1. Chaqaloqlikka oid tarixiy o'zgarishlar Chaqaloqlik davri xususiyatlar



Yüklə 148,18 Kb.
səhifə1/26
tarix11.02.2022
ölçüsü148,18 Kb.
#52420
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
7-мавзу маърузаГудак рив.


7-mavzu: Sezgi va kognitiv rivojlanish
REJA:
1.Chaqaloqlikka oid tarixiy o'zgarishlar

2.Vizual idrok

3.Chaqaloqlikdagi harakat - istiqbollar, tushunchalar va muammolar

4. Kichkintoylarni o'rganish va xotira




1.Chaqaloqlikka oid tarixiy o'zgarishlar

Chaqaloqlik davri xususiyatlar

Bu davr uchun quyidagilar xarakterlidir: tana vaznining fiziologik yo'qotilishi; fiziologik sariqqlik; terining fiziologik qizarishi (katari); tranzitor lixoradka (bezgak), siydik nordon infarkti va jinsiy kriz.




1. Vaznni fiziologik yo'qotish. hamma yetuk tug'ilganlarda, hayotining birinchi kunidan keyin tana vaznini yo'qotish kuzatiladi. Tana vaznini yo'qotish birinchi 3-4 kunda, ba'zida 6- kunlarigacha chozilishi mumkin. Tana vaznini yo'qotish bolaning umumiy ahvoliga ta'sir ko'rsatmaydi, bu fiziologik holat, bundan vaznning fiziologik tushishi termini kelib chiqqan. A.F.Tur bo'yicha quyidagicha aniqlanadi: vaznni yo'qotish qiymati 6% dan 10% gacha, etuk tug'ilganlarda 150 - 300 grammni tashkil qiladi. Chaqaloqlarda tana vaznining bunday tushishi, tanadan suv yo'qotish, asosan o'pka va teri orqali suv yo'qotadi (70 - 75%). 10 - 20%ni siydik, najas va qusiq moddalari, tug'ruq vaqtida homila oldi suvining yutishi va onaning tug'ruq yo'llaridagi boshqa ajralmalarni yutishi tashkil etadi. Chaqaloqlar yo'qotgan suv to'qima suvi va qisman organizm o'qimasi parchalanishi, oqsil, yog' parchalanishi natijasida hosil bo’ladi.

Bola hayotining birinchi kunlarida jarohatlansa ularda lanjlik paydo bo’ladi, ovqatlanishi buziladi. Birdan sarg'ayib ketishda ham bolalar lanj bo’ladi, tana vaznini yo'qotadi. Atrof temperaturasining yetarli bo'lmasligi, chaqaloqni sovuq qotishiga olib keladi, issiqlik ajratish ko'tariladi va tana vaznining ko'p yo'qotilishiga sabab bo'ladi. Fiziologik tana vaznini yo'qotishning asosiy sababi yetarli ovqatlanmaslik hisoblanadi. Birinchi yo'qotilgan vaznning to'liq tiklanishi hayotining 2 - haftasiga to'g'ri keladi.




Yüklə 148,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin