1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə126/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, ikkitalab sanashni o`rgatish.

2) O`quvchilarni jamoada birgalikda ishlash, bir-birining fikrini hurmat qilish, topqirlik fazilatlarini namoyon eta olishga o`rgatish.;

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi.O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi. Ekranda 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ko`rsatiladi. So`ng o`quvchilarga mevalar yordamida namoyish qilinadi. O`qituvchi 1dan 10 gacha bo`lgan mevalarni sanaydi. Son`g uni ikkitalab terib chiqiladi, son`g yana sanaydi. 2,4,6,8,10.

Bu jrayon ikkitalab sanash hisoblanadi. Ikkitalab sanash bittalab shanashga qaraganda tezrq amalga oshiriladi. Shuning uchun ikkitalab sanashni o`rganishimiz lozim. Shuningdek sif o`quvchilari misolida ham ikkitalab sanoq amalga oshiriladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 44-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

2-misol doskada va daftarda ishlanadi.

2+2=4 4+2=6 6+2=8 8+2=10 3+2=5 5+2=7 7+2=9 1+2=3

3-masala rasmlara asosida bajariladi.

2+2=4 4-2=2

4-misol.


6<7 5<8 6=6 9>7

5-misolda berilgan munchoqlar asosida ikkitalab sanaladi.

So`ng “Sonlarning tarkibini to`ldiring” trenajyor mashqi o`quvchilar bilan ekran orqali bajariladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.


“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

43-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin