1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə179/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va 10 dan sonni ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash.

2) O`quvchilarni tejamkorlikka, vaqtdan unumli foydalanishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Kim chaqqon?” didaktik o`yini o`tkaziladi. O`qituvchi 10 ichida sonlarni oq`shish va ayirishga doir misollar aytadi. O`quvchilar o`zlarining oldidagi raqam yozilgan ko`rgazmalaridan to`g`ri javobni topadilar.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi.

O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi.

So`ng ko`rgazmalar orqali yangi mavzu tushuntiriladi.10 ning tarkibi eslatiladi.



10

9


8

6

4

7

2

5

1


2

4

6

3

8

5

Paltoning 10 ta tugmasi bor edi. 1 ta tugma uzilib ketdi. Paltoda nechta tugma qoldi. 10-1=9

Shu o`rinda o`quvchilarga tugma qadash, yirtilib qolgan narsalarni tezda tikish zarurligi, bu kiyinish odobiga umuman tog`ri kelmasli aytib o`tiladi.

Mavzuni turli xil geometrik shakllar orqali ham tushuntirish mumkin.

10-1=9 10-9=1

1-misol tushuntiriladi.

10-9=1 10-8=2 10-7=3

10=9+1 10=8+2 10=7+3

10=1+9 10=2+8 10=3+7

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 62-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

2-masala doskada va daftarda bajartiriladi.

Bor edi - 8 ta Yechish:

Kamaydi- 3 ta 8-3=5 (ta)

Qoldi- ? ta Javob: 5 ta kosa qoldi.

3-masalada rasm asosida og`zaki masala tuziladi va yechiladi.

Hamma baliqlar 10 ta. 1-akvariumda 7 ta baliq bo`lsa, 2-akvariumda nechta baliq bor?

10-7=3 Javob: 2-akvariumda 3 ta baliq bor.

4-misol geomatrik shakllar yordamida tushuntiriladi.

Kvadratlar 10 ta. Doiralar -8 ta. Kvadratlar nechta ortiq. 10-8=2 ta

5-misol mustaqil bajartiriladi.

4+6=10 1+3=10 8+1=9 10-4=6 10-3=7 10-8=2 7-7=0 3+5=8

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________


61-dars


Fan: Matematika

Sana:


Mavzu:O`tilganlarni mustahkamlash


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin