1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə161/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va sondan 5,6,7,8,9, sonlarini ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash.

2) O`quvchilarni bilim olishga bo`lgan qiziqishlarini o`stirish, matematika faniga bo`lgan qiziqishini tarbiyalash.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Kim chaqqon?” didaktik o`yini o`tkaziladi. O`qituvchi 10 ichida sonlarni oq`shish va ayirishga doir misollar aytadi. O`quvchilar o`zlarining oldidagi raqam yozilgan ko`rgazmalaridan to`g`ri javobni topadilar.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi.

O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi.

Turli xil ko`rgazmalar asosida o`quvchilarga mavzu tushuntiriladi.

Do`konda 9 ta kitob bor edi. Ularning 5 tasi sotildi. Nechta kitob qoldi? 9-5=4

Daraxtda 7 ta olma pishgan edi. . Bog`bon shoxdagi olmalardan 6 tasi uzib savatga soldi. Shoxda nexhta olma qoldi? 7-6=1

Duldonda 10 ta gul bor edi. Ularning 7 tasi so`lib qoldi. Guldonda nechta gul qoldi? 10-7=3 ta

Sinfda 10 o`quvchi bor edi. Ulardan 8 tasi tanaffusga chiqib ketdi. Sinfda nechta o`quvchi qoldi? 10-8=2

G`ani 9 ta ruchka sotib oldi. U 9 ta ruchkani do`stlariga berdi. G`anida nechta ruchka qoldi. 9-9=0

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi jadvallar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 54-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

2-misol og`zaki bajartiriladi..



6-5

7-6

8-7

9-8

10-9

1

7-5

8-6

9-7

10-8

2




8-5

9-6

10-7

3







9-5

10-6

4










10-5

5













3-misol doskada va daftarda bajartiriladi.

9-5=4 7-6=1 10-7=3 10-9=1 9-8=1 7-0=7 7-7=0 8-5=3

4-misol ko`rgazmalar asosida bajartiriladi.Og`zaki masala tuziladi va yechiladi.

8-5=3


5-misol mustaqil bajariladi.

9-5=4 9-6=3 9-7=2 9-4=5 9-8=1 9-3=6

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

55-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin