1. Professional etika tushunchasi va ahamiyati. Professional etika kategoriyalari



Yüklə 65,68 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü65,68 Kb.
#206582
  1   2   3   4   5   6
mustaqil ish11


O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


Xorijiy filologiya fakulteti fakulteti
Falsafa fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Siyosatda professional etika va yangi axloq siyosati
Bajardi: _______________________________________________


Qabul qildi:_____________________________________________


TOSHKENT 2023
Reja:
1. Professional etika tushunchasi va ahamiyati.
2.Professional etika kategoriyalari
3.Axloq va siyosatning bir butunligi.
4.Xulosa

Professional etika tushunchasi va ahamiyati.Xalqimiz farovonligi maqsadida davlatchilik va qonunchilik yanada rivojlanib borayotgan bir paytda «Professional etika» fanining o‘qitilishi zarurligini isbotlab o‘tirishning o‘zi ortiqchadir. Ya’ni kasb madaniyatini egallash, madaniy gapirishga intilish, fikr mahsulini matnga to‘laqonli tushira olish mahorati barcha kasb egalarining orzusi bo‘lmog‘i lozim. Bu shubhasiz, bundan tashqari, hozirgi kunda professional etika muammosini kun tartibiga hayotning o‘zi qo‘ymoqdaki, kishilik jamiyatining madaniy-ma’rifiyligini busiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli kasb madaniyati, qonuniy «kasb ehtiyoji» hayotiy talabga aylanishi aniq.
Har bir fanning o‘zining predmeti bo‘lgani kabi professional etika fanining ham o‘z predmeti mavjuddir. Professional etika fanini axloq tashkil qiladi. Etika axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyatda tutgan o‘rni taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganuvchi va haqiqatini amalda isbotlagan olimlar majmuidan iboratdir. Axloq aslida, lotincha “maralis” so‘zidan kelib chiqib axloqli degan ma’noni bildiradi.
Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ishlab chiqarish jarayonini tashkil yetishda, ularning ijtimoiy – siyosiy va huquqiy faoliyatda, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan munosabatlar; ularning xulq atvori, yurish – turishi; adolat, sadoqat, burch, baxt kabi munosabatlarining majmuiga aytiladi. Shunday kelib chiqqan holda, jamiyatning ko‘p qirrali va murakkab axloqiy hayotini aks ettiruvchi “axloq” tushunchasini kategoriya sifatida quyidagicha ta’riflash mumkin.
Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’yektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, shahsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir Shahsning hayotiva faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan muayyan xulqatvor, odob, hatti-harakat prinsip va normalarning majmuidir.
Axloq ijtimoiy hodisa bo‘lib, insoniyat jamiyat vujudga kelishi bilan bir vaqtda jamoalar bilan shahslar o‘rtasidagi ehtiyoj va manfaatlarga xizmat qiluvchi ijtimoiy munosabat tariqasida vujudga kelgan. U o‘zining tarixiy taraqqiyotida quyidagi vazifalarni bajargan:
 umuminsoniy madaniyatning inson tabiiy xislatlarini o‘zganrtiruvchi
faoliyat shaklidagi tarkibiy qismi;
 jamiyatda yashovchi har bir shahsni har tomonlama kamol toptiruvchi
ma’naviy-ijtimoiy omil asoslaridan biri;
 kishilarning ichki tuyg‘ularini, hissiyotlarini takomillashtirib, umuminsoniy
moddiy va ma’naviy qadriyatlarni anglab yetish, ularni asrash va kelgusi
avlodlarga yetkazib berish yo‘llaridan eng afzali;
 axloqshunoslik – insonlarga axloq-odob, burch, qadr-qimmatni shunchaki
aks ettirmaydi, balki ularni tanqidiy baholaydi, tahlil etadi.
