga kelishi bilan bog‘liq an’analar tarixiy asosga egadir. Matriarxatdan 7
Patriarxatgacha o‘tgan jarayonda nikoh va oila shakllarining paydo bo‘lishi, uy
xo‘jaligining rivojlanish munosabati bilan monotan oila shakli vujudga kelishi, shakllanishi va ijtimoiy ahamiyat kasb etishida to‘y marosimlari, kelin-kuyov tartibining joriy bo‘lishida moddiy manfaatdorlik an’analari paydo bo‘lgan.
To‘y qadimdan uzoq davom etuvchi ham rasmiy va ham ramziy ahamiyatga ega marosim bo‘lib, ularning tarkibida bir necha urf-odat va udumlar vujudga kelgan, ularda yangi oilaning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq marosim qo‘shiqlari, raqslar, o‘yinlar, irim va udumlar ommaviy tadbir tantalarga aylanishi, pirovard natijada ikki yoshning yagona oila qurishi, avlodlar davomiyligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan yakunlanishi to‘g‘risida juda ko‘p etnografik ma’lumotlar mavjud.[2.14.56-59]
To‘yning etnomadaniyat merosidagi yorqin g‘azallik an’ana bo‘lib, har bir xalqning to‘y marosimlarida uning ichki madaniyati, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari o‘z ifodasini topgandir.
O‘zbek xalqi etnomadaniyatida “Xatna”, “Sunnat” to‘ylarining kelib chiqishi ham uzoq tarixga ega.. “Xatna”, “Sunnat” to‘ylarining asl mohiyati bir bo‘lib, ular o‘zbek aholi etnik guruhlarida o‘ziga xos o‘tkazish tartiblariga ega. “Xatna” to‘ydan oldin “Maslahat oshi” keyin “Qozon qurar” so‘ngra esa “Xatmi qur’on” qilib xayriya oshi berilishi va nihoyat asosiy to‘y bazmi, to‘y marosimidagi mehmondorchilik, turli taomlar pishirilishi, bolalar tomonidan o‘ynaladigan an’anaviy “Quloq cho‘zma”, “Oq suyak” va kattalar tomonidan o‘ynaladigan “Ko‘pkari”, “Uloq”, “Kurash”[2.21.49-53] o‘yinlari ularga beriladigan sovrinlarni xatm qilinayotgan bolaning ota-onasi, amaki va tog‘alari tomonidan hadya etilishi, to‘y bazmi nihoyasiga yeta boshlagan paytda “Bolaning qo‘lini halollash” – xatna qilish marosimi uyushtiriladi. Bu marosimda bolaning eng yaqinlaridan tashqari, shu oilaga yaqin bo‘lgan yoru-do‘stlar, mehmonlar ishtirok etishadi.
O‘zbek etnosiga xos to‘y marosimlari shartli ravishda oila qurish, ikki yoshning boshini qovushtirish bilan bog‘liq an’ana, go‘dakning dunyoga kelishi bilan bog‘liq an’ana inson shaxsiy hayoti va maishiy turmush jarayonida qo‘lga
8
kiritilgan muvaffaqiyatlarni nishonlash bilan bog‘liq an’ana, inson muayyan
balog‘at yoshiga yetganligi shukronasi bilan bog‘liq an’ana kabi turlarga ajratiladi. Inson vafoti munosabati bilan o‘tkaziladigan “Xudoyi”, “Ehson”, ”Ziyorat”,
“Mushkulkushot”, “Mavlud” ”Bibi Seshanba”, “Padar oshi”, “Momo oshi”(Oshibi biyon) marosimlari, ularning ma’naviy -ma’rifiy ahamiyati, ijtimoiy-ma’naviy jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi.[2.28.77-79]
Zamonaviy ma’raka marosimlari, ularni o‘tkazishda mahalla fuqarolar yig‘ini va oqsoqollar kengashining faoliyati ham muhim rol o‘ynaydi.
Zamonaviy axborot vositalari va madaniyat o‘choqlarida xalq marosimlari bilan bog‘liq madaniyat tadbirlari, spektakllar, badiiy fil’mlar va ko‘rsatuvlar tashkil etilishining ahamiyati kattadir. Zamonaviy to‘ylar, yubileylar, ulug‘ insonlar tug‘ilgan qutlug‘ sanalar ham ijtimoiy hayotimizda muhim o‘rin egallaydi. Jumladan “Payg‘ambar yoshi” marosimi, uning ma’rifiy-ma’naviy ahamiyatini alohida ta’kidlash mumkin. Umuman to‘ylar mamlakat tinchligi, obodonchiligi va xalqparvarlik siyosatining madaniy-ma’rifiy ramzi sifatida namoyon bo‘ladi
Insonning yashash va hayot kechirish tarzi, urf-odatlar, marosimlar, bilan bog‘liq ravishda juda ko‘p qo‘shiqlar yaratilgan. Marosimlar, odatlar turli tuman bo‘lganidek, bularga bag‘ishlangan qo‘shiqlar ham xilma-xildir. Qo‘shiqlar xalqning oilaviy bayramlarini. Marosimlarini bezab kelgan. marosim bayramlarida kishilar o‘yin-kulgu qilganlar, dam olishgan, yangi mehnat faoliyatiga ilhomlanganlar.
Avestodan Buyuk Qo‘shoniylar imperiyasi davrigacha mavjud bo‘lgan professional fol’klor uslublari va boshqa turdagi ta’lim yo‘nalishlari bizning zamonamizgacha kelib yetgan, ammo bular bugungi kunda Tojikiston, Hindiston va Xitoy, Gurjiston va tog‘li xududlar, hatto ayrim Yevropa davlatlarigacha o‘rin olib, uslubiy jihatdan o‘zlarining adabiy tillarida o‘zgartirib, o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Lekin ularning ajdodiy san’atida eng qadimgisi o‘zimizdan o‘tganligi haqida ilmiy asoslar talaygina. Musulmon dunyosida O‘zbekistonning I va II renesansi davri- Sharq qolaversa jahonning ilmu-ma’rifat markaziga aylanganligi
9
va bizdan boshqa davlatlar ilmu-ma’rifat, madaniyat va tarbiya hamda san’atning
ko‘pqirrali uslublarini o‘rganib ham jahonshumul ahamiyat kasb etadi.
Keyingi vaqtlarda yozib olingan fol’klorning an’anaviy na’munalari, asosan VI-XX-asrlarda yaratilgan asarlardir. Fol’klor asarlarning ayrim namunalari va janrlarning keyingi taraqqiyoti va holatini muayyan davrlar bilan bog‘lab o‘rganishni taqozo etadi. Xalq baxshilari va ular ijro etgan dostonlari haqida yozma ma’lumotlar deyarli saqlanib qolmaganligi alohida jahonshumul tadqiqotni talab etadi, deyish o‘rinlidir..
Kelajakda nomoddiy musiqa me’rosi va xalq og‘zaki ijodiyoti na’munalarini tiklash va zamonaviyligini rivojlantirish masalalariga oid alohida maktabini yaratishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |