1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, 9 soni bilan tanishtirish, uning o`rni, yozilishi va o`qilishi haqida bilim berish, 9 soni ichida qo`shish va ayirishni o`rgatib borish. 2) O`quvchilarga dar orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarlik, hamjihatlik bilan bajarishga rioya qilish zarurligini uqtirish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 8 sonining hosil bo`lishi , qatordagi o`rni, qo`shni sonlar haqida suhbat o`tkaziladi. So`ng “Jonli sonlar” o`yini o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarga 1 dan 8 gacha bo`lgan sonlarni beradi. O`qituvchi “Sonlar tartibi bilan saflaning!” deganda, o`quvchilar tartib bilan saflanadilar. Safga tartib bilan 1 dan 8 gacha sanaydilar, keyin aksincha , 8 dan 1 gacha sanaydilar. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi.O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi. Ekranda o`qituvchi 9 sonini hosil qilishni o`quvchilarga tushuntiradi. Mehmonga keldi to`qqiz, Go`yo akrobatchi deysiz. Boshi bilan tursa gar, Oltiga aylanib qolar. So`ng 1-misol yordamida 8 soni hosil qilinadi. 7+2=9 6+3=9 5+4=98+1=9 2-masala rasm asodida tushuntiriladi va yechiladi.O`quvchilarga futbol sport tuei haqida qisqacha ma`lumot berib o`tiladi. 6+3=9 3+6=9 9 soning o`rni , unga qo`shni bo`lgan sonlar haqida ma`lumot beriladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan “Tipratikanga yordam ber!’ didaktik o`yini orqali mustahkamlanadi. Unda 8 soni ichida qo`shish va ayirishga oid misollar berilgan. Misollarning yechimlari olmalar bilan bekitilgan, olmalar ustiga sichqonch aolib borib bosilsa tipratikan olmalarni terib oladi. 3+5=8 5+3=8 3+4=7 7-2=5 1+7=8 7-1=6 8-5=3 8-4=4 8-7=1 9 sonini hosil qilish ekranda multfilm orqali namoyish qilinadi. So`ng darslikdagi 3-misol bajariladi va daftarlariga yozdiriladi. 7+2=9 9-2=7 6+3=9 9-3=6 4+5=9 9-4=5 4-misolda 9 sonini hosil qilish uchun berilgan sonlarga kerakli sonlarni qo`shish topiladi va yoziladi.1+8=9 2+7=9 3+6=9 4+5=9 5+4=9 6+3=9 7+2=9 8+1=9 5-misoldagi boshqotirma o`quvchilar bilan bajariladi. Bo`sh kataklarga bir shakllarning miqdorini sanab yozilsa misol to`gri ishlangan bo`ladi. 5+4=9 5+3=8 4+3=7 4+2=6 2+3=5 So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
35-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |