1. Professional etika tushunchasi va ahamiyati. Professional etika kategoriyalari



Yüklə 65,68 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü65,68 Kb.
#206582
1   2   3   4   5   6
mustaqil ish11

Ikkinchisi- yomon, xunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasadgo‘ylik, ta’magirlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, ig‘vogarlik, tuhmatchilik, badnafslik, badniyatlik, badjaxllik, bachkanalik, dilozorlik, andishasizlik, bevafolik, berahmlik, tovlamachilik, behayolik singari illatlar kiradi. Bular insonni tubanlik sari yetaklaydi va ma’naviyatini qashshoqlashtiradi. Mazkur illatlarni odat qilgan kishilar umum tasavvurida jirkanch taassurot qoldiradi. Bu xususda ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniyshunday degan edi: «Bu sanagan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning go‘zalligini insof muvozanasi ila o‘lchab, vijdon muhokamasi ila ta’qiqlab, yaxshilarini tinglab amal qilmak, yomonlarini anglab, hazar qilmak, lozimdur. Zeroki, insonning izzati, dunyoning lazzati yaxshi so‘zlarni eshitub va ko‘rub hissa olmak, yomon va zararliklarini o‘qub, bilub, o‘zini tiymak, qo‘ldan kelgancha xalq va millat foydasiga tirtishmak va bu fano dunyodan yaxshilik otini olub ketmakdadur».
Sharq odobida «Ulug‘lar huzurida sergak bo‘ling va o‘zingizga loyiq so‘z so‘zlang» deyilishi bejiz emas. Bu umumiy tilni asrash barobarida o‘z og‘zimiz orasidagi tilni «ehtiyot» bo‘lib, o‘ylab ishlatish kerak demakdir. Chunki, so‘z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini ko‘rsatadigan me’zon bo‘lib, aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan biladilar. Zero, so‘z insonning qiymati qadar qadrlidir. Shirin so‘z ilonni inidan chiqarganidek, muloyim so‘z vahshiylarni ulfatga aylantiradi. Shuning uchun do‘stu dushman bilan muomalada ehson yo‘lini tutish lozimki, bunda do‘stlarning mehru-muhabbati ortadi, dushmanlarning adovati kamayadi.
Sharq hikmatlari durdonalarida yaxshi xulqning o‘nta belgisi alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Bular:
1. Bo‘lar-bo‘lmasga odamlar bilan janjallashmaslik.
2. Insoflilik.
3. Birovning aybini qidirmaslik.
4. Biror kishidan noloyiq ish sodir bo‘lsa uni yaxshilik yo‘liga solib
yuborishlik.
5. Agar aybdor o‘z aybini bo‘yniga olsa uni kechirish.
6. Muhtojlarning hojatini chiqarish.
7. Boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zish.
8. O‘z nafsini tiya bilishlik.
9. Boshqalarga ochiq chehra bilan muomala qilishlik.
10. Doimo yaxshi so‘zlash.
Ushbu yaxshi xulqlar ichidagi uchta belgi ya’ni, «Bo‘lar-bo‘lmasga odamlar bilan janjallashmaslik», «Boshqalarga ochiq chehra bilan muomala qilishlik», «Doimo yaxshi so‘zlash» insonning hatti-harakati bilan emas, balki chiroyli, shirin so‘zi natijasida amalga oshadigan axloqiy hodisalardir. Shuningdek, boshqaruvda, muloqotda so‘zga ayniqsa, shirinso‘zga e’tibor sharq odobining ziynati sanaladi. Bu borada «Qobusnoma»dagi fikrlar diqqatga sazovordir: «Har so‘zni xaloyiqqa zohir qilsang, yaxshi yuz bila zohir qil, toki maqbul bo‘lsun va haloyiq sening so‘z bila baland martabaga egalig‘ingni bilsunlar. Nedinkim kishining martabasini so‘z bila bilurlar, ammo so‘zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli o‘z so‘zining ostida pinhondur, ya’ni bir so‘zni bir iborat bila aytsa bo‘lur, eshitg‘on kishining esa ko‘ngli undin to`la bo‘lg‘ay va yana o‘shal so‘zni bir ibrat bila aytsa bo‘lurkim, eshitg‘on kishining oni undin rohatda bo‘lg‘ay» 4 . Shuning uchun odamlarga achchiq va dag‘al so‘zlamaslik lozim. Zero, dag‘allik misli olov, kuydirguvchi yo‘ldir.
Umuman olganda, sharq xalqlari pandnomalarida, hikmatlarida shirinso‘zlikning inson hayotidagi o‘rni beqiyos ekanligi mutafakkirlar nazaridan chetda qolgan emas. Biz ana shu an’analarni davom ettirishimiz, ulardan tegishli xulosalar chiqarishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Inson ma’naviy madaniyatining asosiy mezoni – axloqiy yetuklik hisoblanadi. Axloqiy yetuklik esa o‘zida – halollik, insoflilik, vijdoniylik, sahovatpeshalik, shafqatlilik, mehribonlik singari axloqiy fazilatlarni mujasaam etadi. Shunday ekan, muomala madaniyatining asosiy mezonini yaxshi xulq va go‘zal fazilat uyg‘unligi tashkil etadi.

Yüklə 65,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin