O‘lchash aniqligi. CHiziq uzunligini katta aniqlik bilan o‘lchash zarur bo‘lsa, lenta uzunligi-ning havo temperaturasiga qarab o‘zgarishi e’tiborga olinadi va temperatura tuzatmasi ∆Dt qo‘shiladi. Agar lentani komparlashdagi temperaturasi tk , o‘lchashdagi havo teperaturasi t bo‘lib, bular orasidagi farq 100 va undan katta bo‘lganda temperatura tuzatmasi ∆Dt quyidagi formula orqali aniqlanadi:
∆Dt = α * D (t – tk)
Bu erda α – po‘lat lentaning kengayish koeffitsienti . α = 0,000012 ga teng. Po‘lat lenta bilan yer yuzasida chiziq o‘lchash aniqligiga joyning baland – pastligi,tuproqning tuzilishi, o‘t–o‘lanlar kabi faktorlar katta ta’sir etadi. Lentaning chiziq stvorida to‘g‘ri yotmasligi ham aniqlikni kamaytiradi. SHuning uchun chiziq o‘lchash aniqligi joy tuzulishiga qarab baholanadi. CHiziqni o‘lchash aniqligi nisbiy xato bilan baholanadi. Agar bir chiziq ikki marotoba o‘lchanib D1 va D2 qiymatlari topilgan bo‘lsa, ularning arifmetik o‘rta qiymatini D0 , ikki o‘lchash ayrimasini ∆D desak , unda:
D0 = (D1– D2) / 2 , ∆D = D1– D2 ∆D – absolyut xato. SHunda nisbiy xato quyidagicha yoziladi ∆D / D. CHiziq o‘lchanadigan joyni uch turga bo‘lsak, shu joylarda o‘lchash aniqligi quyidagi chekda bo‘lishi kerak:
I kategoriyadagi joy tekis va o‘lchash sharoiti yaxshi – 1:3000
II kategoriyadagi joy o‘rtacha qulay – 1:2000
III kategoriyadagi joy noqulay – 1:1000
Foydalanilgan adabiyotlar:
Chizmachilik. Geometrik va proyeksion chizmachilik (M.Xalimov)
Internet Vikipediya
Ziyonet