1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə156/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va 4 ni qo`shish va 4 ni ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash.

2) O`quvchilarni tabiatni asrab avaylashga, qushlarga g`amho`rlik qilish, ularni parvarishlash haqida tushuncha berish..

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Kim chaqqon?” didaktik o`yini o`tkaziladi. O`qituvchi 10 ichida sonlarni oq`shish va ayirishga doir misollar aytadi. O`quvchilar o`zlarining oldidagi raqam yozilgan ko`rgazmalaridan to`g`ri javobni topadilar.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi.

O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi.

So`ng 3 sonini qo`shish turli xil ko`rgazmalar yordamida tushuntiriladi.

Gulda 9 ta xonqizi bor edi. Ulardan 4 tasi uchib ketdi. Gulda nechta xonqizi qoldi? 9-4=5

Gulda 5 ta xonqizi bor edi. 4 ta xonqizi uchib keldi. Gulda jami nechta xonqizi bo`ldi? 5+4=9

Karim 7 ta daftar sotib oldi. Uni 4 tasini singlisiga berdi. Karimda nechta daftar qoldi.? 7-4=3 ta

Akvariumda 6 ta baliq bor edi. Hasan yana 4 ta baliq sotib oldi. Akvariumdagi baliqlar nechta? 6+4=10

Ekran orqali “Sonlarning tarkibini to`ldiring” topshirig`i bajariladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 54-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

1-misol doskada va daftarda ishlanadi.

5+4=9 9-4=5

5+2+2=9 9-2-2=5

5+1+3=9 9-3-1=5

2-misol mustaqil bajartiriladi.

4+4=8 3+4=7 2+4=6

4+2+2=8 3+2+2=7 2+2+2=6

3-misol ko`rgazmalar asosida bajartiriladi.

6+4=10 6+2+2=10

4-misol doskada va daftarda bajartiriladi.

1+4=5 7-4=3 3+4=7 9-4=5 6+4=10 10-4=6 4+4=8 6-4=2

5-misol musobaqa tarzida o`tkaziladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

53-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin