1. Cho’ktirma markazdan qochma nasos qurilmalari



Yüklə 34,11 Kb.
səhifə1/2
tarix26.12.2023
ölçüsü34,11 Kb.
#198425
  1   2
11-Maruza


Ma’ruza-25. Vintli nasos
Maruza rejasi
1. Cho’ktirma markazdan qochma nasos qurilmalari
2. Neft qudug’ini cho’ktirma elektronasos bilan ishlatish


1. Cho’ktirma markazdan qochma nasos qurilmalari.
Markazdan qochma elektronasos qurilmalariga cho’ktirma elektronasos agregati, unga gidrohimoya moslamalari bilan elektrodvigatel 1 va nasos 2, kabel 3 birlashgan holatda ko’taruchi nasos-kompressor quvur 4 bilan quduqqa tushiriladi; ОУЭН 140-65 turidagi quduq usti jixozi 6 yoki АФК1Э-65x14 turidagi favvora armaturasi, quduq ustidan 20-30 metr uzoqlikda joylashtirilgan boshqaruv stansiyasi 7 va transformator 8 dan tashkil topgan bo’ladi. Elektroenergiya kabel yordamida elektrodvigatelga uzatiladi. Kabe nasos va nasos-kompressor quvuriga metal belbog’ 5 bilan berkitiladi. Nasos ustiga teskari va to’kuvchi klapin teskari va to’kuvchi klapanlar o’rnatiladi. Haydaladigan suyuqlik yer yuzasiga NKQ orqali chiqariladi.
Cho’ktirma elektronasos, elektrodvigatel va gidrohimoya moslamasi o’zaro flants va shpilkalar bilan biriktiriladi. Nasos, dvigatel va protektor vallari uchida shlisalar bo’lib, ular o’zaro shlisali muftalar bilan biriktiriladi.
Misol tariqasida qurilmaning 1У9ЭЦН5А-250-1400 ko’rinishidagi markasini ko’rib chiqamiz:
1-qurilma modifikatsiyasining tartib raqami; У- qurilma (установка); 9- qurilma modifikatsiyasining tartib raqami; Э- harakat cho’ktirma elektrodvigatel orqali uzatiladi; Ц-markazdanqochma (центробежный); Н- nasos(насос); 5А- nasos gruhi; 250-suyuqlik haydash miqdori, m3|k-k; 1400-napori, m.
Cho’ktirma nasos seksiyali, ko’ppog’onali ishchi xalqa va yo’naltiruchi apparatli kichik diametrli ishchi pog’onali bo’ladi. Neft sanoatida ishlatiladigan cho’ktirma nasoslar pog’onasi 145 dan 400 pog’onagacha bo’ladi. Nasos bir yoki birnecha bir biri bilan flanes yordamida briktirilgan seksiyalardan tashkil topgan bo’ladi. Seksiya 5,5 m gacha uzunlikda bo’ladi. Nasos uzunligi ishchi pog’ona sonidan aniqlanadi, u nasos ko’rsatkichlari- uzatish qobilyati va naporiga bog’liq bo’ladi.
25.2-jadval

Ko’rsatkichlar

Qurilma guruhi

5

5A

6

Qurilmaning ko’ndalang kesimi, mm

116

124

137

Ishlatuvchi quvurlar tizmasining ichki diyametri, mm

121,7

130

144,3

Nasos korpusiga ishchi xalqa va yo’naltiruchi apparatlardan tashkil topgan bosqichlar paketi joylashtiriladi. Ishchi xalqa valga bo’ylama prizmasimon shponkaga aylanma harakatlanadigan qilib joylashtiriladi. Harakatlanishi o’q boylab amalga oshadi. Yo’naltiruchi apparatlar nasos korpusiga asos va yuqori gaykasi bilan berkitiladi.
Korpus pastki qismidan qabul qiluvchi teshik va fil’trsetka bilan nasosning asosi mahkamlanib, u orqali quduqdan suyuqlik nasosning birinchi bosqichga kiradi. Nasosning yuqori qismida ilgakli boshcha va teskari klapan o’rnatilgan, u nasos kompressor quvuriga mahkamlangan.
Markazdan qochma nasos ПЭД turidagi tik ko’rinishida tayyorlangan qisqatutash rotor bilan jixozlangan, moy bilan to’ldirilgan cho’ktirma uch fazali asinxron elektrodvigatel yordamida aylantiriladi.
Dvigatel (25.5-rasm) stator, rotor, val boshchasi va dvigatel asosidan tashkil topgan bo’ladi.
Dvigatel sovutish va moylash vazifasini bajaruchi maxsus qovushqoqligi kichik moy bilan to’ldiriladi(yuqori dielektrik xususiyatli).



25.3-rasm. MQEN qurilmasi.



25.4-rasm. Cho’ktirmamarkazdanqochmanasos:
1-yuqoriseksiyatutqichliboshchabilan; 2-pastkiseksiya; 3-shlisalimufta; 4-beshtayanch; 5-podshipnikkorpusi; 6-yo’naltiruchiapparat; 7-ishchixalqa; 8-korpus; 9-val; 10- shponka; 11- sirpanishpodshipniki; 12-himoyavtulkasi; 13-asos; 14-fil’trsetkasi; 15-harakatlantiruchimufta.

25.5-Cho’ktirma elektrodvigatel;
1-mufta; 2- radialtayanch qismi; 3-yuqori boshchasi shtepsel kolodkasi; 4-val; 5-aylanuchi quvurcha; 6-cnfnjh; 7-rotor; 8-sirpanish podshipnigi; 9-moyli fil’tr; 10-asos teskari klapan bilan.
Seksiyali elektrodvigatel ikki seksiyadan – yuqori va pastki seksiyadan tashkil topgan bo’ladi. Seksiya korpuslarining mexanik birikishi flanesli. Vallari esa shlisali muftalar bilan biriktiriladi.
Barcha turdagi elektrodvigatelni aylanish chastotasi 50 Gts tok chastotasida birxil 3000 min-1 ga teng. Dvigatel 90oC haroratdan yuqori bo’lmagan muhit uchun mo’ljallangan.
Gidrohimoya (6.3) qatlam suyuqligini cho’ktirma elektrodvigatel bo’shlig’iga tushishidan himoya qiladi, u protektor va kompensatordan tashkil topgan bo’ladi.
Protektor ikki kamerali bo’lib, elektrodvigatelning ishchi suyuqligi bilan to’ldirilgan bo’ladi. Kameralari elastik element- maxsus zichlagichli rezina diafragma bilan ajratiladi. Protektor vali uchta podshipnikda aylanadi va gidrodinamik tayanchga tayanadi va u o’q bo’ylab zo’riqishni qabul qiladi. Quduq va protektordagi bosimni tenglashtirish protektor pastki qismida joylashtirilgan teskari klapan orqali, amalga oshiriladi.
Kompensator elastik element – rezina diafragma bilan hosil qilingan kameradan tashkil topgan bo’lib, u elektordvigatelning ishchi suyuqligi bilan to’ldirilgan bo’ladi. Diafragma ortidagi bo’shliq quduq bilan aloqasi teshik orqali ta’minlanadi.
Cho’ktirma markazdan qochma elektrodvigateliga elektroenergiya kabel orqali uzatiladi.
Transformatorlarda moyli sovutish tizimlari ko’zda tutilgan bo’ladi. Ular ochiq havoda ishlashga mo’ljallangan. Transformatorlar magnit o’tkazgich, yuqori va past quvvatli cho’lg’am, bak, havoli quritgichli kengaytirgich va kirishli ustki qismidan tashkil topgan bo’ladi.
Transformator baki transformator moyi bilan to’ldirilgan bo’ladi. Bakning qopqog’ida quyidagilar o’rnatilgan bo’ladi: yuqori quvvatli cho’lg’amniuzatmani qo’shib o’chiruchi tarmoqcha; moyning yuqori qavatini haroratini o’lchash uchun simobli termometr; O’tkazmaydigan materialni olinuchi qismlarni olmasdan almashtirish imkonini beruchi yuqori va past bosimli qubbatning kirish joyi; moyko’rsatkich va havoquritgichli kengaytirgich.
Havoquritgich namlikni olish va havoni quritish uchun xizmat qiladi.
Cho’ktirma vintli nasos qurilmasi nasos, gidrohimoya bilan elektrodvigatel, aylana va yalpoq kabel, boshqaruv stansiyasi va transformator.
Vintli elektronasos qurilmasi mexanik qo’shimchasi 0,6 g/l dan ko’p bo’lmagan (serovodorod 0,01 g/l ko’p bo’lmagan), nasos qabulidagi erkin gazning hajmiy tarkibi 50% ko’p bo’lmagan, suv 99% dan ko’p bo’lmagan va qovushqoqligi 6·10-4m2/s dan katta bo’lmagan sharoit uchun qo’llaniladi.
Cho’ktirma vintli nasos bir xil turda va bitta tuzilishli sxemada tayyorlanadi. Ular ishchi qismdan tashkil topgan bo’ladi: O’n va chapga yo’nalgan spirali gelikoidal rotor. Ta’sir prinspi bo’yicha ular hajmiy va suyuqlik energiyasi bilan bog’lanishi bo’yicha rotatsiyon nasos turiga kiradi. Nasoslar biri biridan faqat ishchi qismlarining o’lchamlaridan farq qiladi, qolgan barcha qismlari va detallari o’zaro almashadi va bir shakilga keltirilgan.
Elektromarkazdan qochma nasos (EMQN) va elektrovintli nasos (EVN) bilan ishlatishda ОУЭН turidagi quduq usti jixozlari qo’llaniladi(6.6-rasm). Uning asosi quvur va kabel chish joyini zichlanishi hisoblanadi. Quduq usti jixozining barcha asosiy qismlari favvora armaturasi va quduqni shtangali nasos qurilmasi usti jixozlari bilan bir shakilga keltirilgan bo’ladi.
Quduq usti jixozlari komplektiga NKQ chiqishi bilan quvur orti qismini bog’lovchi tiza va teskari klapan kiradi. ОУЭН turidagi quduq usti jixozi 14-21 MPa ishchi bosimga(ustki salnik) zichlovchi qismining shartli diyametri 65 mm bo’ladi.
Quduq usti jixozi АФК1Э-65х140 markali favvora armaturasiga o’xshash bo’lib, shunindek ОУЭ-65/50х140 - mo’tadil iqlimli hududlar uchun va ОУЭ-65/50х140хЛ- sovuq iqlimli hududlar uchun mo’ljallangan bo’ladi.
EMQN va EVN ortish, tashish va tushirish uchun КрАЗ-255Б avtomobiligi montaj qilingan АТЭ-6 agregati foydalaniladi. Chuqurlik nasosi, elektronasos va protektormaga joylashtiriladi.

25.6-rasm. ОУЭH-65/50х140 markali quduq usti jixozlari sxemasi:
1-to’rtyoq; 2-qirqma flanes; 3-uchli; 4-kabel; 5-qismlarga ajraladigan konus
Shu bilan birgalikda avtotransformator va boshqaruv stansiyasi o’rnatiladi. Kabel bilan baraban chig’ir yordamida, qolgan jixozlar yuk ko’tarish qobilyati 750 kg bo’lgan gidravlik kran bilan ortiladi.



Yüklə 34,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin