3.Chaqaloqlikdagi harakat - istiqbollar, tushunchalar va muammolar
Chaqaloqlardagi notinch uyquning 6 sababi
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev chaqaloqlar notinch uxlashining sabablari haqida so‘zlab berdi.
Chaqaloqlarning uch oylik bo‘lgunigacha kuzatiladigan notinch uyqusi ota-onani ko‘p tashvishga soladi. Endigina uxlab qolgan chaqaloq uyg‘onib ketib, birdan qattiq yig‘laydi, qo‘l-oyoqlarini tipirchilatadi. Bunga nima sabab bo‘lishi mumkin?
Foto: Google Images
Chaqaloqlar qancha uxlashi kerak?
Uyqu me’yori jajji odamlar hayotining dastlabki uch oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, 14—17 soatni tashkil qilishi kerak. Biroq bu raqamlar taxminiy, agar chaqaloq bundan ko‘p yoki kamroq uxlasa, lekin o‘zini yaxshi his qilsa, xavotir olishning keragi yo‘q.
Uch oygacha bo‘lgan chaqaloqlar uyqusida:
skelet shakllanishida muhim rol o‘ynaydigan somatotropin gormoni ishlab chiqariladi;
immunitetni tiklaydigan T-limfotsitlar faollashadi va virus hamda bakteriyalarni yo‘q qiladi;
to‘qimalarda metabolizm jarayoni kuchayadi;
hujayralar yangilanadi;
asab tizimi bo‘shashadi.
Dostları ilə paylaş: |