Ma’naviyatni harakatga keltiruvchi kuch, uning ijodkori shahs ma’naviyati hisoblanadi. Shahs ma’naviyati qanchalik yuksak bo‘lsa, umuminsoniy va milliy ma’naviyat ham shunchalik umrboqiy bo‘ladi. Shahs ma’naviyati - har bir kishining o‘zini insoniyat farzandi, muayyan millat vakili, davlat fuqarosi deb bilgan holda o‘z vatani tuprog‘ini, suvini, havosini va jamiki boyliklarini ko‘z qorachig‘iday asrashlari, uning ozodligi-obodligi, ravnaqi, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, izzatini joyiga qo‘yish yo‘lida chin vijdon, imon, e’tiqod, sadoqat, ishonch, halollik, dovyuraklik, beg‘arazlik, hurmat, katta fidoyilik va aqliy teranlik bilan faoliyat olib borishga qaratilgan ichki ruhiy va aqliy olamining majmuiga aytiladi.
Shunday qilib, shahs ma’naviyati: birinchidan, hissiy va aqliy jihatdan o‘zining kimligini, ya’ni o‘zligini anglash, aniqrog‘i, qaysi odamning, millatning, Vatanning farzandi ekanligini idrok yetish; ikkinchidan, o‘zi mansub bo‘lgan oila, millat, Vatan bilan faxrlanish, g‘ururlanish; uchinchidan, oilasi, millati, Vatanining ravnaqi yo‘lida ilm olish, tarbiya topish hamda unga sadoqat, imon-e’tiqod bilan xizmat qilish; to‘rtinchidan, har qanday insonning haq-huquqlarini hurmatlash; beshinchidan, ilmfanni insoniyat rivojini ta’minlovchi, jafokash mehnat ahlining og‘irini yengil qiluvchi vosita deb bilish, shuningdek, ajdodlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirish kabi bir qator ichki ruhiy va aqliy his-tuyg‘ular, qarashlar, teran bilimlar va hatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Shahs avvalo inson, odam bolasi sifatida eng oliy qadriyat hisoblanadi. Uning ma’naviy kamoloti hozirgi kunda ko‘p jihatdan umuminsoniy, milliy va shahsiy qadriyatlarning ta’siriga, aks ta’siriga bog‘liq.
Axloq va axloqiy normalar kishilar faoliyatining muayyan sohasigagina taalluqli bo‘lmay, balki xalq hayotining hamma jabhalariga kirib boradi. Axloqiy xislatlar sohasi ko‘plab masalalarni, ya’ni fuqarolik jamiyatining axloqiy mezonlariga, bozor iqtisodiyoti sharoitining axloqiy qarashlariga bo‘lgan munosabati va boshqalardan tortib to zamonaviy turmush qoidalari, shahsiy xulq-atvorgacha bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi. Bu esa ongni qayta qurishda axloqiy tarbiyaning imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ma’lumki, insonning botiniy go‘zalligi bevosita axloqiy fazilatlar va axloqiy munosabatlar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Chunki axloq, avvalo, ijtimoiyma’naviy hodisa sifatida inson kamolotida muhim ahamiyatga ega. Bu xususda akademik E.Yusupov: «Axloq insonning konkret sharoitlarda bo‘layotgan voqea va hodisalarga mustaqil baho berishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildirishi hamdir, - deydi. - Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida Shahs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot va munosabatda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir. Axloq yo‘q joyda inson ijtimoiy shahs sifatida shakllanmaydi. Faqat yetuk axloq zaminidagina kishilarda hayotning mazmuni va maqsadi, jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati, baxt, diyonat, yaxshilik va yomonlik, yovuzlik, haqlilik va nohaqlikka nisbatan muayyan munosabat shakllanadi».
Ana shu jihatdan xulq tushunchasi axloqning tarkibiy qismi sifatida inson kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, xulq ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchisi- yaxshi, chiroyli xulqlar. Bunga shirinsuxanlik, muloyimlik, halollik, iffat, diyonat, or-nomus, nafsni tiyish, vijdon, shijoat, sabr, ilmlilik, g‘ayrat, riyozat, qanoat, sabr, intizom, munislik, haqiqatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, adolatparvarlik va shu singari ijobiy tuyg‘ular kiradi. Bular o‘z navbatida insonda xulqiy go‘zallikni namoyon qiladi va insonni axloqiy jihatdan kamolotga etkazadi.

Yüklə 65,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin