1. Chaqaloqlikka oid tarixiy o'zgarishlar Chaqaloqlik davri xususiyatlar



Yüklə 148,18 Kb.
səhifə2/26
tarix11.02.2022
ölçüsü148,18 Kb.
#52420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
7-мавзу маърузаГудак рив.

2. Fiziologik sariqlik. 80-90% chaqaloqlarda 2 - 3 kundan boshlab, teri rangi, shilliq qavati, sklerasi sarg'ayishi kuzatiladi. Terining sarg'ayishi yuzda, ko'krakda, orqada kuzatiladi, ba'zida faqatgina yuzi, oyog - qo'l kaftlarida kuzatiladi. Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatlari, milk, tanglay yaqqol sarg'ayadi. Bu sag'ayishlar har xil darajada oq rangdan, limonli - sariq, zaytun rangigacha bo´ladi. Chala tug'ilganlarda sariqlik yaqqol rivojlanadi. Bu sariqlik 2-3 kundan keyin ko'payadi va hayotining 10-15 kunlarida yo'qoladi. Ba'zida 3-4 hafta, chala tug'ilganlarda 6 haftagacha saqlanadi.

Bunda bolaning umumiy ahvoli o'zgarmaydi. Peshobi tinik, o't pigmentlari yo'q, najas normal rangda (kuchuk najasi rangi yoki oq rangda emas). Fiziologik sariqlikni o'tkazgan chaqaloqlar qonida bilirubin miqdori yuqori bo´ladi. Fiziologik sariqlik patogenezida bir qancha nazariyalar mavjud. Zamonaviy qarashlarga ko'ra, fiziologik sariqlikda asosiy rolni eritrositlar parchalanishi (gemolizi) o'ynaydi.

Tug'ilganda eritrositlar soni 5 milliondan ortiq bo´ladi. Bunda ko'p sonli eritrositlar yetarli darajada kislorod bilan ta'minlanmaydi (homilaning arterial qonida kislorod miqdori ona arteriyasiga nisbatan 4 marta kam). Bola tug'ilgandan keyin gemoglobinni kislorod tashishi ko'payadi, shuning uchun ko'p sonli eritrositlar o'limiga olib keladi, gemoglobin parchalanadi, bilirubin hosil bo´ladi. Boshqa tomondan, chaqaloqlarda eritrositlarning ko'p parchalanishi, ular rezistentligining pastligi, yaxshi shakllanmaganligi bilan tushuntiriladi. Eritrositlar parchalanishi natijasida hosil bo'lgan bo'yovchi moddalar miqdori jigarga o'tadi, lekin jigar fiziologik yetishmovchiligi natijasida ularni qayta ishlay olmaydi va bu moddalar qonga o'tadi, bilirubinemiya rivojlanadi. Kapillyarlar o'tkazuvchanligining yuqoriligi bu pigmentlarning teriga o'tishiga sabab bo´ladi, teri sariq rangga kiradi.


Yüklə 148,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin