5. Siydik - nordon infarkti. Bola tug'ilgandan keyin hayotining birinchi kunida siydik ajratishdan oldin qattiq (baland) yig'lash kuzatiladi, siydik ajralishi u uchun og'riqli bo´ladi. Bu uratlarning ko'p miqdorda ekanligi, siydikda siydik nordon tuzlari miqdori ko'pligidan dalolat beradi. Odatda, bu uratlar siydikda eriydi, lekin chaqaloqlarda, siydik juda ozligi sababli, bu tuzlar kanalchalar va buyrak jomchalarida to'planadi, siydik nordon infarkti hosil bo´ladi.
Bola ko'p suyuqlik va ko'krak sutini qabul qilganda siydik miqdori ko'payadi, bunda siydik nordon tuzlari eriydi, siydik ajralishida bola bezovtaligi yo'qoladi. Siydik - nordon infarkti hech qanday davosiz o'z - o'zidan o'tib ketadi.
6. Jinsiy kriz. Chaqaloqlik davri xususiyatlariga kiradi. O'g'il va qiz bolalarda ko'krak bezlarining shishi (chaqaloqlar mastiti) uchraydi. Bu shish hayotining 3-4 kunlarida paydo bo´ladi. Yuqori darajaga 8-9 kunlarida yetadi va 2-3- xaftalarning oxirida yo'qoladi . Bezni siqib ko'rganda, bir necha tomchi xira suyuqlik ajraladi, og'iz sutini eslatadi. Sekretni siqish man etiladi, chunki bu bezning ifloslanishiga va yiringlashishiga olib keladi. Agar shish katta o'lchamgacha yetsa, bolada bezovtalik tug'dirsa, unda steril yog' bilan iliq boylam qo'yish lozim va ko'krak bezlarini kiyim bilan bosishdan saqlash kerak.
Ko'krak bezlarining kattalashuvi va bez to'qimalari vaqtinchalik giperemiyasini chakaloqarda og'iz suti ajralishi va sekretor jarayon deb qarash kerak. Bu holatning sababi chaqaloq organizmiga onasidan gormonlarning o'tishi, bu gormonlar ayollarda laktasiyani chaqiradi, ular bir emas, bir qancha gormonlardir. Jinsiy krizning boshqa ko'rinishi - qindan shilliq, ba'zida qon aralash ajralmaning kelishidir. Bu holatlarning sababi, ona organizmi tomonidan gormonal ta'sir bilan tushuntiriladi.
Onadan bolaga o'tadigan gormonlar ta'sirida, qiz bolaning qin va bachadoni giperemiyasi va shilliq qavati o'zgarishi yuzaga keladi, bu organlar holati katta ayollardagi xayzdan oldingi davrni eslatadi. Bunday holatlarga, qiz bolalarda uchraydigan katta jinsiy lablar shishi va o'g'il bolalarda yorg'oq shishi (tug'ilgandan keyin paydo bo´ladi va bir necha kungacha saqlanadi) kiradi.
Dostları ilə paylaş: |