3-rasm. Taklif egri chizig‘i
Aksariyat bozorlar uchun taklif egri chizig‘i o‘sib boruvchi xarakterga ega, chunki bozordagi narx qanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi firmalar mazkur tovarni ko‘proq ishlab chiqarish va sotishni istaydilar. Narxlarning yanada yuqorilab borishi firmalarga qo‘shimcha ishchi kuchi olish evaziga o‘z ishlab chiqarishlarini yanada kengaytirish va daromadlarini oshirishlariga turtki bo‘ladi.
Taklif xajmi va narxi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik taklif qonuni deyiladi.
Agarda biror-bir tovarga bo‘lgan narx o‘sib borsa va bunda boshqa parametrlar o‘zgarmas xolda qolsa, unda mazkur tovarga bo‘lgan taklif xajmi oshib boradi.
Taklif qonuni universal xarakterga ega emas, bozor sharoitida ayrim istisnolar ham bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |