1. Professional etika tushunchasi va ahamiyati. Professional etika kategoriyalari



Yüklə 65,68 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü65,68 Kb.
#206582
1   2   3   4   5   6
mustaqil ish11

Qadr-qimmat - tushunchasi inson o‘z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy qadriyat ekanligi, o‘z shahsi oldida o‘zi ma’sul ekanligini anglash uchun xizmat qiladigan hissiyot. U nomus, g‘urur tushunchalari bilan bog‘liq, bir tomondan insonning o‘z qadrini har qanday holatda ham yerga urmasligini taqozo etadi. Qadr– qimmat insonning jamiyatda, insonlar orasida tutgan o‘rni, topgan obro‘si, hurmati va nufuziga aytiladi. Qadr–qimmat o‘z–o‘zini anglash va nazorat qilishni ifodalaydi. Qadr–qimmat o‘z qadrini anglash shakli bo‘lib, insonni kamsitadigan, xo‘rlaydigan va shu bilan uning boshqa kishilar ko‘z o‘ngida qimmatini yo‘qotishiga sabab bo‘ladigan qiliqlarga yo‘l qo‘ymaydigan to‘siq hisoblanadi. Inson qadr–qimmatining mezoni unda mavjud bo‘lgan eng adolatli va insonparvar axloq nuqtai nazaridan insoniylik darajasidir.
Nomus - mohiyatan shahsning o‘z qadr - qimmatini anglab yetishi, shu qadr - qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan munosabatidir. Biroq, bu - nomus qadr-qimmat tushunchasi bilan bir xil ma’noga ega, degani emas. Chunki qadr-qimmat shahsdan o‘zining boshqa odamlarga nisbatan kamsitilmasligini, atrofdagilardan barcha insonning teng huquqliligi tamoyilini o‘ziga nisbatan qo‘llashlarini talab qiladi. Nomus esa o‘z qadr-qimmatini bilishdan tashqari, har bir Shahsning jamiyatda alohida, o‘ziga xos tarzda egallagan mavqei va shu mavqeni dog‘ tushirmay saqlash-saqlamasligi bilan bog‘liq. Bu mavqe esa, Shubhasiz, o‘sha shahsning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, kasbi, yoshi va unga nisbatan beriladigan axloqiy daraja bilan muayyanlashadi.
Xushmuomalalik - So‘z kundalik hayotda fikr almashuv quroli hisoblanadi. Odatda o‘zimiz aytayotgan yoki eshitayotgan so‘zlarning butun mohiyati haqida ko‘p o‘ylab o‘tirmaymiz. Bunga hojat ham yo‘q. Bizni gap zamiridagi natija qiziqtiradi, xolos. Darhaqiqat, so‘z ham jonli narsa. Uning qudrati insonda hayajon qo‘zg‘ab, yuragida ezgu xislar tug‘dirishida. Xalq bunday so‘zlarni ardoqlab kutib oladi: u endi ma’naviy boylikka aylanadi. Oilada yoki jamiyatda sodir bo‘ladigan katta–kichik janjallarni diqqat bilan kuzatilsa, barchasining sababi, ko‘pincha, qo‘pol so‘z yoki yomon muomalaga borib taqalishi muqarrar. Bir kishi o‘ylamasdan gapirib qo‘ysa, boshqasiga shu gap yoqmaydi va natijada bekordan bekorga janjal kelib chiqadi. Shirinso‘z ko‘pgina muvaffaqiyatlarning omilidir, aytish joiz bo‘lsa, u taraqqiy etgan jamiyat tashkil yetishning asoslaridandir. Shuning uchun ham bu narsaga barcha tarbiyachilar va islohchilar katta ahamiyat beradilar. Ular doimo boshqalarga yaxshi so‘zlarni aytish, muloyim gaplarni tanlashga undaydilar. Yaxshi, muloyim gapni ishlatish insonning obro‘sini orttiradi, do‘stlarini ko‘paytiradi, hammaning hurmatiga sazovor qiladi.
Insonning muomalasiga qarab, axloqiga ham baho beriladi. So‘z orqali insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala madaniyati orqali u kishining odobi, kelib chiqishi, naslu–nasabi, ota–onasi va ustozining bergan ta’lim tarbiyasi namoyon bo‘ladi.Til - inson tafakkurining mahsuli.U inson madaniyati, fikriy go‘zalligini, yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarni yuzaga chiqaruvchi vositadir. Uning insonga ta’siri ham shunga yarasha. Har bir so‘zni o‘z vaqtida so‘zlash, so‘zlashdan oldin puxta o‘ylab ko‘rish kerak.
Demak,shirin so‘zli bo‘lish tarbiyalanganlik belgisidir. Kuch bilan erisha olmagan narsaga so‘z bilan erishish mumkin.
Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi. Shuning uchun ham til aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi madaniyatli bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro‘-e’tibor topadi. Aksincha, sergaplik hech qachon kishiga obro‘ keltirmaydi. Ayniqsa, mahmadonalik yosh bolaga xos xususiyat bo‘lib, kattalar uchun bu qusur insonni doimo obro‘sizlantirgan. Shuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, so‘zga hurmat bilan yondashishni ta’kidlaganlar. Demak, xushmuomalalik - ko‘ngildagi ardoqli fikrlarni, eng noyob his – tuyg‘ularni, eng ezgu niyatlarni insonlar bilan baham ko‘rish, osoyishtalik, vazminlik, xotirjamlik bilan ish tutish demakdir.

Yüklə 65,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin