1- boshlovchi:Siz-Amirsiz! Siz – Temursiz,Jahongir sulton!
2- boshlovchi:Iymondirsiz, vijdondirsiz,Siz aziz inson.
Musiqiy tanaffus (raqs)
1- boshlovchi (o‘g‘il bola)- Qarang, Kamila davramizga kimlar tashrif buyurmoqda.
2- boshlovchi (qiz bola) – Axir bu kishi Dono bobo va uning zukko nabiralariku.
1- boshlovchi (o‘g‘il bola)- Ha, topdingiz bu kishi Dono bobo va uning zukko nabiralari bo’ladilar. Keling, ularni qarshi olaylik. (Bolalar Dono bobo va uning zukko nabiralarini qarshi olishadi)
Davraga Dono bobo va uning zukko nabiralari tashrif buyuradi.
Dono bobo: Salom bolalar!
Sizni ko‘rsam dilim yayrar,
Bag‘rim to’lar, bo’lurman shod.
Zukko bo’ling, dono bo’lihg,
Aslo, aslo, ko’rmang zavol.
Temurbekdek bobongiz bor,
Oq yo’I tilab turar sizga,
Yo’lingizni yoritguvchi,
Go’yo mash’al bo’lar sizga.
Boshlovchilar:Xush kelibsiz Dono bobo,
Davramizga marhabo,
Siz va zukko bolalarga
Buyuk Temur haqida
Savol bermoqchi edik.
Bergan javobingizdan
Ma’no termoqchi edik.
Dono bobo:Marhamat, bo‘lsa savol,
Javob bergaymiz bemalol.
1- boshlovchi:Necha yoshda bugun bobomiz Temur?
Dono bobo:683 dir, ming shukur.
2- boshlovchi:Qay shaharda tug‘ilgan bobomiz Temur?
1-bola ya’ni o‘quvchi (dono boboning zukko nabirasi)
Shahrisabz erur ul zot maskani, jahonlarga keng ochilgan eshigi.
1- boshlovchi:Qay shaharda bo‘lgan Bobomiz taxti?
2-bola:(dono boboning zukko nabirasi)
Samarqanddir asl uning poytaxti,
Turon zamin erur ul zot vatani.
2- Boshlovchi:Aytingchi ul zot qanday daho,
Yo ul vaqt bo‘lganmi boshqacha baho?
3-bola ya’ni o‘quvchi (Dono boboning ziyrak nabirasi)
Yaxshi ko‘rgan chovgon surishni,
Ot o‘ynatib bo‘lgan uchqur chavandoz,
Ilmu –fanni ko‘p o‘qigan, ko‘p bilgan,
Yana- yana ko‘p bilishga intilgan.
Dostları ilə paylaş: |