1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə105/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, 9 soni bilan bog`liq misol va masallarni o`rganish.

2) O`quvchilarni jamoada birgalikda ishlash, bir-birining fikrini hurmat qilish, topqirlik fazilatlarini namoyon eta olishga o`rgatish.;

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.Predmetlar yordamida o`rganilgan sonlar taqqoslanadi.9 soni bilan bo`gliq she`rlar yodlatiladi.

Mehmonga keldi to`qqiz,

Go`yo akrobatchi deysiz.

Boshi bilan tursa gar,

Oltiga aylanib qolar.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi.

9 sonining hosil bo`lishi eslatib o`tiladi.

6-misollarni ishlash orqali 9 soni ichida qo`shish va ayirish tushuntiriladi.

5+1____+2 ____+1=9 9-2_____-1_____-2 =4

7-masaladagi rasm asosida suhbat uyushtiriladi. O`quvchilar uy yumushlarida ota-onalariga qarashishlari ta`kidlanadi. So`ng rasmdagi insonlar nima qilishayotganligi, mevalarning inson hayotidagi ahamiyati, mevalardan tayyorlanadigan mahsulotlar haqida suhbat o`tkaziladi. Masalaning yechimi topiladi. 8+1=9 1+8=9

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 37-sahifasida berilgan 8-misol ishlanadi

8-misol o`qituvchi rahbarligida doskada bajariladi va daftarlarga ko`chiriladi.Daftarda misol yozish ko`nikmalari rivojlantiriladi.

9>8 8<9 7<8 8>7 6=6 9=9 9>3 3<9

9-misoldagi bo`sh kataklar tezlik va ziyraklik bilan to`ldirtiriladi.

5+4=9 3+6=9 5+4=9 7+2=9 6+2=8 2+6=8 1+7=8 3+5=8

10-masalada berilgan geometrik shakllar bilan ishlar olib boriladi.Bu shakllarning nomlarieslatib o`tiladi.So`ng “Sonlarning tarkibini to`ldiring” trenajyor mashqi o`quvchilar bilan ekran orqali bajariladi.

“Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

36-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin