Ertaliklardan namunalar



Yüklə 103 Kb.
səhifə1/4
tarix21.12.2023
ölçüsü103 Kb.
#187949
  1   2   3   4
“Sohibqiron Amir Temur bobomiz” nomli ertalik syenariysi


Mavzu:Amir Temur 683 yoshda
Mashg’ulot maqsadi:

  1. o’quvchlarini sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyati, uning Markaziy Osiyo davlatining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, ma’naviy–axloqiy qarashlari bilan tanishtirish, bilimlarini mustahkamlash, tushunchalirini kengaytirish;

  2. o’quvchilarda ajdodlar merosiga hurmat, allomalar hayoti va asarlarini o’rganishga ishtiyoq hissini shakllantirishdan iborat.

Tadbir o‘tkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Markaziy devorda sohibqiron Amir Temur portreti va uning yoniga katta harflarda yozilgan:

“Biz kim - mulki turon
Amiri Turkistonmiz
Biz kim millatlarning
Eng qadimi va eng ulug‘i
Turkning bosh bo‘g‘inimiz”.

so’zlari ham ilingan. Sahnada chiroyli burchak tashkil etilib, unda Amir Temur haqida yozilgan asarlar va uning tuzuklari joylashtirilgan.
(Tadbir boshlanishidan oldin 5-daqiqalik Amir Temur haqidagi qisqa videofilm namoyish etiladi. Bu sinfdagilarda ko’tarinkilik kayfiyatini hosil qiladi. Film tugagach sahnaga boshlovchilar kirib kelishadi)
1- boshlovchi:Ona vatanni sevmoq
Ajdodlardan merosdir.
Uning ravnaqi uchun,
O’qib-ilm o’rganmoq,
Bizlar uchun olmosdir.
2- boshlovchi:Nomi dunyoga mashhur
Bobolarim bor mening.
Yassaviy, Bobur, Sino,
Navoiy, Amur Temur
Sharafim-shonim mening.
1– boshlovchi: Assalomu – alaykum aziz mehmonlar, qadrli uctozlar, hurmatli o’quvchilar! Buyuk sarkarda, qudratli saltanat asoschisi, jahongir bobomiz, Amur Temur tavalludiga 683 yil to’lishi munosabati bilan o’tkazilayotgan kechamizga xush kelibsizlar!
2– boshlovchi:Amur Temur – buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkada, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, el–yurtni sevgan va uni jahonga mashhur qilgan ulug‘ insondir. Sohibqiron bobomiz faqat bizninggina emas, balki jahon tarixining eng ulug’, eng yorqin siymolaridan biridir.

Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin